Kasallik tarixini yozish uchun tematik bemorlarni kuratsiyasi. Gospital jarrohlik fani to‘g‘risida tushuncha. Dastlabki va yakuniy tashhisni ko‘yish. Individual davolashni belgilash. Aorta ravog‘i okklyuzion kasalliklari



Download 190,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana01.01.2022
Hajmi190,82 Kb.
#287213
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1.Nazariy.Aorta ravog‘i okklyuzion kasalliklari

Davolash. Operatsiyaga ko‘rsatmalar: 

1.  Nomsiz  arteriyaning  umurtqa,  umrov  osti-umurtqa  karotid  sindromida 

kompensatsiya  va  subkompensatsiya  bosqichida      ateroskleroz      va      arteriit 

zaminida segmentar okklyuziyasi. 

2.  Ekstravazal  zararlanishlar,  patologik  egri-bugrilik  va  nuqsonlarning 

hamma klinik formalarida kompensasiya va subkompensatsiya bosqichida. 

3.  Og‘riq  sindromi  bo‘lgan  aniq,  yuzaga  chiqqan  qo‘l  ishemiyasida  va 

trofik buzilishlari bo‘lgan o‘mrov osti sindromida. 

4.  Qo‘shma  (kombinatsiya  qilingan)  formalarida,  kompensatsiyalangan va 

subkompensatsiyalangan bosqichlarida bosh magistral arteriyalaridan birida qon 

oqimini yaxshilash uchun. 

Operatsiya qilishga monelik qiladigan hollar: 

1. Kasallikning angiospastik formalari. 

2.  Kompensatsiyalangan  bosqichdagi  o‘mrov  osti  sindromi  qo‘l 

ishemiyasining aniq yuzaga chiqqan belgilari bo‘lmaganda. 

3. Kasallikning dekompensatsiyalangan bosqichlari. 

4. Inkurabel holat. 

Braxiotsefal  arteriyalarning  okklyuzion  zararlanishlarida  operatsiyani 

tanlash: 



1.  Uyqu,  umurtqa,  o‘mrov  osti  va  nomsiz  arteriyalaridagi  stenozlar, 

trombozlar va patologik egri-bugriliklardagi rekonstruktiv operatsiyalar: 

-  arteriyaning  zararlangan  qismini  anastomoz  bilan  oxiridan-oxiriga 

rezeksiya yoki nuqsonni alloprotez bilan almashtirish; 

- endarterektomiya va alloplastika bilan yoki busiz; 

- yuqoriga ko‘tariladigan aortadan o‘mrov osti, uyqu, nomsiz arteriyalarga 

alloprotez bilan chetlab o‘tib (aylanib) shuntlash; 

-  arteriyalarni,  jumladan  ekstratorakal  arteriyalarni  bir  joydan  ikkinchisiga 

ko‘chirish operatsiyalari. 

2. Ekstravazal kompressiyani bartaraf qiladigan operatsiyalar: 

-  qovurg‘a  rezeksiyasi    (buyin  qovurg‘asi  yoki  yuqorida  joylashgan  I 

qovurg‘a); 

- skalenotomiya va o‘mrov osti va kichik ko‘krak mushagini qirqish; 

- arterioliz. 

3. Simpatik va adrenal sistemalardagi operatsiyalar: 

- yuqori buyin simpatektomiyasi (C1- S2). 

- stoellektomiya (S7), 

- ko‘krak simpatektomiyasi (D2- D3), 

- periarterial simpatektomiya, 

- epinefrektomiya (bir yoki ikki tomonlama).  

Takayasu  sindromida  muvaffaqiyatli  chiqqan  birinchi  rekonstruktiv 

operatsiyani  -  ichki  uyqu  arteriyasidan  endarterektomiyani  1953  yilda  De  Beki 

o‘tkazgan. Bajarilgan operatsiyaning ko‘rinishi mavjud patologiyaga bog‘liq A. 

V.  Pokrovskiy  fikricha,  ichki  uyqu  arteriyasining  keskin  stenozida  yoki 

okklyuziyasida  tashqi  arteriya  tarmoqlari  orqali  qon  oqimi  bosh  miyani  qon 

bilan  ta'minlash  uchun  amaliy  ahamiyatga  ega.  Umumiy  uyqu  arteriyalari 

nospetsifik  aorta-arterii  bilan  zararlanganda  tanlanadigan  operatsiya  rezeksiya 

qilib protezlashdir. Ikkala uyqu arteriyasi okklyuzion zararlanganda bir vaqtning 

o‘zida bifurkatsiyani protezlashi bajarish mumkin. 

Braxiotsefal tomirlardagi rekonstrukti operatsiyalardan keyin o‘lim darajasi 

operatsiyaga 

ko‘rsatmalarning 

to‘g‘ri 

aniqlanganiga, 

aralashuv 

lokalizatsiyasining, xirurg tajribasiga bog‘liq va 1 dan 4% gacha hollarni tashkil 

etadi. 

A.V. 


Pokrovskiyning 

ma'lumotlariga 

ko‘ra 

yelka-bog‘ 



stvoli 

rekonstruksiyasida qon oqimini hamma bemorlarda tiklashga muvaffaq bo‘lindi. 

Ayni  va  qtda  o‘mrov  ost  arteriyasi  rekonstruksiyasida  bemorlarning  faqat  86 

foizida u foydali bo‘ldi. Tiklovchi operatsiyalarnin turlari orasida eng ta'sirchani 

protezlash  bo‘ldi  (bemorlarning  94  foizida  qon  oqimi  tiklandi),  vaxolanki 

endarterektomiya  87%,  shuntlash  82%  bemorlarda  muvaffaqiyatli  chiqqan. 

O‘sha  ma'lumotlar  bo‘yicha  rekonstruktiv  operatsiyalar  natijalari  bilan 

braxiotsefal  arteriyalarning  zararlanish  etiologiyasi  o‘rtasida  aniq  bog‘liqlik 

mavjud:  aterosklerozda  qon  oqimi  93%  bemorlardg  aorta-arteriitda  esa    faqat 

77%  bemorlarda  tiklangan  (A.  V.  Pokrovskiy,  1980).  Yana  shu  olimning 




ma'lumotlariga  binoan  yil  mobaynida  yaxshi  natijalar  92,9%  bemorlarda 

olingan,  keyingi  5  yil  mobaynida  u  kam  miqdorda  pasaygan.  Operatsiyadan 

keyin  10  yil  o‘tgach  yaxshi  natijalar  77,7%  hollarda  saqlanib  qoladi.  14  yil 

o‘tgandan  keyin  esa  yashab  ketgan  hamma  odamlarnin  72,2%  da  saqdanib 

qolgan. 

Bemorlarni  miya  qon  aylanishi  darajasiga  bog‘liq  holda  bosqichma- 

bosqich  reabilitatsiya  qilinadi.  Davolash  fizkulturasi,  massaj,  dori-darmonlar 

bilan davolash mehnat qobiliyatining tezroq tiklanishiga imkon beradi. 



Download 190,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish