go‘yo uzoqda turgan tibbiy ixtisosliklarga ham tarqaladi. Shularning hammasi
tibbiyot oliy bilimgohi talabalarini angiologiya va angioxirurgiyaning xozirgi
holati: uning diagnostik va operativ imkoniyatlari bilan tanishtirishni taqozo
ba'zi bir asosiy kasalliklari ustida to‘xtalib o‘tish zarur. Bular: ateroskleroz,
nospetsifik aorta-arteriit, fibroz-mushak displaziyasi, obliteratsiyalaydigan
arteriyalarning o‘ziga xos kasalligidir. Bu kasallik arteriyalar intimasi ostida
lipidlarning o‘choqli yig‘ilib biriktiruvchi to‘qima atrofi o‘sib qalinlashuvi,
kalsiy yig‘ilishi va mediyaning o‘zgarishi bilan bog‘liq: asosiy sabablari - tashqi
omillar (xolesteringa boy ovqat, xis-hayajonlar, gipokineziya, chekish), genetik
Ateroskleroz patogenezining eng tarqalgan nazariyasi N. N. Anichkov, G.
F. Lang, A. L. Myasnikovlar taklif qilgan neyrometabolitik nazariyadir. Gidrofil
xolesterin kompleksi yaratilishida beqaror lipoprotein kom-plekslariga - 3/4
qismi lipidlardan iborat beta-lipo proteidlarga va 1/4 qismi oqsil bo‘lgan
xolesteringa katta ahamiyat beriladi. Ularning tomirlar orqali bunday tashilish
usuli ishonchli emas, komplekslar erimaydigan lipidlar cho‘kishi bilan oson
parchalanadi. Xolesterinning bu esterlari erimaydigan komplekslar holida
arteriyalar intimasida to‘xtalib qoladi va asta-sekin yig‘ilib, uning devoriga
o‘tadi.
Aterosklerozning Urugvay xirurgi Palme tavsiya qilgan gemodinamik
nazariyasi nuqtai nazardan ateroskleroz sistolik qon to‘lqini zarblarining arterial
devorni surunkali shikastlashi natijasi hisoblanadi. Bu arteriyalarning himoya
sistemasi o‘z vazifasini ado etolmaganda ro‘y beradi.
Aterosklerozning trombogen nazariyasini ingliz patologi Dugayt taklif
etgan. Uning tadqiqotlariga binoan aortadagi tromblar avval g‘ovak, so‘ngra
kontakt fibrindan tashkil topgan. Tromb yuzasi endoteliy bilan qoplanadi,
shunga ko‘ra u go‘yo tomir devorining tarkibiy qismiga o‘xshab, intimaga
joylanib olganday bo‘ladi. Shundan keyin fibrin kondensatsiyasi va tromb hosil
bo‘lishi yuz beradi. Fibrin yig‘ilishi takrorlanadi. Takrorlanish tez yuz bersa,
fibrinning bir qatlami ikkinchi yangi qatlami bilan aloqaga kirishadi.
Nospetsifik aorta-arteriit - tomirlarning sistema kasalligi bo‘lib, asosiy
xususiyati aortada va uning shox tarmoqlarida stenozlovchi, anevrizmatik yoki
aralash jarayon hisoblanadi. Uni 1956 yilda Savori tasvirlagan. Nospetsifik
aorta-arteriitning haqiqiy tarixi yapon vrachi M. Takayasuning 1905 yilda aorta
ravog‘i tarmoqlari zararlanishining klinik tasvirini bayon etishdan boshlangan.
Aortitning allergik tabiatini hisobga olib, qator mualliflar uning
autoimmun kelib chiqishi to‘g‘risidagi taxminni bayon qiladilar. Ayrim
mualliflar uni kollagenozlar qatoriga kiritadilar, chunki unda kollagenozga xos
yallig‘lanish reaksiyalari, subfebrilitet, sistem zararlanish, klinik polilorfizm,
ayrim musbat laboratoriya sinamalari qayd qilingan. Bu kasallikda, odatda,
arteriyaning birlamchi tashqi qatlamlari zararlanadi, so‘ngra jarayon tomirning
birmuncha chuqur qatlamlariga tarqalib, intimani qalinlashtiradigan ikkilamchi
yallig‘lanish xodisalari yuz beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: