Etiologiyasi va patogenezi. Braxeotsefal arteriyalar tutilib qolishni keltirib
chiqaradigan etiologik omillar bir necha guruxlarga bo‘linishi mumkin:
1. Arteriyalarning obliteratsiya qiladigan kasalliklari:
- ateroskleroz;
- nospetsifik aorta-arteriit;
- obliteratsiyalovchi trombangit;
- chakka arteriiti.
2. Aorta ravog‘i anevrizmalari braxeotsefal arteriyalarning ikkilamchi
torayishi bilan:
- aterosklerotik;
- zaxmli;
- qatlamlanadigan anevrizmalar.
3. Aorta ravog‘i tarmoklarining rivojlanish nuksonlari:
- arteriyalarning ratologshik egri-bugriligi, ogizning surilish nuksonlari;
- arteriyalarning patologik egri-bugriligi, kovuzloklar xosil kilish va
angulyasiyasi;
- aorta ravog‘i tarmoklari nuksonlari.
4. Arteriyalar kompressiyasining ekstravazal omillari. Ateroskleroz ishemik
sindromning eng ko‘p sababchisi xisoblanadi, bemorlarning taxminan 2/3
qismida
aterosklerotik
kelib
chiqadigan
braxeotsefalik
arteriyalarning
zararlanishi bo‘ladi. Erkaklar ayollarga nisbatan 4 baravar ko‘proq zararlanadi.
Aterosklerozning muhim xususiyati shundaki, bosh miyaning kalla suyagidan
tashqaridagi bo‘limlarining zararlanishi intrakranial arteriyalarga qaraganda 5
marta ko‘proq uchraydi.
Uyqu arteriyasi bifurkatsiyasi va ichki uyqu arteriyasining boshlang‘ich
segmenti aterosklerotik pilakcha rivojlanadigan joy xisoblanadi. Ikkala uyqu
arteriyasi bir xilda ko‘p zararlanadi. Aksariyat patologik jarayonga o‘mrov osti
arteriyalari ham qo‘shiladi, bunda chap arteriyasi o‘ng arteriyasiga nisbatan 3
baravar ko‘proq zararlanadi.Ko‘pincha bemorlarda aorta ravog‘i tarmoqlarining
ko‘p sonli zararlanishlari aniqlanadi.
Nospetsifik aorta-arteriit braxeotsefal tomirlar zararlanishining sabablari
orasida ikkinchi o‘rinda turadi. Aorta-arteriit uchun stenozlangan qismning
birmuncha uzunligi xos. Aorta-arteriitning taxminan 75% hillarida aorta ravog‘i
tarmoqlarining ko‘p sonli zararlanishlari kuzatiladi. Bu kasallik bilan aksariyat
30-40 yoshdagi odamlar, ko‘proq ayollar (4:1) kasallanadilar.
Braxeotsefal tomirlarning normal o‘tkazuvchanligini buzadigan uchinchi
sabab - ekstravazal kompressiya xisoblanadi. Umurtqa arteriyasi og‘zi
surilganda, buralganda yoki oldingi zinapoyasimon muskuldan bosilganda
(umurtqa arteriyasi anomal chiqqanda) umurtqa arteriyasi bo‘ylab qon oqimi
kamayishi mumkin. Umurtqa arteriyalarining suyak kanalida stenozlanishi
bo‘yin osteoxondrozi rivojlanganda, osteofitlar, o‘smalar tomonidan bosilganda
ro‘y berishi mumkin.
Braxeotsefal arteriyalarning patologik egri-bugriligi arteriyaning uzayishi
va keskin diviatsiyasi, shu joylarda buralish va o‘tkazuvchanlik buzilishi sodir
bo‘lishi bilan ta'riflanadi. Qon oqimi izdan chiqishiga olib keladigan boshqa
kasalliklar orasida kamdan-kam uchraydigan zaxm arteriitini qayd qilib o‘tish
kerak. Miya qon aylanishining buzilishlari yuqori arterial gipertenziya fonida
rivojlana oladigan ichki uyqu arteriyasi anevrizmasiga bog‘liq bo‘lishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |