Kasallik tarixini yozish uchun tematik bemorlarni kuratsiyasi. Gospital jarrohlik fani to‘g‘risida tushuncha. Dastlabki va yakuniy tashhisni ko‘yish. Individual davolashni belgilash. Aorta ravog‘i okklyuzion kasalliklari



Download 190,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana01.01.2022
Hajmi190,82 Kb.
#287213
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1.Nazariy.Aorta ravog‘i okklyuzion kasalliklari

Klinikasi.  Bu  kasallikning  klinik  belgilari  muayyan  arteriyadagi 

okklyuziyaning  joylashuviga  va  xarakteriga,  izdan  chiqqan  magistral  qon 

oqimining  kompensatsiyasi  bosqichiga  bog‘liq.  Kasallikning  patologik 

jarayonning  topikasini  va  xarakterini  aks  ettiradigan  klinik  formalari  (simp-

tomlari)  davolash  usulini  tanlashga  imkon  beradigan  diagnozning  zamonaviy 

turi xisoblanadi. 

1.  O‘mrov  ostita  ta'luqli  simptom  -  asosiy  tarmoqlari  chiqqandan  keyin 

o‘mrov  osti  arteriyasining  eng  distal  qismidagi  okklyuziya.  Takayasu 

sindromida o‘mrov osti arteriyasi bo‘ylab qon oqimi deyarli 6% hollarda zarar 

ko‘radi (B. V. Petrovskiy muallifdoshlari bilan). Ko‘pchilik bemorlarda o‘mrov 

osti  sindromining  etiologik  omili  arteriit,  qolgan  hollarda    ekstravazal  omillar, 

qo‘shimcha  bo‘yin  qovurg‘alari  va  oldingi  zina  poyasimon  mushak  sindromi 

hisoblanadi.  Bu  sindromnish  moxiyati  qo‘l  ishemiyasidir.  Ishemiya  darajasi 

kollateral qon aylanishi imkoniyatlari bilan belgilanadi. Dekompensatsiyalangan 

bosqich qo‘l panjasi va bilakda ikkinchi - distal blok   bo‘lganda uchaydi, xolos. 

2.  Umurtqa  sindromi  -  umurtqa  arteriyasining  ekstravazal  bo‘limida  qon 

oqimining  buzilishi  va  shu  sababli  miya  tomirlarida  yetishmovchilik  paydo   

bo‘lishidir.  Umurtqa  sindromi  alohida  ko‘rinishda  qariyb    17%    hollarda 

uchraydi.  Umurtqa  arteriyasining  ekstrakranial  bo‘limida  qon  oqimi  buzilishi 

uchta  satxda  -  og‘zi-  soxasida,  suyak  kanalida,  kalla  suyagiga  kirishdagi 

gorizontal qismda ro‘y berishi mumkin. 

Qon  oqimi  buzilishiga  ateroskleroz(70%),  ekstravazal  omillar  va 

rivojlanish nuqsonlari sabab bo‘lishi mumkin. 

Sindromning  klinik  belgilari  bosh  miya  yarimsharlarining  stvoli,  ensa 

bo‘laklari va ichki miya ishemiyasiga bog‘liq bo‘ladi. 

3.  O‘mrov  osti-umurtqa  sindromi.  O‘mrov  osti  arteriyasi  bloki    shunday 

joylashadiki, qon oqimidan o‘mrov osti arteriyasi ham, umurtqa arteriyasi ham 



ajralib qoladi. Ana shunga o‘mrov osti-umurtqa sindromi deyiladi. 

Umurtqa  arteriyasida  qon  oqimining  aynishi  sodir  bo‘ladi  -  qon  oqimi 

miyadan  qo‘lga  teskari  yo‘nalishda  oqadi,  chunki  o‘mrov  osti  arteriyasi 

sistemasidagi bosim Villiziy doirasidagiga qaraganda past bo‘ladi. Bu fenome! 

adabiyotda  «subclavian  steal  syndrome»-  o‘mrov  ostida  qon  o‘g‘irlanish 

sindromi  degan  nom  olgan  bo‘lib,  uni  1960  yild;  Contorni  birinchi  marta 

tasvirlagan. yelka kamari va ko‘l ishemiyasining klinik ko‘rinishi bu soxalarda 

kollateral qon aylanishi rivojlanganligidan va still-sindrom hisobiga odatda og‘ir 

bo‘lmaydi.  Bemorlar  ish  vaqtida  qo‘llarining  tez  toliqib  qolishidan,  ularning 

uvishishi  va  sovqotishidan,  barmoqlar  va  panjaning  muzday  bo‘lishidan 

noliydilar,  qo‘l  muskullari  atrofiyaga  uchraydi,  qo‘lda  og‘riq  bo‘ladi.  Still-

sindrom 


rivojlanishi 

vertebrobazillyar 

sistemada 

qon 


aylanishi 

yetishmovchiligiga  olib  keladi,  bu  umrov  osti-umurtqa  sindromida  ustunlik 

qiladigan belgi hisoblanadi. 

4.  Uyqu  arteriyalari  sindromi  -  shu  tomirlar  proksimal  bo‘limlarida  qon 

oqimining  buzilishidir.  Umumiy  uyqu  arteriyasi  bifurkatsiya  sohasida  undan 

pastki  qismga  nisbatan  ko‘proq  zararlanadi.  Ichki  uyqu  arte-riyasini  stenozga 

yoki  okklyuziyaga  olib  keladigan  asosiy  etiologik  omil  ateroskleroz  sanaladi. 

Uyqu  arteriyasi  sindromining  klinikasi  bosh  miya  katta  yarimsharlari  va  ko‘z 

soqqalari ishemiyasi bilan belgilanadi. Be-morlar bosh og‘rishi, bosh aylanishi, 

xotira  pasayishi,  zararlangan  tomonda  ko‘z  ko‘rmay    qolishi,  ba'zan  xushdan 

ketishdan shikoyat qiladilar. 

5.  Nomsiz  arteriya  sindromi  -  nomsiz  arteriyada  qon  aylanishining 

buzilishi.  Bu  o‘zining  turli-tuman  klinik  manzarasiga  ko‘ra  braxiotsefal 

arteriyalar patologiyasidir. U go‘yo bundan oldingi hamma sindromlarni o‘ziga 

jamlab oladi va ayni vaqtda bu simptomlar ulardan mutlaqo farq qiladi. Nomsiz 

arteriya  sindromining  ko‘rinishi  bosh  miyaning  karotid  tipi  bo‘yicha  hamda 

vertebrobazillyar  tip  bo‘yicha  ishemiyasidan,  o‘ng  qo‘ldagi  arterial 

yetishmovchilik  va  o‘ng  ko‘z  ko‘ruv  qobiliyati  buzilishidan  tashkil  topadi.  

Kollateral  qon  aylanishining  katta  imkoniyatlariga  qaramay,  nomsiz  stvol 

okklyuziyasi  g‘oyat  xavfli  ofat  -  patologiya  sanaladi  va  serebral  buzilishlar 

bunday bemorlarning amalda hammasida ertami-kechmi yuz beradi. 

6.    Qo‘shma  formalari  -  aorta  ravog‘i  tarmoqlarining  ko‘p  sonli 

zararlanishlari bir-biri bilan turlicha qo‘shilib kelib,  17-18% xollarda  uchraydi  

(I. A. Belichenko, 1970). Bu, aftidan, braxiotsefal tomirlarning dastlabki aloxida 

ko‘pgina zararlanishlarining nihoyasi hisoblanadi. Bu guruxda kasallikning eng 

uzoq davomliligi 4-5 yil bo‘lishi bejiz emas. 

Klinik  ko‘rinishlari  har  bir  ayrim  holda  g‘oyat  o‘ziga  xos  va  zararlangan 

arteriyalar  soniga      hamda  okklyuziya  darajasiga  bog‘liq.  Umurtqa  va  karotid 

sindromlarning  karotid  va  umrov  osti-umurtqa  sindromlarining  birga  kelishi 

kuzatiladi.  Nihoyat,  hamma  ma'lum  sindromlar  birga  uchrashi  mumkin.  A.  V. 

Pokrovskiy  miyada  qon  aylanishi  buzilishining  quyidagi  guruxlarini  tafovut 

qiladi: 



1. Simptomsiz okklyuziyalar -23,6%. 

2.  Miya  qon  aylanishining  tranzitor  ishemiya  xurujlari  bilan  o‘tadigan 

ko‘chma buzilishlari -40,5%. 

3. Xronik tomir-miya yetishmovchiligi -11%. 

4. Ishemik  insultlar  va ularning  qoldik  hodisalari-25%. 


Download 190,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish