Diagnostikasi. Takayasu sindromi bo‘lgan bemorlarda o‘tkaziladigan
diagnostik tadbirlar yig‘indisini shartli ravishda uchta bosqichga bo‘lish
mumkin:
I. Umumiy klinik tekshirishlar bosqichi: surab-surishtirish va kasallikning
anamnezini yig‘ish, bemorni ko‘zdan kechirish, aorta ravog‘i tarmoqlarining
holatini, shuningdek yuza joylashgan magistral arteriyalarni palpator va
auskultativ aniqlash. Arterial bosim ikkala qo‘l va ikkala oyoqda aniqlanadi.
II. Tekshirishning ixtisoslashgan statsionar bosqichi:
- laboratoriya tekshirish usullari;
- funksional tekshirish usullari;
- nefrologik tekshirish;
- oftalmologik tekshirish;
- otonevrologik tekshirish;
- rentgen kontrast tekshirish (aortografiya yoki selektiv angiografiya).
III. Tekshirishning intraoperatsion bosqichi: aorta ravog‘i braxeotsefal
tarmoqlar taftishi, elektromagnit floumetriya, intraoperatsion angiografiya.
Braxeotsefal arteriyalari zararlangan bemorlar uchun nevrologik,
oftalmologik va otonevrologik xarakterdagi shikoyatlarning bir qanchasi xosdir.
Ko‘zdan kechirish to‘g‘ri diagnoz qo‘yish uchun xech qanday yo‘l-yo‘riqlar
ko‘rsata olmaydi. Paypaslab ko‘rish chakka, uyqu, yelka va bilak
arteriyalaridagi pulsatsiyaning o‘zgarishlarini aniqlab beradi. Umumiy uyqu va
nomsiz arteriyalar okklyuziyasida zararlangan tomondagi na uyqu, na chakka
arteriyalarining pulsatsiyasi, tabiiyki, aniqlanmaydi. Biroq ichki uyqu arteriyasi
okklyuziyasida va uning stenozida bifurkatsiya soxasida chakka arteriyasining
pulsatsiyasi (urib turishi) xatto kuchaygan bo‘lishi extimol, chunki butun qon
oqimi tashqi uyqu arteriyasiga yo‘naladi. Arterial bosimni o‘lchashni hamma
qo‘l va oyoqlarda olib borish kerak. O‘mrov osti arteriyasi zararlanganda
sistolik arterial bosim simob ustuni xisobida 80-90 mm gacha, puls bosimi
simob ustupi xisobida 19-30 mm gacha pasayadi. Auskultatsiya braxeotsefal
tomirlar kasalliklarining birlamchi diagnostikasida asosiy ahamiyat kasb etadi.
Bifurkatsiya va ichki uyqu arteriyasi stenozida pastki jag‘ burchagidagi sistolik
shovqin bemorlarning 75 foizida eshitiladi.
Qonni laboratoriyada tekshirish natijalari quyidagicha bo‘lishi mumkin:
a) qon elementlari (o‘rtacha gipoxrom kamqonlik, o‘rtracha leykotsitoz,
ROE - eritrotsitlarning cho‘kish tezligi tezlashgan);
b) plazma oksillari (gipoalbuminemiya, globulin fraksiyalari, shuningdek
fibrinogen oshishi);
v) immunologik reaksiyalar (musbat aktinuklear omil, Vasserman soxta
musbat reaksiyasi).
Funksional tekshirish usullari. O‘mrov osti arteriyasi okklyuziyasida
reovazogrammalar balandligi asimmetriyasi va to‘lqinlari xarakteri va qo‘lning
xajmiy sfigmogrammalari hamavaqt bor. Uyqu va nomsiz arteriyalar
zararlanganini diagnostika qilishda uyqu va yuza chakka arteriyalarini
sfigmografiya qilish katta yordam beradi. Okklyuziyada egri chizik to‘lqinlari
pasayadi va shakli o‘zgaradi.
Reoensefalografiya katta yordam beradi, u uyqu arteriyasi bir tomonlama
zararlanganda miya qon ta'minotining yarimsharlararo asimmetriyasi belgilarini
aniqlaydi, hamma braxeotsefal tarmoqlar okklyuziyasida esa hamma usullarda
reogramma to‘lqinlarining keskin pasayishini qayd qiladi. Braxeotsefal
tomirlarning birlamchi diagnostikasida infraqizil spektrdagi termografiya
qo‘llaniladi. 0,6°S dan yuqori termoasimmetriya patologik deb hisoblanadi.
So‘nggi yillarda qon oqimini ultratovush bilan tekshirish usullari keng
tarqaldi. Ultratovushli datchik Doppler effekti prinsipida faqat arteriya
pulsatsiyasini emas, balki undagi qon oqimi yo‘nalishi va tezli-gini ham
aniqlasa bo‘ladi.
Nevrologik tekshirishlar. Bosh miya ishemiyasinish nevrologik alomatlari
qaysi tomir xavzasi zarar ko‘rganiga, arteriyaning okklyuziya darajasi va
rivojlanii sur'atiga, shuningdek, kollateral qon aylanishining kanchalik
muvofiqligiga bog‘liq. Shu munosabat bilan miya qon aylanishi
yetishmovchiligini karotid, vertebrobazillyar va birga uchraydigan karotid-
bazillyar tipi bo‘yicha farq qilish zarur. Nevrologik simptomatikaning o‘zi esa
intermitirlaydigan yoki barqaror, doimiy xarakterda bo‘lishi mumkin.
Bosh og‘rig‘i - bosimning magistral arteriyalari okklyuziyasi bo‘lgan
bemorlarda qayd qilinadi. U taxminan bemorlarning 80 foizida bo‘ladi. Og‘riq
aksariyat chakka soxasida, ba'zan boshning u yoki bu yarmida yoki tutash
bo‘ladi.
Bosh aylanishi uchrashi jixatidan ikkinchi nevrologik simptom,
bemorlarning kam deganda 35 foizida uchraydi. Bu simptom vestibulyar apparat
funksiyasi buzilishi va uning uzunasiga ketgan orqa dastasi sistemasi bo‘yicha
quyida joylashgan bo‘limlari bilan alovasiga borliq. Qisqa muddatga xushdan
ketish hodisasi kam deganda 5% hollarda uchraydi, ular, aftidan, bosh miya
tursimon formatsiyasining ishemiyasi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak.
Giperkinetik va amniostatik sindrom miyacha va o‘zak qobiq osti tugunlari
og‘ir va uzoq muddatga ishemiya bo‘lgan bemorlarda uchraydi.
Talvasalar va epilepsiyasimon tutqanoqlar ahyon-ahyonda kuzatiladi. Bu
holatlarning tabiati aniqlanmagan.
Po‘stloqqa taalluqli ko‘rish qobiliyati buzilishlari. Bu guruxga bosh miya
yarimsharlarida, asosan ensa bo‘laklarida qon aylanishi yetishmasligi natijasida
yuzaga keladigan ko‘rishning turli-tuman buzilishlari kiradi. Ko‘rishning
bunday buzilishlari 17% ni tashkil etadi.
Harakat buzilishlari - kasallikning eng ravshan va og‘ir belgilaridan
xisoblanadi. Nevrologik buzilishlar bu formasining umumiy protsenti 13,3% ni
tashkil etadi (A. V. Pokrovskiy bo‘yicha). Nutq buzilishlari bemorlarning
deyarli 11 foizida uchraydi. Ular ishemik uchoqda joylashuvi bo‘yicha turli-
tuman ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Nistagm - birmuncha ko‘p uchraydigan nevrologik simptomlardan biri
xisoblanadi. Vertebro-bazillyar sistemasida qon oqimi buzilgan bemorlardagina
kuzatiladi. Ko‘z harakatining buzilishlari nistagm singari uchraydi. Unda ko‘z
soqqalari harakati o‘zgaradi, konvergensiya va akkomodatsiya reaksiyalari
buziladi.
Miyachadan bo‘ladigan simptomlar - asinergiya, dizmetriya, mushaklar
distoniyasi bemorlarning taxminan 8 foizida uchraydi (B. V. Petrovskiy
muallifdoshlari bilan).Yutish va fonatsiyaning buzilishlari (disfagiya, dizartriya)
6-7% xollarda kuzatiladi. Sezuvchanlikning buzilishlari parez bo‘lgan tomonda
bemorlarning 15 foizida kuzatiladi.
Vegetativ buzilishlar - ko‘ngil aynishi, qayt qilish, rangparlik, bradikardiya,
ter ajralishining buzilishi kamroq uchraydi.
Aorta ravog‘i tarmoqlari okklyuziyasida oftalmologik simptomatika butun
ko‘ruv analizatorining ishemiyasidan vujudga keladi. Bunda kuyidagi usullardan
foydalaniladi:
Periferik ko‘ruv retseptori holatini o‘rganish - oftalmoskopiya - ko‘ruv
nervi o‘tkirligini tekshirish kuyidagi testlar bo‘yicha o‘tkaziladi:
- ko‘rish o‘tkirligi;
- perimetriya (ko‘ruv maydonini aniqlash);
- rangli perimetriya;
- yorug‘lik sezuvchanlikni aniqlash;
- to‘r parda markaziy arteriyasini bosish;
- oftalmotonus va ko‘z ichidagi suyukliq almashinuvi.
Otonevrologik tekshirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- LOR organlarini ko‘zdan kechirish;
- eshituv, vestibulyar, ta'm bilish, hid bilish funksiyasini aniqlash;
- maxsus usullar (audiometriya);
- maxsus sinamalar (kalorik sinama, miyachaga taalluqli ayrim sinamalar).
Otonevrologik simptomatika lor organlari va ularning funksiyalari ta'm, hid
bilish, otokinetik retsepsiya) holatini aks ettirib, boshning xronik ishemiyasi
sharoitlarida va aorta ravog‘i tarmoqlari okklyuzion za-rarlanishining umumiy
somatikasida muhim o‘rin egallaydi.
Braxeotsefal tarmoqlari zararlangan bemorlarni tekshirish vaqtida boshqa
tomir xavzalarining birgalikda zararlanish simptomlariga (toj arteriyalar, qorin
aortasining visseral tarmoqlari, oyoq, arteriyalari) ahamiyat berish zarur.
Tekshirishning rentgen kontrast usullari. Hozirgi vaqtda braxeotsefal
arteriyalarni rentgen kontrast tekshirishning quyidagi usullari qo‘llanadi:
1. Kateterizatsion ko‘krak aortografiyasi. Aortaning hamma bo‘limlari,
jumladan uning ravog‘ini ham kateterlash 1953 yilda shved olimi Saldinger
taklif qilgan metodika bo‘yicha hozir hamma joyda amalga oshirilayapti.
2. Selektiv aortoarteriografiya. Aorta ravog‘ida kateter borligi uni aortaning
tarmoqlaridan biri og‘ziga kiritib, so‘ngra uni kontrastlash, ya'ni selektiv
arteriografiya qilishga imkon beradi. Shunday bo‘lishiga qaramay, selektiv
aortoarteriografiya uchun ko‘rsatmalar chegaralangan va quyidagi hollardagina
o‘tkazilishi mumkin
- braxeotsefal arteriyalarning arterio-venoz anevrizmasida;
- bosh magistral arteriyalari intrakranial bo‘limlarining zararlanganiga
shubxa qilinganda, bu uning oxirgi tarmoqlarini ham ko‘zdan kechirishni talab
etadi.
Tekshirishning supraaortal usullari:
- karotid arteriografiya odatda uyqu arteriyasida okklyuziya borligiga
shubxa qilinganda qo‘llaniladi, asosan uning kalla suyagi ichi tarmoqlarini
aniqlash maksad kilib olinadi;
- umrov osti arteriografiyasi umrov osti va umurtqa arteriyasini, o‘ng
tomondan qo‘llanilganda ko‘shimcha ravishda uyqu arteriyasini kontrastlash
imkonini beradi;
- qo‘ltik arteriografiyasi so‘nggi vaqtlarda o‘mrov osti arteriografiyasini
siqib chiqara boshladi, chunki qo‘ltik arteriyasini punksiya qilish texnikasi oson,
shuningdek arteriyaga Seldinger metodikasi bo‘yicha kateter kiritish imkoniyati
yaxshidir.
Rentgen kontrast tekshirishdan keyingina braxeosefal tomirlarning klinik
zararlanishlarini aniqlash va xirurgik taktika to‘g‘risidagi masalani hal qilish
mumkinligini qayd qilib o‘tmok darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |