PEDAGOGIKA
2015, 2-son
111
Mazkur tizim til sathlarini o‘zaro bog‘lab o‘rganish, fanlararo aloqadorlik
3
,
nutqiy BKMlar integratsiyasi ya’ni, yaxlitlanish
qonuniyatlariga amal qiladi,
matn yaratish ko‘nikmasining barqarorlashuvi, fikrning matn shaklida
moddiylashuviga, tahrir va tahlilga imkoniyat yaratadi. Mustaqil matn
yaratishning bunday yangicha
modulini esa OVKT tizimisiz, ta’limda izchillik,
bosqichlilik, uzviylik va uzluksizlik tamoyillarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
O‘quvchini innovatsion texnologiyalar asosida matn yaratishga yo‘nal-
tirish esa o‘qituvchilardan o‘z ixtisosiy malakalarini oshirib borishni, ta’limning
yangi texnologiyalarini jadal egallash va til o‘rganish amaliyotiga joriy etishni
talab qiladi. Bunda o‘qituvchi:
– o‘quvchini mustaqil fikrlash,
ravon fikr ifodalashga, matn yaratishning
zamonaviy usullarini bilish, ularni amaliyotda qo‘llashga o‘rgatishi;
– o‘quvchida kommunikativ savodxonlikni ta’minlash, tizimli fikrlash
ko‘nikmalarini shaklantirish, zamonaviy o‘quv-texnika
vositalari, internet
ma’lumotlaridan foydalanib, o‘quvchi bilimini DTS talablaridan yuqoriga
ko‘tarishi;
– o‘quvchini matn yaratish faoliyatiga tayyorlash
jarayonida mantiqiy
izchillik va uslubiy ravonlikka rioya qilish, nutq sharoitiga mos ravishda tez,
ixcham, o‘rinli, tushunarli fikr ifodalashga odatlantirib borishi;
– o‘quvchini matn turlarini farqlash, yaratilgan
matnni tahlil qilish,
berilgan so‘z, rasm-tasvir, musiqa, turli grammatik jadvallar asosida kichik
(tasviriy, tasnifiy-grammatik,
monologik, dialogik, rasmiy, badiiy) matnlar
yaratish ko‘nikmasini shakllantirish bilan shug‘ullanishi;
– o‘quvchida berilgan matnning tili, uslubi,
janrini aniqlash, matnni
tarkibiy qismlarga ajratish, imloviy-uslubiy va punktuatsion tahrir qilish
ko‘nikmalarini
shakllantirishi;
– matn yuzasidan xulosa chiqarish, sarlavha tanlash, mavjud SBlari,
uyadosh gaplarni shaklan va mazmunan o‘zgartira bilish, ajratilgan so‘zlardagi
ijobiy hamda salbiy ma’nolarini
sharhlash, turli shakl (mazmun, uslub)dagi
kichik matnlar yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish bilan muntazam
shug‘ullanishi lozim. Chunki tizimli nutqiy faoliyat o‘quvchilarda
MYAKSHning zaruriy va ishonchli omillaridan sanaladi.
Ona tili darslarida matn yaratishga yo‘naltiruvchi topshiriqlar ustida
ishlashdan asosiy maqsad shuki, o‘quvchi mazkur ishlarni bajarish jarayonida til
imkoniyatlaridan foydalanish usullari bilan tanishadi, o‘zi tuzadigan jumla uchun
eng ma’qul, nutqiy vaziyatga mos, o‘rinli so‘zni tanlaydi. Shu so‘zning lug‘aviy
ma’no guruhlari (bundan keyin LMG) ustida ishlash, uning boshqa so‘zlar bilan