11
talqin qiladi. Bunda imperator hokimiyati otaning
hokimiyatiga qiyoslanadi, hukmdorlar va fuqarolarning
munosabatlari esa oilaviy munosabatlarga o‘хshatilib,
kichiklar kattalarga bog‘liq ekanligi ta’kidlanadi.
Arastu esa davlatning vujudga kelishiga sabab erkak
va ayolning bir-biriga bo‘lgan tabiiy ishtiyoqi,
o‘zidan nasl qoldirishga bo‘lgan ehtiyoji deb biladi.
Bu ishtiyoq tufayli erkak va ayol oila quradi, oilalar
kengayib qishloqlarni tashkil etadi, qishloqlar yig‘indisi
davlatning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: