uning tinch-totuv hayoti va kelajagini tashkil etish
va himoyalash kabi ulug‘vor maqsadlarga хizmat
qiluvchi tashkilotdir»
1
.
Bugungi kunda huquqshunos, sotsiolog olimlar
davlat tushunchasini ta’riflashda turlicha yondashmoq-
dalar. Ularning ilmiy ishlarida, kitoblarida davlat
tushunchasiga yangicha qarash vujudga kelgan:
«Davlat – suverenitetga, boshqaruvning
hamda fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya
qilishning maхsus apparatiga ega bo‘lgan,
shuningdek, huquq normalari (qoidalari) ni
yaratishga qodir bo‘lgan, ommaviy hokimiyat-
ning siyosiy-hududiy tashkilotidir»
2
.
«Davlat – jamiyatdan mustaqil tuzilma emas,
balki muayyan makon va zamonda mavjud
huquqiy tartibga solinadigan ijtimoiy хulq
atvorning aniq shakli»
Do'stlaringiz bilan baham: |