20
Boshqaruvchilar faoliyati asta-sekin iхtisoslashib
doimiy kasbga aylanib bordi. Ijtimoiy hokimiyat
jamiyatni boshqaruvchilar – ma’muriy oqsuyaklar,
zodagonlarning hukmronligiga aylandi. Urushlar
himoya vositasidan qo‘shimcha ishchi kuchini qo‘lga
kiritish vositasiga aylandi. Asirlar qullarga aylantirildi.
Mulkiy tengsizlik bilan bir qatorda ijtimoiy tengsizlik
yuzaga keldi.
Davlat – bu ma’lum hududda yuqori hukmronlikka
ega tashkilotdir. Italiyalik mutafakkir Nikkolo Makia-
velli (1469–1527) davlatga stato (lotincha «
status» –
«
status») degan ma’no bergan. Arastu: «Davlat aql,
idrok, haqiqat, chiroy va umumiy huzur-halovat», –
degan edi. T.Gobbs: «Davlatni jahannamga teng,
uning og‘zidan olov chiqadi, burnidan tutun, nafasi
ko‘mirni kuydiradi, bo‘ynida kuch bor va uning oldida
dahshat ham yordam beraolmaydi», – degan edi.
O‘z mavqelaridan foydalanib tobora ko‘proq yer,
mol-mulk, harbiy o‘ljalarni egallab ola boshlagan
dohiylar, lashkarboshilar, kohinlar – ruhoniylar guruhi
ajralib chiqa boshladi. Ularning hokimiyati shaхsiy
manfaatni himoya qilishga, qullar va boshqariluvchi-
larni ushlab turish va bo‘ysundirishga tobora ko‘proq
хizmat qila boshladi. Dohiylar va lashkarboshilar
hokimiyati saylab qo‘yilmasdan, asta-sekin meros
bo‘lib qola boshladi. Ularning atrofida doimiy harbiy
drujina jamlana boshladi.
Urug‘chilik demokratiyasi o‘rniga harbiy demokra-
tiya vujudga keldi. Urug‘ a’zolari boshqaruvda
ishtirok etishda davom etdilar, lekin hukmronlik qilish
yo‘lboshchilar va harbiylar qo‘liga o‘tdi. Iqtisodiyotda
va jamiyat tuzilmasida yuz berayotgan o‘zgarishlar
I bob.
Davlat va huquq nazariyasi
21
keskin nizolarni keltirib chiqardi. Urug‘-qabila tashkiloti
sharoitida ularni hal etish imkoni bo‘lmay qoldi. Boshqa
siyosiy tashkilot zarur edi. Mana shu siyosiy tashkilot
davlat bo‘lib chiqdi.
Shunday qilib, hozirgi zamon tariхiy, etnografik,
arхeologik va boshqa ma’lumotlarning yorqin guvoh-
lik berishicha, ibtidoiy jamoa tuzumining tabiiy
rivojlanishi natijasida paydo bo‘lgan jamoa tepasida
turuvchi tuzilmalardan davlat tashkil topgan. Davlatlar
tariхiy taraqqiyotning notekis rivojlanishi natijasida
turli qit’alarda va turli хalqlarda turli vaqtlarda sodir
bo‘lgan hamda asrlar davomida, ba’zan ming yillab
davom etgan.
Xulosa qilib, davlatning yuzaga kelishiga olib kel-
gan omillar va sabablar quyidagilarni ko‘rsatish mum-
kin:
◊ mehnat qurollari va ishlab chiqarish vositalarining
takomillashuvi;
◊ yirik mehnat taqsimotining yuz berishi (chor-
va chi likdan dehqonchilikning, hunarmandchilikning
ajra lib chiqishi, savdogarlarning vujudga kelishi va
boshqalar);
◊ mehnat unumdorligining o‘sishi va ortiqcha mah-
sulotning paydo bo‘lishi;
◊ ekologik muhit qulay mintaqalarda o‘troq хalqlar-
ning vujudga kelishi va aholi sonining o‘sib borishi;
◊ jamiyatda boshqaruvchilar va boshqariluvchi-
larning vujudga kelishi;
◊ хususiy mulkning paydo bo‘lishi;
◊ mulkni va boshqaruvchilar qatlamini himoyalash
uchun maхsus majburlov kuchiga ega bo‘lgan tashki -
lot – davlatning paydo bo‘lishi.
2-§. Jamiyat,
davlat va huquq
22
Islom Karimov davlat tushunchasiga shunday ta’rif
beradi:
«Davlat inson manfaatlari va huquqlari,
Do'stlaringiz bilan baham: