DANTE ALIGERI
(1265-1321)
0 ‘rta asrlar oxiri va Uyg'onish davrining boshi - ikki davr oralig'i-
da yashab o'tgan ulug‘ italyan adibi. Shoir 37 yoshga toMganda boshiga
kulfat yog‘iladi. Papa partiyasi davlat tepasiga chiqqandan so‘ng
shoimi birinchilar qatori Florensiyadan quvg'in qiladi. Shundan so'ng
qolgan umri Verona, Mantuya, Parile, Luki, Ravenna shaharlarida
nihoyatda og‘ir hayot girdobida o'tadi.
Shoirlar hamma zamonlarda ham sevgi-muhabbatni ulug'lab kelgan.
Sevgan yorining tavsifini keltirib, unga hech go'zalning teng kelmas-
www.ziyouz.com kutubxonasi
ligini ta’riflashgan. Bu yorug4 olamda yolg'iz
o'zi va sohibjamoligina sadoqatli deb bilishgan.
Go'zalning jamoli. nazokati, husni-tarovati. qaddi-
qomati
haqida
dostonlar bitishgan.
Dante
sohibjamol Beatricheni sevib qoladi. Unga atab
she’rlar bitganida 17-18 yoshlarda edi. Keyinchalik
bu sheTlami «Yangi hayot» to'plamiga jamlaydi.
Shoirning keyingi asarlari «Ziyofat», «Xalq
nutqi haqida» (1305), «Monarxiya haqida» (1313)
asarlaridir. Bu traktat, hikoya va risolalarida u din,
til, siyosiy voqealar, saltanatga daxldor falsafiy
fikrlarini bayon etadi.
«Ilohiy komediya»sida yozuvchi «Narigi dunyoni»ni uch qism -
«Do'zax», «A’rof» va «Jannat»ga bo'lgan. Asarning har bir qismi 33
qo'shiqdan tuzilgan bo'lib, kirish qismi bir qo'shiq, hammasi boMib
100 qo'shiqdan iborat.
«Do‘zax» voronka shaklida o'yib tushirilgan joy boMib, unda 9 po-
g‘onali chuqurlik mavjud. Gunohkorlar shu pog‘onali chuqurlarda azob
chekadilar. Pastki pog‘onaga tushgan sari jon qattiqroq azoblanadi.
Dante o'zining siyosiy muxoliflarini do'zaxga tashlaydi, ayniqsa,
xristian dini ruhoniylarini qattiq qoralab, do'zaxning so'nggi pog'onala-
riga qo'yadi. «A’rof» yer kurrasiga qarama-qarshi joylashgan. Yer bilan
uni katta okean ajratib turadi. Okean o'rtasidagi orolda baland tog‘ bor.
Tog4 yetti pog‘onali boMib, ulardan o‘tib borayotganda aybdorning bit
tadan gunohi yuviladi. 7 pog‘onadan qutulganda 7 gunoh (mag‘rurlik,
ichiqoralik, g‘azab, umidsizlanish, ta’magirlik, mechkaylik, buzg‘un-
chilik) yo‘qolib, jannatga chiqadi. «Jannat» 9 qavatga bo‘linadi, jon
qanchalik yuqori pog‘onaga ko(tarilsa, u xudoning marhamatiga shun-
chalik ko‘p muyassar bo'ladi.
Dante o‘z xato va kamchiliklarini bo‘yniga olgan tanti shoir edi. U
o‘zini do‘zaxga munosib deb biladi. Do‘zaxning birinchi pog‘onasida
Homer, Goratsiy, Ovidiy kabi ulug‘ shoirlami uchratadi, ular qatoriga
o‘zini ham shu dargohga loyiq deb hisoblaydi. Do‘zaxning birinchi
pog‘onasida bo‘lsa-da, bu ulug laming gunohi unchalik ko‘p emas.
Do‘zaxning ikkinchi pog‘onasida buzuqlar, shahvoniy hirsga beril-
ganlar turadi. Bular anchagina, shoir ularning ayrimlarini taniydi:
Vavilon malikasi Semiramida, karfagenlik malika Didona, Misr
malikasi Kleopatra, Sparta go‘zali Yelena va boshqalardir. Shoir oddiy
kishilami emas, boy-badavlat xonadonlarga mansub go‘zallarni keskin
tanqid qiladi. Shoir har pog‘onadagi buzuqliklar va bu yoMdagi hiyla-
nayranglar haqida qiziqarli hikoyatlar keltiradi. Ikkinchi pog‘onadagi
Pavlo bilan Franchesko de Rimmin haqidagi rivoyat juda qiziqarlidir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shoir do‘zaxning uchunchi qavatida mechkaylarga duch keladi. Faqat
o‘zining qomini o‘ylaydigan, yeb-ichishdan o‘zini saqlay olmaganlardan
nafratlanadi. Bundaylar uchun qomini to4yg‘azishdan o‘zga buyuk baxt
yo‘q. Kelajak ham, taqdir ham, hayot ham, ezgu niyat ham yeb-ichishdir.
Albatta, bundaylar do‘zaxga munosib.
Shoir to ‘rtinchi pog‘onada xasislarga duch keladi. Bular papa va
uning homiylari. Xalqdan behisob boylik to‘playdiyu, odamlarni xayr-
ehsonga chaqiradilaru, o‘zlari esa hech kimga muruwat ko‘rsatmaydilar.
Odamlarni tejamkorlikka chaqiradilaru, o‘zlari isrofgarchilikka yo‘l
qo‘yishadi.
Do‘zaxning beshinchi pog‘onasida badjahllar turadi. Ulaming ayrim
lari jahl orqasida o‘zlarini tutolmay, og‘ir gunoh - jinoyatga qo‘l urgan
boMsalar, bir to‘da shohlar fuqarolarni qo‘rqitib, ularni yanada qattiq
tobe qilib olish uchun o‘zlarini ataylab jahldor qilib ko‘rsatganlar.
Do‘zaxning yettinchi qavatida shoir o‘z qonlariga belanib yotgan
odamlarni ko‘rib, yanada dahshatga tushadi. Bular zo‘ravonlikni, bos-
qinchilikni, qotillikni o‘zlari uchun amal qilib olgan qonxo‘rlardir.
Ulaming tirikligida ham ko‘zlari qonga to‘lib yurardi. Behisob qotilliklar
orqasidan katta boylik orttirib, rohat-farog‘atda yashagan bo6lsalar-da,
endi do‘zax azobini tortmoqda.
Do‘zaxning sakkizinchi qavatida to‘xtovsiz olov ichida yonib-kuyib
yotgan, azobdagi odamlarga ko‘zi tushadi. Bular yolg‘on gapiruvchilar,
aldov yo‘li bilan kun kechirgan firibgarlar, o‘zining vijdonini sotgan
qalloblar. Nogahon shoirning ko‘zi Papa Nikolay III ga tushib qoladi. U
alanganing qoq o‘rtasida azob chekardi. Shoir o‘tda yonayotganlar ichida
o‘z mansabini suiste’mol qilganlami, ikkiyuzlamachilami, poraxo‘rlami,
jizzakilami ko‘radi. Papa Bonifasiy VIII ham hademay shu dargohga
kelib, o‘t ichida qovurilishini bashorat qiladi.
Do'zaxning 9-qavatidagilar muz ustida azoblanadi. Shoir muz
sovug‘iga chiday olmay bir-birini g‘ajib, ochlikda azob tortayotgan
xoinlar ichidan ikki kishini ko‘rib qoladi. 0 ‘z farzandlariga ham xoinlik
qilishdan toymagan bu ablahlami shoir eng dahshatli qiynoqlarga sazovor
deb o‘ylaydi.
Asarning ikkinchi qismida shoir «A’rof» bo‘ylab sayohatga chiqadi.
Bu yerdagilaming gunohi unchalik og‘ir boMmay, hademay ular gunohla-
ridan xalos bo‘lib jannatga o‘tadilar. Shu mahal Dantening yonginasida
Beatriche paydo bo‘lib, sevimli shoimi Jannatga olib kiradi. Oshiq bilan
Ma’shuqa Jannatda dillariga yaqin oliyjanob insonlami ko‘radi. Bu yerda
Italiyaning Yangi imperatori Genrix VII ga alohida joy ajratilgan.
Shoir o4z vataniga qaytish niyatida imperatomi har qancha ulug‘lama-
sin, uni sharaflab jannatning to‘riga qo‘yishga urinmasin befoyda edi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Uning o ‘z yurtiga kelish orzusi amalga oshmaydi. Uning barcha
iltijolari e’tiborsiz qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |