Fayzulla boynazarov



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/126
Sana01.01.2022
Hajmi8,27 Mb.
#280518
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   126
Bog'liq
Jahon adabiyoti (Fayzulla Boynazarov)

XUSRAV DEHLAVIY
(G
 
‘iyosiddin A bu I has an)
(1253-1325)
Shoirning  asli  Shahrisabz  (Kesh)dan  boMgan 
ota-bobolari  taqdir taqozosi  bilan  Dehliga  borib 
qolgan.  Otasi  shoirtabiat  kishi  boMib,  onasi  hind- 
lardan  edi.  0 ‘zyurtiga qaytishni  orzu  qilib yurgan 
otasi mo‘g‘ullarga qarshi jangda halok boMgach, 8 
yoshli  o‘spirin  Dehlida umrbod qolib  ketadi.
Saroy shoirlariga yaqin  boMgani  uchunmi, das­
tlabki she’rlarini «Sultoniy» taxallusi bilan yozadi. 
Aytishlaricha,  shoirning she’rlari  400000  baytdan 
ziyod  boMgan.  To‘qson  to ‘qqizta  kitob  muallifi 
boMgan, deb ta’riflashadi.
Shoirning  she’riyat  mulki  «Tuffat  us-sig‘ar»  («Yoshlik  tuhfasi»), 
«Visot  ul-hayot»  («Hayot o‘rtasi»),  «Turrat  ul-kamol»  («Kamolotning 
boshlanishi»), «Baqiya un-naqiya» («Saralarning sarasi»),  «Nihoyat  ul- 
kamol»  («Kamolot  cho‘qqisi»)  deb  nomlangan  besh  devonga jam- 
langan.  Bundan  tashqari, yirik dostonlami  o‘z  ichiga olgan  «Kiron  us- 
sa’dayn»  («Ikki  saodatli  sayyoraning qo‘shilishi»),  «Miftah  ul-futuh» 
(«G‘alabalar kaliti»), «Duvolroniy va Xizrxon»,  «Nuh spehr» («To‘qqiz 
qavat  osmon»)  asarlari  majmuasi  ham  mavjuddir.  Nizomiydan  so‘ng 
xamsachilik an’anasini  davom ettirgan Xusrav  Dehlaviy bu  ulkan  ishni 
ham mahorat bilan  nihoyalaydi.  Uning «Xamsa»sidan o‘rin  olgan  besh
www.ziyouz.com kutubxonasi


doston quyidagilardir- «Matla’ul anvor» («Yoritgichlaming chiqishi»), 
«Shirin  va  Xusrav»,  «Majnun  va  Layli»,  «Iskandar ko‘zgusi» («Oyinai 
Iskandariy»),  «Hasht  behisht»  («Sakkiz  jannat»).  Sharq  mumtoz 
adabiyotining  allomalari  Abdurahmon  Jomiy,  Alisher Navoiy  uni  o'z 
ustozi  deb  bilgan  va  har  ikkala  she’riyat  sultoni  ham  «Xamsa»  yara- 
tishda Xusrav Dehlaviy  ijodidan  bahramand  boMgan.
Xusrav Dehlaviyning «Xamsa»siga kirgan «Oyinai Iskandariy» («Is­
kandar ko'zgusi»)  dostoni  nihoyatda  qiziqarli  voqealar asosida  bitil- 
gandir.  Sharq  xalqlari  orasida  Iskandar oynasi,  sehrli  ko'zgu  va  oyna 
nomi  bilan  bog'liq  afsonalar bor.  Ba’zi  bir manbalarda  «usturlob»  deb 
nomlangan.
Xusrav  Dehlaviyning  «Oyinai  Iskandariy»  dostonida  ta’kidlanishi- 
cha,  usturlob Chindan  Rumga keltiriladi.  Biroq  bu  usturlobni  Iskandar 
emas,  Chin  xoqoni  yaratganligi  ravshanlashadi.  Chunki  Iskandar Chin 
xoqonining  ko‘zgusini  ko'rib.  o'zi  ham  usturlob  yaratishga  kirishadi. 
«Oyinai  jahon»  yaratishga  Iskandar  birinchi  emas,  ikkinchi  bo'lib 
kirishgan.  Bu  haqda shoir shunday yozgan:
Yana ko lzgu haqda so ‘z bitgan zamon,
Chindan Rumga kelgan deyishadi hamon.
Asosi Xoqonlar,  Iskandardanmas,
Dedilar shu bilan so ‘zni qilib bas.
Ammo bu da  voda Iskandar podshoh,
Ikkinchisi bo ‘lib tikildi tanho.
Bu  bilan  shoir  Xitoyda  qadimda  ilm-fan  va  madaniyat  ravnaq 
topganligini  ta’kidlamoqda.  Ilm-fanningyuksakligi jihatidan  Xitoy eng 
qadimiy  madaniyat  o'chog'i  boMgan.  Dunyoning  hech  bir burchagida 
yaratilmagan usturlobning Xitoyda ixtiro etilishi  fikrimiz dalilidir.

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish