Fayzulla boynazarov



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/126
Sana01.01.2022
Hajmi8,27 Mb.
#280518
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   126
Bog'liq
Jahon adabiyoti (Fayzulla Boynazarov)

JOVANNI  BOKKACHCHO
(1313-1375)
Italyan  adabiyotining  ulug‘  adibi  Jovanni  Bok- 
kachcho  novella  janrida  sermahsul  ijod  qiladi. 
Parijda  tugMlgan  Jovanni  otasi  vafot  etgach 
Italiyaga  borib,  Florensiya, Neapolda  bilim  oladi. 
Yoshligidan  antik  adabiyot  namunalarini  berilib 
o'qiydi.  Tarixiy  obidalarga,  qadim  zamondan 
qolgan  yodgorliklarga  katta qiziqish  bilan  qaraydi. 
Dastlab  ritsarlik  romanlarini  qayta  ishlaydi.  Obsha 
davrlarda  ritsarlik  romanlarini  o‘qish  odatiy  bir 
tusga kirib qolgan  edi. Ayniqsa,  Vergiliy  ijodi  unga 
katta  ta’sir  ko‘rsatadi.  Xususan,  «Ameto»  (1341) 
asari  Vergiliyning  «Bukolikalar»  («Cho'pon 
she’rlari») asariga juda o‘xshab ketadi.
«Fezolan  parilari»  (1345-1346)  poemasi  «Metamorfoza»  asariga 
ko‘p jihatdan  o‘xshab  ketadi.  Bu  holat  Fransiyada  tugMlgan  Jovanni- 
ning Italiya adabiyoti  va madaniyatini  qanchalik tez o‘zlashtirib olgani- 
dan dalolat beradi.
«Fyametta» (1343) asari psixoligik roman deb baholanib,  Bokkach- 
cho nomiga katta shuhrat keltiradi.
Adib yoshlar hayotiga, sevgi va muhabbat mavzusiga alohida e’tibor 
bilan qaraydi.
«Dekameron» (1352-1354) hikoyalari  to‘plami jahon adabiyotining 
javohirlar sandigMda nodir asar hisoblanadi. Asarda hikoya qilinishicha, 
Florensiyada  dahshatli  oMat  kasali  tarqalib,  bunday  ofatdan  qutulish 
maqsadida 7  qiz va  3  o‘g‘il  o‘rmonga borib kun  kechira boshlaydilar. 
Ular zerikmaslik  uchun  har qaysisi  o‘ntadan  hikoya, jami  o‘n  kunda 
yuzta  hikoya  aytishadi.  Asar  syujeti  Sharq  adabiyotida  nodir  asar 
hisoblangan  «Ming bir kecha»,  G‘arb adabiyotida keng  shuhratga  ega 
boMgan «Metamorfoza»larga juda o‘xshab ketadi.
Jovanni  Bokkachchodan  so‘ng  uning an’analarini  davom  ettirib, 
ko‘plab  adiblar  novellalar  to‘plami  yaratishga  kirishadi.  Margarita 
Novarskaya «Xeptameron» («Etti kunlik voqea») asarini yozadi.
J.  Bokkachcho har bir xaraktemi  ochib berishga harakat qilgan.  Bu 
novellalar to‘plamini  ayrim tadqiqotchilar Uyg‘onish  davri  romani  deb 
baholaydilar. Adib shu birgina romani  bilan jahonga mashhur boMdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


«Dekameron» hikoyalar to'plamimi yoki  romanmi,  haligacha adabi- 
yotshunos  olimlar  munozara yuritadilar.  Asarni  ketma-ket joylashgan 
yuzta  hikoyadangina  iborat  desak.  unda  har  bir  hikoyani  bir-biriga 
bog'laydigan  romandagi  kabi  o'ziga xos  badiiy vositalar mavjud.
«Dekameron»  o'quvchini  ezgulikka  undovchi  asardir.  Unda  ishq- 
muhabbat.  sevgiga sadoqat.  umid va  ishonch  o'z  ifodasini  topgan.
Beshinchi  kunda  aytilgan  hikoyada  berilishcha.  Aristipining  o*g*li 
Galezo  juda  sho'x.  jizzaki.  ko'p  tentakliklar  qilaverib  hammaning 
joniga tekkan.  Kaltak va  haqoratlar  unga  kor qilmaydi.  Unga  Chimone 
(hayvon)  deb  laqab  qo'ysa  ham  parvo  qilmaydi.  Janjal-g'avg'osiz 
turolmaydi.  Ota-ona  ham  o'g'lining  bu  qiliqlaridan  bezor  bo'lib.  uni 
cho'ponlarga qo'shib qo'yadi.
Biroq  yigit  sevib  qolgandan  so'ng,  o'zining  yoqimsiz qiliqlaridan 
voz kechib. jahldorlikdan  tushib,  mutlaqo  o'zga  bir odamga  aylanadi. 
Go'zal  qo'shiqlar  xirgoyi  qilib,  xalq  xaloskoriga  aylanadi.  Bu  asar 
mazmunida  ishq-muhabbat  insonni  qayta  tarbiyalaydi.  uni  yangidan 
dunyoga  keltiradi,  degan  fikr  yotibdi.  Haqiqiy  muhabbat  insonni 
yaxshilikka, ezgulikka yetaklaydi.
Asarning keyingi  hikoyalarida ham bir-biridan  qiziq voqealar beril­
gan.  Boshqa  bir  hikoyada  Masso  degan  kishining  kirdikorlari  fosh 
etiladi.  U  o'zini  taqvodor  Albert  deb  tanishtirib.  kunduz  kunlari 
cherkovda  boMsa,  kechalari  buziqchilik  bilan  shug'ullanadi.  Oxir- 
oqibat  siri  fosh  bo'lib,  sharmisor  boMadi.  Bu  asarida  adib  hamma 
taqvodorlar ham  xudojo‘y va pokiza qalb egasi emasligini  kinoya bilan 
hikoya qiladi.
Deyarli  barcha hikoyalar ruhida istehzo mavjud.  Bu  bilan  yozuvchi 
mavjud  tuzum, jamiyatdagi  yaramas  illatlarni  qattiq  tanqid  qiladi. 
Asarda  mardlik, jasorat,  yaxshilik,  ezgulik  ulug'lanadi,  riyokorlik, 
tuhmat,  nafs  balosi,  insonlar o'rtasidagi  tengsizlik. jaholat.  zo^avonlik 
qoralanadi.

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish