Mamasoli jumaboyev


Darsni  mustahkamlash  uchun  savollar



Download 12,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/120
Sana01.01.2022
Hajmi12,16 Mb.
#280478
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   120
Bog'liq
Bolalar adabiyoti va ifodali o'qish (M.Jumaboyev)

Darsni  mustahkamlash  uchun  savollar:
1. Alla-qo‘shiqlar  kimlar  tomonidan  aytiladi?
2. Alla-qo‘shiqlarda  ezgu  niyat?
3. Bu  janrda  måhnatga,  tabiatga  muhabbat?
4. Alla-qo‘shiqlarda  o‘yin?
www.ziyouz.com kutubxonasi


21
MAQOLLAR
Bolalar  xalq  og‘zaki  ijodida  maqollar  yåtakchi  o‘rinda  tu-
radi.  Xalq  yaratgan  g‘oyat  ixcham,  chuqur  va  tugal  ma’noli
gaplar  maqol  dåb  yuritiladi.  Maqol  xalqning,  bir  nåcha  av-
lodlarning  aql-u  farosati  hamda  turmush  tajribasining  yakuni,
ular  donishmandligining  mahsulidir.  Maqollarda  hayotning
achchiq-chuchugini  tatib  ko‘rgan,  turmushdagi  hodisalarga  aql
ko‘zi  bilan  qaraydigan,  sof  vijdonli,  oliyjanob,  måhnatkash
kishining  biror  voqåa-hodisadan,  biror  kishidan  yoki  biror
ishdan  chiqargan  xulosasi  bayon  qilinadi.  Bu  xulosa  biror
kishi  uchun  (ko‘proq  bolalar  uchun)  yo‘l  ko‘rsatuvchi  bo‘lib
xizmat  qilishi  mumkin.  Maqollar  xalqning  aql-idroki,  ijtimo-
iy-tarixiy  tajribasi,  kurashi  hamda  måhnatining  badiiy  ifodasi
sifatida  yaratilib  kålinmoqda.
Maqollar  chuqur  ma’noni  ifoda  eta  bilishi,  ixcham,  pi-
shiq  va  puxtaligi  bilan  xalq  og‘zaki  ijodining  boshqa  janrlaridan
farq  qiladi.  Ularda  måhnatkash  xalqning  orzu-umidlari,  o‘zaro
munosabatlari,  vatanparvarlik,  insonparvarlik  xislatlari,  o‘y-
fikrlari  o‘ziga  xos  shaklda  aks  etgan  bo‘ladi.  Shu  sababdan  ular
bolalarni  to‘g‘ri,  mantiqiy  fikrlashga,  maqsadni  qisqa,  ixcham
va  lo‘nda  bayon  etishga  o‘rgatadi,  ularning  badiiy  didini  oshi-
radi,  tarixiy  hodisalarning  mohiyatini  yaxshiroq,  chuqurroq
payqab  olishga  yordam  båradi.  Bundan  tashqari,  maqollar  ona
tilining  eng  nozik  badiiy  xususiyatlarini  bilishga  va  so‘z  boyli-
gini  ham  oshirishga  ko‘maklashuvchi  bir  vosita  sifatida  xizmat
qiladi.  Kuzatishlarimizdan  shunday  xulosaga  kåldikki,  dåyarli
barcha  maqollarda,  birinchi  navbatda,  bola  tarbiyasi — odob
yotar  ekan.  E’tibor  båring:
„Avval  salom,  ba’daz  kalom“,  „Avval  o‘yla,  kåyin  so‘y-
la“,  „Bola  aziz — odobi  undan  aziz“,  „Inson  odobi  bilan,  os-
mon  oftobi  bilan“,  „Odob  bozorda  sotilmas“,  „Odobning  bo-
shi  til“,  „Otang  bolasi  bo‘lma,  odam  bolasi  bo‘l“,  „Yaxshi
xulq  kishining  husni“,  „Ustozingga  tik  qarasang,  to‘zasan,
hurmat  qilsang,  asta-såkin  o‘zasan“,  „To‘g‘ri  o‘zar,  egri  to‘-
zar“.  Bunday  iboratomuz  maqollar  ro‘yxatini  yana  davom
ettirish  mumkin.  Bola  to‘g‘riso‘z,  odobli,  aqlli  bo‘lib  kamol
topmog‘i  lozim.  Ana  shunday  bola  bor  ovoz  bilan:
— Ong  ko‘zimiz  ochamiz,
Tong  ko‘zimiz  ochamiz.
www.ziyouz.com kutubxonasi


22
Boqamiz  kång  olamga,
Barchaga  tång  olamga! —
dåydigan  bo‘ladi.  Ularning  harakat,  intilish,  kurashlarida  yu-
qoridagi  maqollarning  o‘rni,  albatta,  katta  bo‘ladi.
Bola  kamolotida,  birinchi  navbatda,  salom-alik  turadi.  Sa-
lom-alikni  o‘rgangan,  uni  kanda  qilmaydigan  har  bir  bola-
ning  ishi  yurishadi,  omadi  chopavåradi.  Axir  xalq:  „Yaxshi
gapga  ilon  inidan  chiqadi“,  dåb  bejiz  aytmagan.  Har  qanday
holatda  ham  salom  og‘irni  yångil  qiladi,  oldindagi  to‘siq  va
g‘oyalarni  zabt  etishda  madadkor  bo‘ladi.  Salom-alikni  dillariga
jo  qilib  olgan  bolalar  håch  qachon  kam  bo‘lmaydilar.
Ko‘plab  ertaklarimizda  uchraydigan  odamzod  dushman-
lari — dåvlar,  jinlar,  yalmog‘iz  kampirlar,  ajdarlar  huzuriga
odamzod  borib  salom  bårganida  ham  ular  „Gar  saloming
bo‘lmaganda  ikki  yamlab  bir  yutardim“,  dåydilar.
Inson  hamisha  biror  qarorga  kålishi,  fikr  bildirishi,  ga-
pirishi  uchun  dilidagi  so‘zini  nåchog‘lik  to‘g‘ri-noto‘g‘ri  ekan-
ligining  mag‘zini  chaqib,  so‘ngra  aytishi  lozim.  Aksincha  bo‘l-
sa,  o‘ylamay-nåtmay,  og‘ziga  kålgan  gapni  aytsa,  do‘stlari,
muallimlari,  odamlar  o‘rtasida  izza  bo‘lib  qolishi  håch  gap
emas:
O‘ylamasdan  so‘zlash  qanday?
Månimcha,  bu  mumkin  emas.
Odam  o‘ylab  so‘zlaydi,
O‘ylamasang  so‘z  unmas.
O‘ylamasdan  so‘zlagan  so‘z
Odamni  qilar  xafa.
Yo‘q,  bugina  emas,  quruq  valdirayvåradigan  bola,  „Qu-
ruq  so‘z  quloqqa  yoqmas“  dåganlaridåk,  o‘zini-o‘zi  hijolat
qiladi,  el  o‘rtasida  uyatga  qoladi:
So‘zi  lop-lop,  havoyi,
So‘zining  yo‘q  mag‘iz-moyi.
Shunday  bola  so‘zin  el
Dågan  puchak,  quruq  yål
Yoqmas  dågan  quloqqa,
Bormas  dågan  uzoqqa.
Måhnatkash  xalq  to‘g‘ri  so‘zlaydiganlarni,  o‘rnida  gapira-
diganlarni  bog‘bonga  va  u  parvarish  qiladigan  daraxtga  ham
qiyoslashadi:
www.ziyouz.com kutubxonasi


23
Egri  shoxni  bog‘bon  ham
Kåsib  tashlar  ko‘rgan  dam.
Shu  sabab  to‘g‘ri  o‘zar,
Egri  esa  ozar,  to‘zar.
Bunday  g‘oya  bir  qator  ertaklarda,  rivoyatlarda  ham  ilgari
surilgan.  Luqmoni  Hakim  bilan  bog‘liq  „Sukunatning  xosi-
yati“  rivoyati  nåcha  asrlardan  båri  kånja  avlod  tarbiyasida  mu-
him  o‘rin  egallab  kåladi:
„Luqmoni  Hakim  kunlardan  bir  kuni  hazrati  Dovudning
oldiga  boribdi.  Dovud,  odatdagidåk,  sovut  zirhli  kiyimlar
tayyorlar,  ya’ni  tåmir-tårsaklar  orasida  ishlab  o‘tirgan  ekan.
Luqmoni  Hakim  dunyoga  kålganidan  buyon  bunday  us-
taxonaga  kirmagan,  bunday  kiyimlarning  tayyorlanishini  ko‘r-
magan  ekan.  Shu  boisdan  bunday  zirhli  kiyimlar  qanday  ki-
yimlar  ekanligini,  uni  kimlar  kiyishini  so‘ramoqchi  bo‘libdi.
Ammo  ustozi:  „Avval  o‘yla,  kåyin  so‘yla“,  „Sabr  qil — sabr-
ning  tagi  oltin“,  dåb  o‘rgatgan  ekan.  Shunga  amal  qilib,  sabr
qilibdi.  Kiyimning  tayyor  bo‘lishini  kutib  turibdi.  Hazrati  Do-
vud  kiyimni  tayyorlab,  kiyib  olibdi-da,  shodlanib,  Luqmoni
Hakimga  shunday  dåbdi:
— Luqmoni  Hakim,  mana,  ko‘rdingizmi,  mån  sovuq  tå-
mirdan  qanday  issiq  kiyim  tayyorladim.  Buni  kiyib,  båmalol
jangga  kirib,  bosqinchi  dushmanning  dodini  bårish  mumkin.
Bu  gapni  eshitgan  Luqmoni  Hakim:  „Sukut  qanday
buyuk  aqllilikdir.  Ustozimning  aytganini  qilib,  sukut  saqladim-
da,  qo‘pol  xatodan  saqlandim“,  dåbdi  ichida“.
Har  bir  bola  ilmli,  uquvli,  kasb-hunarli  bo‘lib  kamol
topishi  lozim.  Agar  inson  bunday  xususiyatlarga  ega  bo‘lsa,
birinchi  navbatda,  o‘zi  hayotda  qiynalmay,  o‘zgalarga  muhtoj
bo‘lmay  umr  kåchiradi.  Ikkinchidan,  bunday  zotlar  o‘z  oila-
sini  ham  qiynalmay  boqadi,  ona-Vataniga  ko‘mak  båradi.
Xalq  bu  haqda  båjizga  mana  bunday  maqollarni  to‘qimagan:
Bilim — kuchda,
Kuch — bilimda.
Davlat  tugar,  bilim  tugamas.
Ilm — aql bulog‘i,
Aql — yashash  chirog‘i.
Ilmlining  so‘zi — o‘q,
Ilmsizning  so‘zi — yo‘q.
www.ziyouz.com kutubxonasi


24
Go‘zallik — ilm-u  ma’rifatda.
Oltin  olma,  bilim  ol,
Bilim  olsang,  bilib  ol.
Hunar  oshatar,  måhnat  yashnatar.
Hunari  borning  oltin  bilagi  bor.
Bolalar  xalq  og‘zaki  ijodining,  ayniqsa,  maqollar  janrida
kichkintoylarni  vatanparvarlik  ruhida  tarbiyalashga  mo‘ljallan-
gan  asarlar  alohida  o‘rinda  turadi.
Bu  mavzudagi  maqollarning  ko‘pchiligi  bola  hali  maktabga
chiqmasidan  oldinoq  ularga  tanishtiriladi.  Ko‘pincha,  bu  davr
bolalariga  Vatanni  såvish,  unga  hurmat  qilish  g‘oyasi  jonivor-
lar,  parranda-yu  darrandalar  misolida  bo‘ladi.
„Vatani  borning — baxti  bor“,  „Tug‘ilgan  yåring — Vata-
ning“,  „Ot  aylanib  qozig‘ini  topar“,  „Vatansiz  inson — kuy-
siz  bulbul“,  „Ko‘lning  otini  balig‘i  chiqarar“,  „Baliq  suv  bi-
lan  tirik,  odam — el  bilan“,  „Bulbulga  bog‘  yaxshi,  kaklikka
tog‘“,  „Har  ko‘katning  o‘z  suygan  tuprog‘i  bor“,  „Har  toy-
cha  o‘zi  suv  ichgan  bulog‘ini  maqtar“,  „Har  gulning  o‘z  isi
bor,  har  elning  o‘z  tusi  bor“,  „Qush  ham  kåtsa  kåladi,  o‘z
elini  såvadi“  kabilar  shular  jumlasiga  kiradi.
Xalq  maqollarida  yaxshilik,  halollik,  to‘g‘rilik  va  rostgo‘ylik
ulug‘lanib,  yomonlik,  yolg‘onchilik,  qalloblik  qoralanadi.
Yuqoridagi  sharhlardan  ko‘rinadiki,  xalq  maqollarini  qo‘l-
lab,  yåtti  o‘lchab  bir  kåsib  yashagan  inson  håch  qachon
kam  bo‘lmaydi.  Shu  tariqa  maqol  janri  takomillashib,  bolalar-
ning  ong-tushunchalarini  rivojlantirishga  xizmat  qilmoqda.

Download 12,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish