ALLA-QO‘SHIQLAR
Alladir hayotda såvimli qo‘shiq,
Onalar kuylaydi yurakdan jo‘shib.
Bolasin umriga umrlar tilar,
Allaga dildagi niyatin qo‘shib.
Bu qanday sinoat, mån bilolmadim,
Ta’rifiga so‘zlar topa olmadim
Allalar eshitib, o‘sib-ulg‘aydim,
Dard chåksam, allani tinglab sog‘aydim!
Bu hammaning gapi, hammaning dil so‘zi, hammaning
allaga, onaga iqrornomasi, ta’zimi. Yoshi ulug‘mi, kichikmi,
alla eshitgan, alla og‘ushida, ta’sirida o‘sgan, ulg‘aygan, esini
tanigan, kamol topgan, inson bo‘lgan.
Alla xalq og‘zaki ijodining eng oliy namunasi hisoblanadi.
Allada onaning o‘yi, xayoli, ezgu niyati, porloq kålajak uchun
intilishi, kurashi o‘z ifodasini topgan bo‘ladi. Alla millat tan-
lamaydi, uning matnini tushunmasa-da, ohangi-kuyini eshit-
gan har bir inson bosh chayqaydi, båshik kabi ohista tåbra-
nadi, orom oladi, o‘zini-o‘zi taniydi, xayoli bolaligiga kåtadi,
hayotda yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarini tuzatib olishga
intiladi. E’tibor båring:
Tol båshikni tåbratib,
Ona aytar qo‘shig‘in.
www.ziyouz.com kutubxonasi
15
Qo‘shiq bilan tåbratar
Dunyoning tol båshigin.
Bu båshikda ulg‘ayar
Nåcha ming, millionlar.
Ona måhri ziyosi
Yuraklarga yo‘l olar.
Bu båshikda tinglashar
Mayin-mayin allalar.
Uchib o‘tgan yål bilan
Olam bo‘ylab taralar.
Tol båshikni tåbratib,
Ona aytar qo‘shig‘in.
Qo‘shiq bilan tåbratar
Dunyoning tol båshigin.
Alla qadimiy xalq qo‘shig‘i. Alla va båshik hamohang yuradi.
Bu haqda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino: „Bolaning mijozini
kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo‘llamoq kårak. Biri
bolani såkin-såkin tåbratish, ikkinchisi, uni uxlatish uchun
odat bo‘lib qolgan musiqa va allalashdir. Shu ikkisini qabul
qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan badan tarbiyasiga
va ruhi bilan musiqaga bo‘lgan istå’dodi hosil qilinadi“, dåb
alla va båshikning norasida kamolotida muhim ahamiyat kasb
etishini ta’kidlagan. Buni dildan his qilgan ona chaqalog‘ini
o‘zi suyib, e’zozlab, har narsadan yuqori qo‘yib, alla aytadi:
Sån bog‘imning bahori,
Sån umrimning nahori,
Sån qalbimning ohori,
Onajoni shunqori, alla-yo, alla.
Odatda, onaning orzu-armonlari bir talay bo‘ladi. Dilidagi
ezgu niyatlarini allaga qo‘shib jo‘shib kuylaydi. Bola, birinchi
navbatda, sog‘lom fikrli el-yurt o‘g‘loni bo‘lib kamol topishi
kårak. Mana bu allada shu g‘oya yaqqol ko‘zga tashlanib turadi:
Onasining erkasi,
Uxlab qolsin, alla-yo.
Bo‘lsin inson sarasi,
Obro‘ olsin, alla-yo, alla.
Inson birdaniga yuqori martabali, o‘qimishli, oq-qorani
ajrata oladigan bo‘lmaydi. Buning uchun qunt bilan o‘qish,
o‘rganish kårak. Mana bu alla ham juda jozibali chiqqan:
www.ziyouz.com kutubxonasi
16
Ko‘chalarda o‘ynab yursin,
Maktablarda o‘qib yursin,
Mulla-yu mudarris bo‘lsin,
Martabasi ulug‘ bo‘lsin.
Chaqaloq olamga kålishi bilan dastlab ota-onani taniydi.
So‘ng oila a’zolari, jonivorlar, parranda-yu darrandalar bilan
oshno bo‘ladi. Tabiat insonga xizmat qiladi. Inson uni ehtiyot
qilishi, parvarishlashi, o‘stirishi, ko‘paytirishi lozim. Shu ma’-
noda inson ruhiga o‘z kuyi, qo‘shig‘i bilan quvonch bag‘ish-
laydigan qush-bulbulni ham ehtiyot qilishi zarurligi bir qator
allalarning asosini tashkil etadi:
Bulbul sayrar yozina, alla-yo, alla,
Qulluq qush ovozina, alla-yo, alla.
Bårmang bulbula ozor, alla-yo, alla,
Bulbul båozor qushdir, alla-yo, alla.
Qadimda och-yupun hayot kåchirgan måhnatkash xalq
o‘z farzandini kålajakda mard-pahlavon, botir bo‘lib kamol
topib, yurt himoyachisiga aylanishiga umid bog‘lagan. Shu bois
ham alla-qo‘shiqlarida farzandlarini yo‘lbars yurakli, qoplon
bilakli bo‘lib kamol topishlari uchun allalar to‘qib, farzandi
ongiga, shuuriga quyib tarbiya qilganlar:
Yo‘lbarslarday yuraklim, alla,
Qoplonlarday bilaklim, alla.
Yaxshi-yomon kunimda, alla,
Många juda kåraklim alla.
Ona allasida bolasining ertasi, kålajagi porloq ekanligiga
qattiq ishonch o‘z ifodasini topganligini ko‘ramiz. Quyidagi
alla ana shulardan biri sifatida kitobxonda katta taassurot qol-
diradi:
Alla, bolam-åy,
Alla, erkatoy,
Guli lolam-åy.
Og‘zing to‘la moy,
Tåzroq katta bo‘l,
Baxting munavvar,
Mushtoq olam-åy.
Sharofatga boy,
Alla, alla-yåy,
Alla, alla-yåy.
Yorqin kålajak,
Alla, erkatoy,
Såni kutajak.
Mushtoq sånga toy,
Toza qalbingga
Uxlasang, qalbing
Såvinch to‘lajak.
Ochadi chiroy,
Alla, alla-yåy.
Alla, alla-yåy.
www.ziyouz.com kutubxonasi
17
Ovuntirish-allani hamma aytadi — onalar, buvilar, bobo-
lar. Alla asta-såkin ommaviy qo‘shiqqa aylanadi. Qo‘shiqlar
uzoq yillar davom etadi. Aytaylik, chaqaloqni birinchi bor
båshikka solayotganda aytiladigan qo‘shiqlar. Aslida båshik bir
yog‘och-taxta. Paxta, par va matolar bilan burkanganda u
yumshoq, har qanday murg‘akka huzurbaxsh joy bo‘lishi har
bir båshik qo‘shig‘ida chiroyli ifodaga ega:
Båshigi taxta,
Orqasi paxta.
Egasi kåldi,
Kuchugi qoch.
Ichida yotganni
Bahrini och.
Chaqaloq båshikda maza qilib uxlab, orom olib bo‘lgach,
norasidani båshikdan olayotganda aytiladigan qo‘shiq ham
nihoyatda muxtasar aytilgan. Alloh båshikdagi chaqaloqqa xo-
tirjamlikni ato etganligini, shu sababli håch qanday sharpa-
dushman uning uyqusini buza olmasligini quyidagi to‘rtlikdan
bilib olish qiyin emas:
Taqa-tuqi gavora bo‘lsin,
Dushmani ovora bo‘lsin.
Uyqusi båshikda qolsin,
Dushmani eshikda qolsin.
Xalqda chaqaloq uchun xavfli kunlar ham borligi alohida
qo‘shiqlarda ta’kidlanadi. To‘qqiz kunlik bo‘ldimi, tamom, u
yashab qolishi, endilikda xavf-xatardan butunlay xoli bo‘lib
olganligi, do‘st ustiga do‘st orttirib, shu xonadonning haqiqiy
a’zosiga aylanib qolganligi mana bu qo‘shiqda to‘la-to‘kis ifoda
etilgan:
To‘qqizdan o‘tdi bu bacha,
Endilikda o‘lmas bu bacha.
Bog‘larning g‘o‘rasi bu bacha,
Bolalar jo‘rasi bu bacha.
Shu uyning to‘risi bu bacha,
Shams-u qamar-u sitora
Hamrohi shu bacha.
Xalq hayotda håch qachon shoshilmaydi, shoshqaloqlikka
yo‘l ham qo‘ymaydi. Hamma narsa o‘z o‘rnida, o‘z yo‘lida bir
2 — Bolalar adabiyoti va ifodali o‘qish
www.ziyouz.com kutubxonasi
18
må’yorda davom etishini orzu qiladi. Bu gapning tasdig‘ini
o‘sha yangi olamga kålgan chaqaloq, u bilan bog‘liq bo‘lgan
rasm-rusum misolida bilib olish mumkin. Mana bolaning tishi
ko‘rindi. Bu voqåa ota-ona uchun ham, shu oila a’zolari-yu
butun qavm-qarindoshlar uchun ham katta voqåa. Någaki,
endilikda bola o‘zi mustaqil ovqat yåydi, hayot uchun, ya-
shash uchun kurashadi:
Bahor kåldi, qish chiqdi,
Chaqaloqqa tish chiqdi.
Kichkintoy dåb o‘ylamang,
Unga ham yumish chiqdi.
Ovqatini chaynashga
Har kuni bir ish chiqdi.
Bolaning o‘tirishi ham hammaga katta quvonch bag‘ish-
laydi. Bu haqda xalqning to‘qigan mana bunday hazilomuz
qo‘shig‘i hamon xonama-xona, oilama-oila ko‘chib yuradi:
O‘tirsin-o o‘tirsin,
Boshini guldan to‘ldirsin.
Shuginani ko‘rgan qizlar,
O‘zini osib o‘ldirsin!
Xuddi shuningdåk, bola tåtapoya qilib birinchi bor qadam
qo‘yganda aytiladigan qo‘shiq ham juda jozibali:
Adoq-adoq yurisin,
Tikon shunga kirmasin.
Ko‘zi qattiq bandalar
Ko‘zi shunga kirmasin.
Kiyim-lattaning umri qisqa, dåyishadi kåksalar. Bu gap
xalq qo‘shiqlarida ham o‘z ifodasini topgan. Bolaga yangi kiyim
kiydirilayotgan paytda aytiladigan qo‘shiqlarda xalq gapning
lo‘ndasini aytib qo‘ya qolgan:
Tåpa-tåpa to‘zdirmay,
Mingan otim o‘zdirmay.
Sån — bir yillik,
Mån — ming yillik.
Yoqasi moyli bo‘lsin,
Etagi loyli bo‘lsin,
Mayli, bir yilda to‘zsin,
O‘zi-chi, ming yil kulsin!
www.ziyouz.com kutubxonasi
19
Xalq qo‘shiqlarida rasm-rusumlar rang-barang. Hammasi
o‘rinli, hammasi zarur. Masalan, qizaloqning sochini ilk bor
yuvib-taraganda sochning uzunligi, qalinligi, ko‘rsa-ko‘rgu-
dekligi, katta-kichikning havasini kåltiradigan darajada ko‘r-
kamligi obdan maqtaladi. Ayrim qo‘shiqlarda sochning ta’rifi
oy-u quyosh bilan bog‘lab kuylanadi. Baquvvat sochning
uzunligi cho‘zsa oy va quyoshga ham yåtib borishi quvnoq
misralarda ifodalanadi:
Oyda — quloch,
Kunda — tutam.
Sånga — kuyov,
Många — palov.
Shu zaylda båshik qo‘shiqlari kånja avlod kamolotida o‘ziga
xos tarbiya rolini o‘taydi. Kichkintoylar ota-onalaridan, bobo-
momolaridan chiroyli, ta’sirli alla, qo‘shiqlar tinglab tillari
biyron, o‘ktam, ziyrak bo‘lib ulg‘ayar ekanlar endilikda o‘z-
lari ham hayot yo‘llarida qo‘shiq to‘qib, qo‘shiq qanotida
o‘sib-ulg‘ayishga harakat qiladilar. Bunday qo‘shiqlarning oliy
namunasi „Chittigul“ turkumiga kiradigan qo‘shiqlar bo‘lishi
mumkin. „Chittigul“da mavzu nihoyatda rang-barang va juda
jozibali. Chunonchi:
Oq sholiga ko‘k sholi,
Oq sholini oqlaylik,
Ko‘k sholini ko‘klaylik,
Yaxshi kunga saqlaylik,
Ha-yu, chittigul,
Ha-yu, chittigul,
singari misralarga nazar soladigan bo‘lsak, bu qo‘shiqda,
asosan, g‘alla-sholi to‘g‘risida gap kåtadi. Sholining turi,
rangini eslatish orqali sholi hosili juda mo‘l bo‘lganligini; bu
mo‘l-ko‘l sholini pala-partish qilib yåb-tamomlamasdan, balki
uni ehtiyotlab, tåjamkorlik bilan ishlatish darkorligi bolalar
tilidan chiroyli tasvirlangan. Bugungi kunda tåjamkorlik, iq-
tisod haqida bolalarga ko‘p gapiramiz. Yuqoridagi qo‘shiqdan
ayon bo‘lishicha, ota-bobolarimiz azaldan har bir narsani
tåjab-tårgab ishlatishni o‘z farzandlariga qattiq o‘rgatib kålish-
gan. Endi mana bu misralarga razm soling:
Jo‘xorilar bo‘ldi oq,
Qo‘nma, shum qorayaloq!
www.ziyouz.com kutubxonasi
20
Agar qo‘nsang, urayin,
Bo‘lar oyog‘ing cho‘loq.
Haq, huvv!
Ko‘rinib turibdiki, kattalarning måhnati bilan jo‘xori ekil-
gan va bugungi kunda u hosilga kirgan. Agar jo‘xori qo‘riq-
lanmaydigan bo‘lsa, qush-qumursqalar yåb, ekinni barbod
qiladi. Bu ish kånja avlod — bolaga topshirilgan. Bolaning g‘ay-
rat-shijoati, ekinni saqlab qolish uchun urinishi, o‘ylaymiz-
ki, bugungi bolalarga ham namuna bo‘ladi. „Agar qo‘nsang,
urayin, Bo‘lar oyog‘ing cho‘loq“ dåyishi qaysi bolani katta-
larning måhnatiga ko‘maklashishga da’vat etmaydi dåysiz!
Bolalarning aytishuv —
„
Oq tårakmi, ko‘k tårak“ qo‘-
shiqlari ham hamma zamonlarda katta shuhrat qozonib kålgan.
Bu qo‘shiqda, ko‘pincha, o‘ziga xos obro‘-e’tiborga muyassar
bo‘lgan bolalar tilga olinadi. Ularning ibratomuz jihatlari bo-
lalar o‘rtasida ta’kidlanishi qo‘shiqning yanada jozibali chiqi-
shini ta’minlaydi. Ayniqsa, bu aytishuv qo‘shig‘i bugungi
kun, bugungi bolalar to‘g‘risida bo‘lsa, yanada ajoyib bo‘lishi-
ni quyidagi parchadan bilish mumkin:
Oq tårakmi, ko‘k tårak,
Ko‘m-ko‘k, ko‘m-ko‘k, ko‘k tårak,
Bizdan sizga kim kårak?
Bizdan sizga kim kårak?
Erkin qo‘zichoq kårak!
O‘zi a’lo o‘qiydi,
Ola-bula kapalak,
Tartibli ham odobli.
Orqa sochim jamalak.
Hammani såvar,
Oq tårakmi, ko‘k tårak,
Tikishda chåvar,
Bizdan sizga kim kårak?
Barchadan chaqqon,
Xayri qizaloq kårak,
Hammaga yoqqan
Oppoq-oppoq oq kurak.
Go‘zal Ozoda kårak!
Bu kabi aytishuv qo‘shiqlari bolalarni måhnatkash, odob-
axloqli, o‘qimishli bo‘lib kamol topishga da’vat etavåradi. Bun-
day qo‘shiqlar qanotida o‘sgan har bir bola sog‘lom fikrli,
elsåvar bo‘lishiga håch shubha yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |