Mamasoli jumaboyev


Darsni  mustahkamlash  uchun  savollar



Download 12,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/120
Sana01.01.2022
Hajmi12,16 Mb.
#280478
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
Bog'liq
Bolalar adabiyoti va ifodali o'qish (M.Jumaboyev)

Darsni  mustahkamlash  uchun  savollar:
1. Maktabgacha  ta’lim  yoshidagi  bolalarning  o‘ziga  xos  xu-
susiyatlari?
2. Bu  davr  bolalar  kitobxonligi  kimlar  tomonidan  amalga
oshiriladi?
3. Bu  davr  bolalari  tinglaydigan  asarlar?
4. Bu  davr  bolalariga  tavsiya  etiladigan  asarlarning  hajmi,  ma’-
no  va  mazmuni?
Kichik  maktab  yoshidagi  bolalar  kitobxonligi
Bolalar  kitobxonligi,  ayniqsa,  kichik  maktab  yoshidagi
bolalarning  o‘qish-u  xulq-odoblariga  ko‘proq  e’tibor  bårish,
ularning  ta’lim-tarbiyasi  bilan  muttasil  shug‘ullanish  asosiy
masalalardan  hisoblanadi.
Bu  masala  Yurtboshimizning  „Yuksak  ma’naviyat — yen-
gilmas  kuch“  kitobida  ham  ta’kidlanadi.  Ha,  bu  yoshdagi
bolalarda  moddiy  va  ma’naviy  hayot  uyg‘unligi  o‘z-o‘zidan
bo‘lmaydi.  Balki  kichkintoylarni  bu  ruhda  tarbiyalashda  ota-
onalar,  maktab  o‘qituvchilari,  mahalla  ahillik  bilan  ish  olib
borsa,  o‘qish,  tarbiya  to‘g‘ri  izga  qo‘yilsa,  ko‘zlangan  maqsad-
ga  albatta  erishiladi.
Bir  donishmand  safarda  yurgan  paytida  o‘g‘liga  mana
shunday  nasihat  qilib  maktub  yo‘llabdi:
„Såvikli  o‘g‘lim!  Vijdoning  lavhasini  insof,  adolat  gavhari
bilan  båzat,  chunki  insof,  adolat  insoniyat  olamining  porloq
quyoshidir.  Bu  quyoshdan  fayz  olgan  odamlar  baxtiyordirlar.
Bålimning  quvvati  o‘g‘lim!
www.ziyouz.com kutubxonasi


11
Qalbing  oynasini  yoshlik  g‘ururi  bilan,  xoinlik,  g‘arazlik
kabi  båhuda,  båma’niliklar  chang-g‘ubori  bilan  xira  qilma.
Agar  shunday  bå’maniliklarni  qilsang,  insoniy  vazifangni
suiistå’mol  qilgan  bo‘lasan.
Ko‘zimning  nuri!
Davlat  va  xalq  qoshida  izzatli  va  obro‘li  bo‘lishni  istasang,
jamiyat  tomonidan  sånga  bårilgan  vazifani  chin  ixlos  bilan
bajar,  vazifashunos  bo‘l.  Vazifasini  tanimagan,  ado  qilmagan
odamlar  sharmanda,  sharmisor  va  nafratga  sazovordirlar.
Ko‘zimning  qorachig‘i.
Sånga  jonidan  ham  ortiq  muhabbati  bo‘lgan  otangning
rizosi  va  qalbining  xush  bo‘lishi  såning  zulm,  jabr  va  ado-
latsizlikdan  saqlanishing  bilan  xolis  bo‘ladi.  O‘g‘lim,  jabr,
zulm,  adolatsizlik  yashinga  o‘xshash  bo‘lib,  tushgan  joylarni
yangidan  ta’mir  qilish  mumkin  bo‘lmagan  darajada  yoqib,
yondirib,  parishon  qiladilar.  Såning  asl  zotingda  bo‘lgan  pok-
lik,  oliyjanoblik  o‘tkir  zaharli  yaramas  hislarga  yo‘l  qo‘ymay-
di,  dåb  ishonaman.  Doimo  adolatli,  muloyim,  tavozåli,  shaf-
qatli  bo‘l.
Hayotim  sarmoyasi!
Shu  kunlarda  o‘z  tångdoshlaring  bilan  urishib,  ba’zi  vaqt-
da  hatto  yoqalashganingni  eshitib,  ko‘nglim  parishon  bo‘ldi.
Jon  o‘g‘lim,  qahr-u  g‘azabli  bo‘lma,  muloyim,  shafqatli  va
marhamatli  bo‘l.  Go‘zal  xislatlaring  bilangina  hammani  o‘zingga
rom  qilasan.  Sånga  ozor  bårganlarni  xushmuomalang  bilan
uyaltir.
Sånga  uzoq  umr,  baxt-saodat  tilab,  so‘zimni  tamom  qila-
man,  aziz  o‘g‘lim“.
Azaldan  ma’lumki,  chin,  mukammal  tarbiyali  inson
boshqalarga  håch  bir  ozor  yetkazmaydi,  takabburlik  qilmay-
di,  håch  kimga  haqorat  ko‘zi  bilan  qaramaydi,  yolg‘on  so‘z-
lamaydi,  rostgo‘y  bo‘ladi.  O‘zidan  kattalarga  hurmatli,  kichik-
larga  shafqatli  va  marhamatli,  kular  yuzli,  shirin  so‘zli  va
xushmuomala  bo‘ladi.  Va’dasiga  vafo  qiladi,  omonatga  xiyonat
qilmaydi,  ig‘vo,  g‘iybat,  munofiqlikdan  o‘zini  saqlaydi.
Bu  yårda  shu  narsani  ham  alohida  ta’kidlab  o‘tish  lozim-
ki,  bu  yoshdagi  bolalar  kitobxonligi  avvalgisidan  biroz  farq
qiladi.  Bu  farq  bolalarning  yoshi  va  bilim  saviyasi  bilan  bog‘liq.
Maktabgacha  ta’lim  yoshidagi  bolalar,  asosan,  tarbiyachilari,
ota-onalari  yordamida  badiiy  asarlar  bilan  tanishsalar,  bosh-
www.ziyouz.com kutubxonasi


12
lang‘ich  sinf  o‘quvchilari  bu  ishni  mustaqil  bajaradilar.  Mus-
taqillik  ularga  ishonch  va  zavq-shavq  bag‘ishlaydi.
Bu  yoshdagi  bolalarni  tåvarak-atrofdagi  turli  voqåa-ho-
disalar  nihoyatda  qiziqtiradi.  Ularning  bizni  qurshagan  olam
haqidagi  savollariga  badiiy  asarlarda  mufassal  javob  bårilgan.
11 — 12  yoshdagi  bolalar  såhrli,  fantastik  ertak,  sargu-
zasht,  hikoya,  qissa  va  dostonlarni  såvib  o‘qiydilar.  Olloyor-
ning  „Fazogir  chumoli“  (ertak-qissa),  Anvar  Obidjonning
„Dahshatli  Måshpolvon“  (ertak-qissa),  Quddus  Muhamma-
diyning  „Erkinjon  oyga  chiqibdi“  (doston),  Yusuf  Shoman-
surning  „Oydan  kålgan  bolalar“  (doston)  kabi  asarlari  shu
yoshdagi  bolalarga  mo‘ljallab  yozilgan.
Bu  yoshdagi  bolalar  o‘zlari  mustaqil  ravishda  kitob  o‘qib
qolmay,  balki  o‘qigan  kitoblaridagi  qahramonlarning  xatti-ha-
rakatlarini  baholashga  o‘rganadilar,  zarur  bo‘lsa,  ular  ko‘r-
satgan  mardlik  va  jasoratlarni  takrorlashga  hozirlanadilar.

Download 12,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish