Darsni mustahkamlash uchun savollar:
1. Topishmoq qanday janr?
2. Topishmoqning ba’zi fanlar bilan yaqinligi?
3. Topishmoqlarning aqllarni charxlashda tutgan o‘rni?
4. Topishmoq va yozma adabiyot?
www.ziyouz.com kutubxonasi
31
TÅZ AYTISHLAR
Insoniyat odobining va odamiylik asosining ulug‘ qasri
ustunlaridan biri — so‘zlash va nutqning qimmatbaho gavha-
rini muloyimlik va odob parmasi bilan teshmoq hisoblanadi.
Insoniyat kamoloti va bilimining baland martabalaridan biri
chiroyli gapirish va chiroyli so‘zlash bo‘lib, bu bog‘ning guli
ilk bahoristonning nasimi bilan ochiladi. Yunon hakimlarining
aytishlaricha, til har bir aql sohibi fazilati xazinasining kali-
tidir va har kimsaning bilimi miqdori uning so‘zlari orqali
ma’lum bo‘ladi. Inson yuragidagi fikrini, yutuq va quvon-
chini, dard va alamlarini o‘zgalar bilan dardlashishi, baham
ko‘rishi lozim. Chiroyli, burro, dona-dona qilib gapirish ham
bir mahorat, san’at hisoblanadi.
Xalqda chaqaloq olamga kelishi va unga parvarish ishlari
boshlanishi bilanoq ota-ona, buvi-bobolar, birinchi navbatda,
uning ko‘zi, tiliga ko‘proq e’tibor beradilar. Ko‘zlarining nu-
rafshon, tilining burro bo‘lishi uchun bor kuch, mahoratla-
rini ayamaydilar. Inson gapirmasa, soqov bo‘lsa, bu juda
og‘ir, mushkul savdo hisoblangan. Shunga ko‘ra qadim-qadim
zamonlarda bolaga alla-qo‘shiq aytishda onalar bu haqidagi
ezgu niyatlarini quyidagi kabi misralarda ifoda etishgan:
Uyingga bug‘doy to‘lsin,
Òiling ham burro bo‘lsin,
Alla, bolam, alla-yo,
Jonim bolam, alla-yo.
Ko‘rar ko‘zim, alla-yo,
So‘zlar so‘zim, alla-yo!
Xalq og‘zaki ijodining eng ko‘p tarqalgan va muhim janr-
laridan biri tez aytish bolaning tilini ravon, burro qilishidan
tashqari, aqliga aql qo‘shadi, ongini rivojlantiradi, xotirasini
mustahkamlaydi, ota-onasiga, el-yurtiga, o‘zini qurshab ol-
gan olamga nisbatan mehr-muhabbatini oshiradi. Boshqacha
ibora bilan aytganda, yangi avlod har gal o‘zidan avvalgi av-
lodlar kashf etgan narsalarni hisobga oladi, o‘zlashtiradi. Bu
yo‘l, shubhasiz, boshqalariga qaraganda oqilona, foydali, por-
loq kelajak yo‘lidir.
Òez aytishni qayta-qayta mashq qilish, berilgan matnni
osongina dilga, tilga jo qilib olish har tomonlama foydalidir.
So‘z o‘yini bilan ijro etiladigan har bir tez aytish zamirida
www.ziyouz.com kutubxonasi
32
bir nechta vazifalar yotadi. Shulardan birinchisi qayta-qayta
mashq qilish, tinimsiz takrorlash natijasida bolaning nutqi
o‘sadi, tili ravon bo‘ladi. Bularning hammasi yig‘ilib kelib
bola tarbiyasiga bog‘lanadi. Bola olamga kelishi bilanoq uni
kelajakda komil inson bo‘lib o‘sishi uchun mana shunday
chora-tadbirlarni qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Bu ish kechiktiril-
sa, ko‘zlangan natija chiqmay qolishi mumkin. Quyidagi tåz
aytish shu asosda yuzaga kålgan:
Novvoy non yopar,
Nonni novvot dåb sotar.
Asal — eng shifobaxsh, hamma birdek suyib iste’mol qila-
digan taomlardan biri. Ko‘pchilik bolalar asal qanday qilib
paydo bo‘lishini bilmaydilar. Unga bag‘ishlangan quyidagi tez
aytishda asal bunyodkori — asalarini boqish, parvarish qilish
tufayli bu mahsulot paydo bo‘lishi haqida gap ketadi:
Mamadali, Asadali, Asqarali
Boqishadi asalari,
Òo‘plagani asal bari.
Kichkintoylar uy jonivorlarini, ayniqsa, mushuk, kuchuk,
buzoq, uloq, qo‘zichoqlarni xush ko‘rishadi. Bular haqidagi
tez aytishlarni jon-dillari bilan tinglashadi hamda o‘zlari ham
takror-takror aytishadi. Quyidagi kabi tez aytishlar ularning
qalblarida bir umrga muhrlanib qoladi:
Yosh mushuk,
Mosh mushuk.
Mosh mushuk,
Bosh mushuk.
Mehnatkash xalq o‘z ijodida hech narsaga befarq qara-
magan. Hatto insonning kiyim-kechagi, boringki, dastro‘mol-u
sochiqlar to‘g‘risida ham munosabat bildirgan. Qarang, „So-
diq sochini sochiqqa artdi“. Bu tez aytishga asos bo‘lgan
narsa, birinchi navbatda, inson yuvinib-taranib, pokiza bo‘-
lib yurishi lozim. Ikkinchidan, o‘zi tutadigan buyum ham
risoladagidek bo‘lmog‘i kerakligi tez aytishda ko‘zga tashlanib
turibdi.
Odamzod ota-ona, buvi-bobolar yordami, ularning aytib
beradigan alla-qo‘shiq, maqol, masal, topishmoq, ertaklari
bilan kamol topadi, o‘sadi, ulg‘ayadi. Odob, o‘qish, kasb-
www.ziyouz.com kutubxonasi
33
hunarni egallash ham shu zaylda kamolot cho‘qqisiga ko‘-
tariladi. Inson qanchalik og‘ir-bosiq bo‘lsa, u hamisha ezgulik
sari intilsa, kurashsa, kam gapirib ko‘p o‘qisa, o‘rgansa, o‘z
sohasining yetuk kishisi bo‘lsa, u baxtiyordir. Ana o‘shanda
xalq to‘qigan quyidagi tez aytish ham zoye ketmagan bo‘ladi:
Ko‘p so‘zning ozi yaxshi,
Oz so‘zning o‘zi yaxshi.
O‘zbekistonning yer osti va usti boyliklari juda ko‘p. Biz
bu bilan har qancha faxrlansak, g‘ururlansak arziydi. Marmar
toshimizning sifati, chidamliligi, ko‘rkamligi jahonga mashhur.
Shu mavzuga bag‘ishlangan tez aytish bolalarda ona-Vatanimiz
boyligiga faxr hislarini yanada jo‘sh urdirib yuboradi:
G‘ozg‘onning marmari jahonga mashhur,
Bizning g‘ozg‘onchilar shuning uchun mag‘rur.
Do'stlaringiz bilan baham: |