55
tushuntirib beradilar, nutqda «chunki» boђlovchisi bilan birgalikda orttirma gaplardan
foydalanadilar. «Nima nima uchun» o’yinida esa orttirma gapni «uchun» boђlovchisi bilan birga
ko’llagan holda kaychi, mo’ykalam, koshik nima uchun kerakligini tushuntirib beradilar.
Bola tildan foydalangan holda uning xususiyatlarini o’rganadi, so’zlar va grammatik
shakllar orkali u bilan sinovlar o’tkazadi. Bolalar aks ma’noli so’zlarning (antonimlar: katta-
kichik, kuchli-zaif) o’zaro bog’liqligini, ma’no jihatidan bir-biriga yakin so’zlarni (sinonimlar:
kuchuk, kuchukcha, olapar), so’z yasovchi juftlikdagi so’zlarni o’zlashtiradilar. Ko’p ma’noli
nomlar bilan tanishadilar (kizchaning ko’li, ko’ђirchokning ko’li, o’quvchining ko’li,
dazmolning ushlagichi, kutining ushlagichi, kastryulning kuloђi, bolaning oyoђi, stulning oyoђi,
gulning oyoђi, kushning oyoђi).
Maktabgacha davrdagi kichik yoshli bola uchun kattalar bilan muloqot hamon tilni,
nutqning shakl va vazifalarini rivojlantirishning asosiy manbasi sifatida chikadi. Bolaning
to’lakonli rivojlanishi uchun uning o’z tengdoshlari bilan birgalikda o’ynashi ham muhim
ahamiyatga ega. Bir-biriga yakin joyda o’ynar ekan bolalar o’yinda tengdoshining ham ishtirok
etayotganidan va uning e’tiborini jalb kilganidan kuvonadilar, o’zlarining o’yinlarini
sharhlaydilar. Natijada
birgalikdagi ko’ngilochar o’yinlar hosil bo’ladi, unda bolalar rollarni,
o’rin bosuvchi narsalarni (bu tayok ot bo’ladi, mana bu uchburchak esa telefon bo’ladi), o’yin
harakatlarini so’z bilan ifodalaydilar, birgalikda harakat qilish, syujetni rivojlantirish haqida
kelishib oladilar, unchalik murakkab bo’lmagan suhbatni olib boradilar.
Mustaqil o’yinlarda bolalarning kommunikativ ijodkorligi rivojlanadi. Bolalarning
kattalar bilan birgalikda uyushtirilgan o’yinlari – xalq o’yinlari, syujetli-didaktik,
teatrlashtirilgan, didaktik o’yinlar muhim vazifani bajaradi.
Uyushtirilgan o’yinlar keng umumrivojlantiruvchi mazmunga va tor didaktik mazmunga
(fonetik, leksik, grammatik) ega bo’lishi mumkin. Keng umumrivojlantiruvchi o’yinlar bir
vaktning o’zida nutqka yalpi ta’sir ko’rsatadi: bolalarni nutqiy hamjihatlikka (dialogga)
kirishishga undaydi, suhbatdoshga, uning tashki ko’rinishiga, ovoziga, u tasvirlayotgan
personajga e’tiborni jalb kiladi, nutqning tovush jihatiga (tovushga taklid qilishga) va uning
leksik tarkibiga (obrazli-ifodali so’zlar) yo’naltiradi, syujetni rivojlantirish, so’zni va ifodali
harakatni takkoslashni o’rgatadi. Xalq o’yinlari, syujetli-didaktik o’yinlar, ertaklar
va adabiy
asarlar bo’yicha turli xil o’yinlar (o’yin-sahnalashtirish).
So’zli didaktik o’yinlar nutqiy rivojlanish vazifalarni yanada tabakalashtirilgan holda hal
etishga, ya’ni: fe’llarni, sifatlarni, umumlashtiruvchi nomlarni («Uchadi-uchmaydi», «Mazasini
ta’tib ko’r», «Esa bo’ladi-esa bo’lmaydi») faollashtirishga, so’z yasash usullarini
shakllantirishga («Tavsifiga karab top», «CHoy ichish»), u yoki bu tovushni to’g’ri talaffuz
etishni mashk qilishga («Kimning ovozi», «Sehrli kalpokcha») yo’naltirilgan.
Bolalarning tovushlar, kofiyalar, so’zlar bilan mustaqil o’ynashi, uyushtirilgan o’yin
jarayonida birdaniga ro’y beradigan til bilan o’ziga xos tarzda sinov o’tkazishlar alohida
ahamiyatga ega. Folklor va mualliflik asarlaridagi til o’yinlari ulkan ahamiyat kasb etadi.
Nutqiy muloqotning asosiy shakli dialog hisoblanadi. Nutqning vaziyatga asoslanganligi
unga xos va mosdir. Bolalardan «to’lik javob» olishga intilmaslik darkor, bu muloqot mantiђiga
ziddir. Kachonki bola kundalik turmushda o’zini kiziktirgan mavzu yuzasidan o’z tashabbusi
bilan fikr bildirsa - tarkiban rasmiylashtirilgan yoyik gaplar o’z-o’zidan yuzaga keladi.
Besh yoshga kelib bola bevosita vaziyatdan chetga chikadigan mavzular bo’yicha
kattalar bilan muloqot kila oladi; nutq yordamida o’z tengdoshlari bilan syujet-rolli mustaqil
o’yinda hamkorlikni yo’lga ko’yishga kodir; tilni o’rganishda faol va mustaqil, bu tovushlar,
kofiyalar, so’z ijodkorligida, buyumlarning nomlari va ularning kanday maksadlarda ishlatilishi
haqidagi savollarda ko’rinadi; tovushlarni asosan to’g’ri talaffuz kiladi («R»ni L ga almashtirish
holatlari, «Щ» harfli so’zlarni talaffuz qilishda ayrim noanikliklar bo’lishi mumkin).
Do'stlaringiz bilan baham: