Uch yoshga kelib bola: tarbiyachi va tengdoshlari bilan ishtiyok bilan (yoki kattalardan
birontasi: ona, ota, buvilar bilan) muloqotga kirishadi; kattalarning takliflariga, savollariga so’z
va harakat bilan javob beradi; ro’y berayotgan hodisadan taassurotlari haqida va o’z shaxsiy
tajribasidan kelib chikib vaziyatdan tashkariga chikadigan mavzu bo’yicha o’zi tashabbus
ko’rsatib mustaqil fikr bildiradi, o’yin harakatlarini so’z bilan sharhlaydi; unlilar va oddiy
undosh tovushlarni to’g’ri talaffuz etadi; nutq oddiy, grammatik rasmiylashtirilgan iboralar
shakliga ega.
Bolalarning tovush talaffuzini o’zlashtirish sur’ati, lug’at hajmi va anikligi, murakkab
sintaksisga egalik darajasi va muomalaliligi har bir bolada turlicha bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |