O'quvchilarga "Baravar masofa", "Yaqin", "Uzoq" kabi tushunchalami berish. Ikkinchi gruppa
Darsning maqsadi: Chiziqlarni qiya shaklida yozilishini ko'rsatish hamda chiziqlar orasidagi
masofani to'g'ri topishga o'rgatish.
Vazifa. Kichik harflar yoziladigan chiziqlar orasida qiya tayoqchalarni yozdirib mashq
qildirish.
O'qituvchi bu mashqni doskada namuna qilib ko'rsatib beradi. O'quvchilar esa qizil
qalamda qiya tayoqchalarni chizadilar. O'quvchilar bir qator yozib bo'lganlaridan so'ng
tekshirib chiqiladi va tahlil qilinadi. Agar nuqtalar barovar masofada bo'lsa o'quvchi vazifani
to'g'ri bajargan, barovar masofada bo'lmasa, xatoga yo'l qo'ygan bo'ladi.
O'quvchilar alifbega-tayyorgarlik davrida ayrim mashqlami bajargan bo'lishlariga
qaramay, o'qituvchi navbatdagi darsni quyidagi darsni e'lon qilishi bilan birga yozuv qurollarini
qayta tekshirib chiqishi lozim.
1.
Barmoq va qo'l muskullarining harakatin I o'stiruvchi gimnastika mashqlarini o'tkazish.
2.
Doskada mashqni yozib ko'rsatish va asosiy diqqatni qayerga jalb etishni tushuntirish.
3.
Yozuv daftarlaridan foydalanish va yozishni qayerdan boshlashni tushuntirish.
4.
Partada to'g'ri o'tirish, ruchkani to'g'ri ushlash, daftarni to'g'ri tutish qoidalarini
eslatib o'tish.
5.
Har bir qatorga nechta harf yozishni tushuntirish, o'quvchilarning yozuvini muntazam
kuzatib borish.
6.
Ishning birinchi qismi tugagandan so'ng o'quvchilarning yozuvlarini doskada namuna bilan
solishtirib yo'l qo'ygan xatolarini topishga o'rgatish.
7.
Topshiriqni qayta tushuntirish orqali o'quvchilardagi kamchiliklarni yo'qotish.
8.
Jismoniy mashq daqiqalarini o'tkazish.
9.
Ko'z bilan daftar orasidagi masofani to'g'ri saqlashga o'rgatish.
10. Har bir mashqni bajarishda uni tahlil qilish zarur bo'lsa qo'shimcha ko'rsatmalar
berish.
Alifbe davrida o'quvchilar nutq tovushlari bilan amaliy tanishadilar, so'z tuzishga, so'z
va gaplarni o'qishga hamda ayrim elementlar harflar ishtirokida so'z va gaplarni yozishga
o'rganadilar. Alifbe davrida bajariladigan asosiy grafik ishlar quyidagilardan iborat bo'lishi
kerak:
1.
Kichik va bosh harflarni alifbe tartibida yozish.
2.
Bo'g'in va so'zlarda harflarni qo'shib yozish.
3.
Qo'l harakatini uzmay yozishga o'rgatish.
4.
Harflaming qiyaligini va enini to'g'ri saqlashga o'rgatish.
O'qituvchilar ayrim harflaming elementini noto'g'ri yozayotgan o'quvchilarga shu
elementni to'g'ri yozilishini ko'rsatib berishi lozim. Bu davrda o'quvchilarda harflarni to'liq
yozmaslik yoki almashtirish yozish kabi xatolami aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: