Hamroqulov xushbaxt sadriddinovich xalqaro moliya munosabatlari barqarorligini



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/35
Sana31.12.2021
Hajmi1,17 Mb.
#277377
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35
Bog'liq
Hamroqulov xushbaxt sadriddinovich xalqaro moliya munosabatlari

3.3-rasm.
 
AQSh dollari indeksi va AQSh dollarining so‘mga nisbatan o‘rtacha 
oylik almashuv kursi
33
 
                                                           
32
 Ma‘lumot uchun FRT  joriy yilning 22 mart, 14 iyunь va  27 sentyabrь kunlari qayta moliyalash stavkasi  (fed  fund  
rates)  1,5  foizdan  2,25  foizgacha  oshirgan  bo‗lsa,  Angliya  banki  2018  yil  2 avgustda stavkani 0,75 (0,25 
bazaviy bandga) foizga ko‗tardi. 
33
 Markaziy bank 


81 
 
 
Jumladan,    dollarning    qiymati    Buyuk    Britaniya    funtiga  nisbatan    5,9  
foizga,  Xitoy  yuaniga  nisbatan  7,5  foizga,  Rossiya rubliga  nisbatan  16,2 foizga, 
Janubiy Afrika randisiga  nisbatan19,1  foizga  va  Argentina  pesosiga  nisbatan  96  
foizga  o‗sdi.  Buni AQShda investitsion faollikning tiklanishi va FRT tomonidan 
pul-kredit    siyosatining    normallashtirilishi    hisobiga    joriy    yil  yakunlari  bo‗yicha 
so‗nggi    10  yil  mobaynida  kuzatilgan  eng  yuqori  o‗sish  ko‗rsatkichi  bo‗lishi 
to‗g‗risidagi  kutilmalar  bilan  izohlash  mumkin.Tahlillar    shuni    ko‗rsatmoqdaki,  
O‗zbekiston    moliya    bozori  xalqaro    moliya    bozorlariga    kuchli    integratsiya  
qilinmagan    bo‗lsa-da,  tashqi    savdo    hamkor    mamlakatlar    milliy    valyutalari  
kurslari orqali  dollar  indeksining  o‗zgarishi  milliy  valyuta  –  so‗mning almashuv 
kursiga ma‘lum muddat kechikish bilan ta‘sir ko‗rsatadi. 
Joriy  yilning  10  oyida  valyuta  almashuv  kursi  dinamikasi iqtisodiyotning  
fundamental    faktorlari    va    tashqi    omillar,  jumladan,    iqtisodiy    agentlarning  
inflyatsion    va    devalvatsion  kutilmalari,  to‗lov  balansi  joriy  hisoblar 
hisobvarag‗ining  holati  va    xorijiy    valyutadagi    kreditlarga    bo‗lgan    talabning  
oshishi  ta‘sirida    vujudga    kelgan  talab    va  taklif  holatidan    kelib    chiqqan  holda 
shakllanib,  o‗zining  o‗rtacha  qiymatidan  deyarli  uzoqlashmadi.  Mazkur    davrda  
dunyoning    aksariyat    rezerv    valyutalari    hamda  mamlakatimizning    savdo  
hamkorlari  milliy  valyutalari  kurslari AQSh  dollariga  nisbatan  qadrsizlanishiga  
qaramasdan,  milliy valyuta  almashuv  kursi  oldingi  yillarda  kuzatilgan  doimiy 
devalьvatsiya  tendentsiyasidan  farqli  ravishda  turli  xil yo‗nalishdagi dinamikaga 
ega bo‗ldi.  
2018  yilning  yanvarь-iyulь  oylarida  valyuta  kursi  dinamikasi  asosan  
mavsumiy  omillar  ta‘sirida  shakllandi.  Bunda  yanvarь oyida  eksport  tushumlari  
va  xalqaro  pul  o‗tkazmalari  hajminingnisbatan kam bo‗lganligi sharoitida milliy 
valyuta  almashuv  kursi  8139  so‗m/dollardan  8247  so‗m/dollargacha  pasaydi.Shu  
bilan  birga,  mart-iyulь  oylarida  eksport  va  xalqaro  pul o‗tkazmalaridan  valyuta  
tushumlarining  oshishi  natijasida  so‗mning almashuv  kursi  teskari  dinamikaga  
ega   bo‗lib,   birinchi    avgust holatiga 7781 so‗m/dollargacha qadri oshdi.  Bundan 


82 
 
 
tashqari,  chet  el  valyutasidagi  kreditlar  hajmining  tez  sur‘atlarda    o‗sishi    va  
dollarlashuv    darajasining    pasayishi    ichki  valyuta    bozoridagi    xorijiy    valyutaga  
bo‗lgan    talabning    qisman
 
qondirilishiga    xizmat    qildi.    Shuningdek,    milliy  
valyutadagi  muddatli    va    jamg‗arma    depozitlar    hajmining    oshishi    ham    so‗m 
almashuv kursining shakllanishiga ta‘sir ko‗rsatdi. 
Joriy    yilning    avgust    oyidan    boshlab    tashqi    omillarning  almashuv    kursi  
dinamikasiga    ta‘siri    kuchaydi.    Hisob-kitoblarga  ko‗ra,    asosiy    savdo    hamkor  
davlatlar    valyutalari    kurslarining  keskin  o‗zgarishi  so‗m  almashuv  kursiga    bir 
oydan  uch  oygacha  bo‗lgan  muddatdan  so‗ng  o‗z  ta‘sirini  ko‗rsatadi.  Yuqorida 
keltirilgan  omillar  ta‘sirida  2018  yilning  avgust  oyidan    boshlab    so‗m    almashuv  
kursining  ichki  valyuta  bozoridagi sharoitlarga javoban o‗zgarishi kuzatilib, joriy 
yilning  1  oktyarbь  va    1    noyabrь    holatlariga    mos    ravishda    8184    va    8247  
so‗m/dollarni tashkil etdi (yil boshida – 8139 so‗m/dollar). 
Milliy    valyutaning    qadrsizlanishi    ichki    narxlar  shakllanishiga    ma‘lum  
darajada    ta‘sir    ko‗rsatadi.    Markaziy    bank  hisob-kitoblariga    ko‗ra,    so‗m  
almashuv    kursining    bir    foizga  qadrsizlanishi    yillik    inflyatsiya    sur‘atining  
o‗rtacha  0,2  foiz bandga tezlashishiga olib keladi. 
2018    yilning    sentyabrь    oyidan    boshlab    O‗zbekistonning    asosiy  savdo  
hamkor  mamlakatlari  moliya  bozorlaridagi  holatning mo‗‘tadillashuvini  inobatga  
olsak,  ichki  omillar  ta‘sirida  joriy yil  oxirigacha  so‗m  almashuv  kursining  yil  
boshidagi  darajasiga nisbatan keskin o‗zgarishi kutilmayapti. 
Milliy    valyuta    almashuv    kursining    mavsumiy    omillar  ta‘sirida  
shakllangan    ortiqcha    baholanish    tendentsiyasi    (currency  overvaluation) 
makroiqtisodiy  disbalansni  yaratadi.  Joriy  hisob-kitoblar  uchun  ochiq iqtisodiyot  
sharoitida  foiz  stavkalarining qoplanmagan pariteti (uncovered interest rate parity, 
UIP) buzilishi va foiz  stavkasi  tafovutlari  ortishi  ma‘lum  bir  muddatdan  keyin 
ichki valyuta bozoriga bosimni vujudga keltirishi mumkin. 
2019–2021    yillarda    pul-kredit    siyosati    instrumentlaridan  foydalanish    va  
ularni  rivojlantirishda  asosiy  e‘tibor  pul-kredit  siyosatining  operatsion  va  oraliq  


83 
 
 
maqsadlariga    erishishga  hamda    bank    tizimidagi    likvidlilikni    samarali    tartibga  
solishga  qaratiladi.    Bunda    Markaziy    bank    pul-kredit    siyosatining    foiz 
instrumentlaridan  moliyaviy  aktivlarning  narxiga  ta‘sir  ko‗rsatish  maqsadida 
foydalanib,    iqtisodiyotdagi    real    foiz    stavkalarining  ijobiy  darajada  shakllanishi 
uchun zaruriy shart-sharoitlar  yaratib boradi. 
Markaziy    bank    2019–2021    yillarda    bank    tizimidagi  likvidlilik    hajmini  
maqbul  darajada  ushlab  turish,likvidlilikning  tarkibiy  profitsiti  yoki  defitsitiga  
yo‗l qo‗ymaslikka  qaratilgan  pozitsiyasini  saqlab  qoladi.  Xususan,  o‗tgan  
davrlarda  bank  tizimidagi  avtonom  omillar  hisobiga  shakllangan  likvidlilik  
dinamikasi  keskin  o‗sish  sur‘atlarini  ko‗rsatmoqda 
Kelgusi  yillarda  davlat  byudjetining  defitsit  bilan  ijro etilishi  va  monetar  
oltinni    sotib    olish    bilan    bog‗liq  operatsiyalarning    saqlanib    qolishi    bank  
tizimidagi  likvidlilikni oshiruvchi  omillar  hisoblanadi.  Bu  esa  bank  tizimidagi 
likvidlilikni    tartibga    solishda    Markaziy    bankning    sterilizatsiya  operatsiyalarini  
muntazam    ravishda    o‗tkazib    borishni    taqozo    etadi.  Bunda    sterilizatsiya  
operatsiyalari    qisqa    muddatli    depozit  auktsionlarini  o‗tkazish  orqali  amalga 
oshiriladi. 
Shuningdek,    zarur    hollarda    vaqti-vaqti    bilan    tijorat  banklaridan    uzoq  
muddatli    depozitlar    jalb    qilish    bo‗yicha    yoki  Markaziy    bankning 
obligatsiyalarini  joylashtirish  bo‗yicha auktsionlar ham o‗tkazilishi mumkin.  
2019–2021    yillarda    Markaziy    bank    tomonidan    pul-kredit  siyosati  
instrumentlarini    yanada    takomillashtirishda    yuzaga  keladigan  yangi 
makroiqtisodiy sharoitlar inobatga olinadi. Bunda  qo‗yilgan  vazifani  hal  qilishda  
pul-kredit    siyosati  instrumentlarining    o‗ziga    xos    ustunlik    yoki    kamchilik  
tomonlari  bo‗lishi    mumkin.    Aslida    pul-kredit    siyosatining    barcha 
instrumentlarining    yakuniy    maqsadi    bir    xil    bo‗lishiga    qaramasdan,  ularning 
ishlash mexanizmlari va ta‘sir kuchi  turli xil bo‗ladi. Shu sababli muayyan davrda 
aniq vazifani bajarishda bir yoki bir nechta instrumentlar majmuidan foydalaniladi. 
Pul-kredit    siyosatining    amaldagi    mavjud    instrumentlar  (interventsiya,    qayta  


84 
 
 
moliyalash    stavkasi,    majburiy    zaxiralash,  Markaziy    bank    kreditlari)    etarli  
emasligi,    ularning  samaradorligi    pastligi    hamda    bank    tizimidagi    likvidlilikka  
o‗z  vaqtida    ta‘sir    ko‗rsatish    imkoniyatlari    cheklanganligi    ularni  qo‗llash  
strategiyasi  va  uslublarini  qayta  ko‗rib  chiqishni  taqozo etmoqda. 
Kelgusi    yillarda    ham    Markaziy  bank    tomonidan  sterilizatsiya 
operatsiyalarini  amalga  oshirishda  interventsiyalar  strategiyasi takomillashtirilib 
boriladi. Pul-kredit  siyosatining  majburiy  zaxiralash  instrumenti bo‗yicha  2018  
yilda    amalga    oshirilgan    qator    o‗zgarishlar    ushbu  instrumentni    xalqaro  
standartlarga  yaqinlashtirdi.  Zarur hollarda,  pul-kredit sharoitlaridan kelib chiqib,  
majburiy  rezerv  normativlariga  yangi  o‗zgartirishlar  kiritib  borilishi  mumkin. 
Bundan  tashqari,  Markaziy  bank  tomonidan  tijorat  banklariga  likvidlilik    taqdim  
etish  uchun  xorijiy  valyutani  garovga  olgan holda  ajratiladigan  kredit  va  tijorat  
banklari  bilan  valyutada svop operatsiyalari auktsion savdolarini o‗tkazish yo‗lga 
qo‗yiladi.  Markaziy    bank    pul-kredit    siyosatining    amaldagi    mavjud 
instrumentlarini    rivojlantirish    bilan    bir    qatorda    yangi  instrumentlarni  joriy 
etishga  asosiy  e‘tibor  qaratadi.Inflyatsion    targetlash    rejimiga    o‗tishda    foiz  
kanalining muhimligi,  mamlakatimizda  pul-kredit  siyosatining  transmission  
mexanizmi  samarali  ishlamayotganligi  hamda  etarli  darajada rivojlanmaganligini  
inobatga    olib,    bank    tizimidagi  likvidlilikka    samarali    ta‘sir    ko‗rsatishda  
Markaziy  bank tomonidan yangi foizli instrumentlar joriy qilinadi. 
 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish