76
III-BOB. XALQARO MOLIYA MUNOSABATLARIDA MAMLAKAT
VALYUTA SIYOSATINING AHAMIYATI VA O`ZBEKISTON
RESPUBLIKASINING XALQARO MOLIYA MUNOSABATLARIDAGI
ISHTIROKI
3.1. O’zbekiston respublikasi valyuta siyosatining asosiy jihatlari, valyuta
siyosati doirasidagi amalga oshirilgan ishlar tahlili
Davlat mustaqilligiga erishilishi bilan, O‘zbekiston Respublikasi oldida
inflyatsiya jarayonlari va ishlab chiqarish tushkunligiga barham berish, bozor
talablariga javob beradigan moliyaviy tizimni vujudga keltirish, xalqaro valyuta va
savdo tizimiga integratsiya qilinishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy islohotlarni
amalga oshirishga oid murakkab masalalar paydo bo‘ldi.
Ushbu ko‘rsatkichlarga erishishni ta‘minlashda, O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki asosiy o‘rinlardan birini egallamoqda. Chunki, pul muomalasini
tartibga solish, kredit-bank sohasini nazorat qilish, qat‘iy pul-kredit va valyuta
siyosatini amalga oshirish uning funktsiyalariga kiradi. Valyuta tartibotlari,
xalqaro valyuta bozorlari, rivojlanayotgan va sanoati rivojlangan mamlakatlarda
qabul qilingan valyuta kurslarini qo‘llash uslublari masalalariga bag‘ishlangan bir
qator tadqiqotlar mavjud. Bu esa, ma‘muriy-buyrukbozlik tizimidan bozor
iqtisodiyotiga o‘tish jarayoni kabi o‘ziga xos bir hodisani boshidan kechirayotgan
O‘zbekiston Respublikasi uchun katta qiziqish uyg‘otadi.
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan valyuta siyosati, bevosita
hukumat tomonidan ishlab chiqilgan islohotlar strategiyasiga muvofiq holda olib
borilmoqda. Davlat tomonidan valyutaviy huquqlarni himoyalashga doir
mustahkam qonunchilik va institutsional asosni yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarni
kurgan holda - davlat bosh islohotchi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu
shuningdek, valyuta bozori infratuzilmasini yaratishga doir aniq maqsadga
yo‘naltirilgan siyosatning amalga oshirilishida ham namoyon bo‘lmoqda. Shu
tarzda, davlat islohotlarning murakkab bosqichlarida islohotlarni amalga oshirishga
77
kodir bo‘lgan yetakchi kuch ekanligini ko‘rsatmoqda. Davlat shuningdek, bir qator
maxsus davlat organlarini tashkil etish yo‘li bilan islohotlarni tartibga solishni
amalga oshirmoqda. Albatta, Markaziy bank davlat banki sifatida
bu borada muhim
o‘rin tutadi.
Joriy yilda ichki shart-sharoitlar milliy iqtisodiyotning barqaror o‗sishini
qo‗llab-quvvatlovchi xarakterga ega bo‗lsa, tashqi iqtisodiy vaziyat, aksincha,
nisbatan noqulay shakllanmoqda.
Xususan, 2018 yilning yanvarь-sentyabr oylarida O‗zbekistonning asosiy
savdo hamkorlari hisoblangan davlatlarda iqtisodiy o‗sish sur‘atlarining 2017
yilning mos davridagi o‗sishga nisbatan pasayishi respublikamizda ishlab
chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlarning eksporti hajmining oshishini
sekinlashtiruvchi omil bo‗lib xizmat qildi.
Rasmiy ma‘lumotlarga ko‗ra, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida
iqtisodiy o‗sish sur‘atlari Rossiyada 1,8 foizdan 1,6 foizgacha, Xitoyda 6,8
foizdan 6,5 foizgacha, Qozog‗istonda 4,3 foizdan 4,2 foizgacha, Turkiyada
10,6 foizdan 5,2 foizgachahamda Qirg‗izistonda 4,3 foizdan 1,2 foizgacha
pasaygan.
Shuningdek, mazkur davrda respublikamizning asosiy savdo hamkorlari
hisoblangan davlatlar milliy valyutalarining sezilarli darajada qadrsizlanishi ham
tashqi iqtisodiy shart-sharoitlarning noqulay shakllanishiga o‗z ta‘sirini o‗tkazdi.
Jumladan, dollar indeksining oshishi hamda Rossiyaga nisbatan yangi
sanktsiyalarning kiritilishi natijasida Rossiya rubli AQSh dollariga nisbatan 15
foizga hamda ushbu davlat iqtisodiyotiga bog‗liqlik darajasi yuqori bo‗lgan
Qozog‗iston tengesi 9,2 foizga qadrsizlandi. Shuningdek, ushbu davrda AQSh
dollariga nisbatan Xitoy yuani 6,5 foizga va Turkiya lirasi qariyb 60 foizga
qadrsizlandi. Yuqoridagi valyutalarning qadrsizlanishi va respublikamizda
inflyatsiya darajasining mazkur mamlakatlardagi ko‗rsatkichlarga nisbatan
sezilarli darajada yuqori bo‗lishi natijasida so‗mning
real effektiv almashuv kursi
qariyb 15 foizga mustahkamlanishi kuzatildi.