2.1-rasm. Valyuta bozori turlari
56
Valyuta bozorida sotib oluvchi sifatida - talab va sotuvchi sifatida - taklif, bir-
biri bilan uchrashadi. Sotib oluvchi yoki sotuvchi sifatida qatnashayotgan har
qanday iqtisodiy sub‘ekt, ya‘ni davlat, xo‘jalik sub‘ekti yoki fukaro o‘zining
moliyaviy kizikishlariga ega bo‘ladi. Bu moliyaviy kizikishlar bir-biri bilan mos
kelishi ham, mos kelmasi ham mumkin. Manfaatlar bir-biri bilan mos kelgan
taqdirda, valyuta qimmatliklarini oldi-sotdisi haqida bitim tuziladi. Shuning
uchun, valyuta bozori valyuta qimmatliklarini sotuvchi va xaridorning
kizikishlarini namoyon qiluvchi o‘ziga xos iqtisodiy instrument hisoblanadi.
Funktsional nuqtai nazardan qaraganda, valyuta bozorlari o‘z vaqtida xalqaro
hisob-kitoblarni,
valyuta
risklarini
sug‘urtalashni,
valyuta
zahiralarini
diversifikatsiyalashni, valyuta interventsiyasini amalga oshiradigan va valyuta
bozorida qatnashuvchilarning kurslari o‘rtasidagi farq natijasida keladigan
daromadni o‘zida namoyon qiladi. Institutsional nuqtai nazardan qaraganda,
valyuta bozorlari vakolatli banklarning, investitsion kompaniyalarning, birjalar,
brokerlik idoralari, chet el banklari tomonidan amalga oshiriladigan valyuta
operatsiyalarini o‘zida namoyon qiladi. Tashqiliy-texnik nuqtai nazardan
qaraganda, valyuta bozori jahonning turli mamlakatlari bilan xalqaro hisob-kitoblar
va boshqa valyuta operatsiyalarini bir-birini o‘zaro bog‘lovchi telegraf, telefon,
teleks, elektron aloqa vositalari va shu kabi kommunikatsiya tizimlari yig‘indisini
o‘zida namoyon qiladi.
25
Valyuta bozorida sotuvchi va xaridor o‘rtasida chet el valyutasini oldi-sotdi
qilishda dallol bo‘lib, faqatgina banklar qatnashadilar. Valyuta bulimining asosiy
vazifasi bo‘lib, o‘zining mijozlariga ma‘lum bir valyutadagi aktiv va kapitallarini
boshqa bir xorijiy valyutaga konvertirlashni ta‘minlash hisoblanadi. Bu jarayon
«naqd bitim», ya‘ni spot operatsiyasi yoki «muddatli bitimlar», ya‘ni ularning keng
tarqalgan shakli - forvard operatsiyalari shaklida bo‘lishi mumkin. Jahonning
barcha moliya markazlarida ma‘lum bir valyutaga narxlarning o‘rnatilish
diapozoni bir xil tartibda o‘rnatilishi an‘anaviy tus olganligi, banklar faoliyatini bu
25
Xakimova M., Xujaev X., Maxmudov B. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. T.: O‘qituvchi. 2005
57
sohaga birlashuvining o‘rnatilishiga olib keladi. Ayni bir moliya markazida
ma‘lum bir qisqa vaqt oralig‘ida bozor stavkasi o‘rtacha stavkadan sezilarli darajada
farq kilsa, u holda turli narxlar natijasida foyda olish maqsadida jarayonni amalga
oshiruvchi valyuta arbitraji orqali tartibga solinadi. Shu orqali valyuta biznesi pul
tizimini muhim tartibga soluvchisi sifatida harakat qiladi. Odatda, umummilliy
ahamiyatga ega bo‘lgan yirik banklar, shu jumladan, bir qator mahalliy banklar
mahalliy biznesga xalqaro hisob-kitoblar bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi malakali
mutaxassislar bilan ta‘minlangan valyuta bulimiga ega bo‘ladilar. O‘z mijozining
hisob-kitob bo‘yicha topshiriq-larini bajaradigan va o‘z mablag‘lari hisobiga katta
operatsiyalami amalga oshirmaydigan kichik banklar valyuta bo‘yicha mutaxassisga
ehtiyoj sezmaydi. Bunday holatda, bankka shu soha bo‘yicha umumiy bilimga ega
bo‘lgan mutaxassisning o‘zi kifoya qiladi. Chunki, bunda uning roli mijozning
topshirigini bajarishi uchun boshqa bank bilan hamkorlik qilishdagina namoyon
bo‘ladi. Jahon valyuta bozorida valyuta oldi-sotdisi tunu-kun amalga oshiriladi.
Bunga asosiy sabab, jahon hududiy valyuta bozorlarining turli soat millarida
joylashganligi bilan bog‘liqdir.
Hozirgi vaqtda Osiyo - Tokio, Gonkong, Singapur, Melburndagi markazlari
bilan, Yevropa - London, Frankfurt-na Mayne, Tsyurix, Amerika - Nyu-York,
Chikago, Los-Andjeles valyuta bozorlari jahon valyuta bozorlarining asosiy
qismini egallagan. Jahonning hududiy valyuta bozorlarida odatda barcha valyutalar
katirovka qilinmaydi, balki faqatgina, ushbu bozorda qatnashayotganlarga kerakli
bo‘lgan valyutalar, ya‘ni mahalliy pul belgilari va bir qator yetakchi erkin
konvertirlanadigan valyutalar, birinchi navbatda, zahira valyutalar (AQSH dollari,
Yaponiya ienasi, evro, Shveytsariya franki va shu kabi valyutalar)dan keng
foydalaniladi. Bunda, tabiiy xolki, yetakchi, ya‘ni zahira valyutalar kursining
o‘zgarishi natijasida turli bozorlarda, yoki bitta bozorda kotirovka qilinayotgan
valyutalar, turli vaqtlarda bir xil narxni saqlasada, ularning kursida biroz
tebranishni kuzatish mumkin. Valyuta kurslarining bunday tebranishlari valyuta
bozorida valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi chayqovchilar daromadining
58
manbasini tashkil qilishga xizmat qiladi.
Valyuta operatsiyalari vujudga kelishi uchun ob‘ektiv asos bo‘lib, tashqi
savdo, kapitallar va kreditlaming harakati xizmat qiladi. Xalqaro mehnat taqsimoti
yuzaga kelishi eksport-import operatsiyalarining yuzaga kelishiga asosiy sabab
bo‘ladi.
Valyuta operatsiyalarining keng ko‘lamda rivojlanishi tijorat banklariga
ushbu bozorda erkin harakat qilishga va ayni vaqtda ularni tartibga solishga
imkoniyat tugdiradi.
Shuni alohida ta‘kidlab o‘tish joizki, milliy iqtisodiyotni faqat shu mamlakatda
ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan barcha ehtiyojlarni qondirib bo‘lmaydi.
Demak, mamlakatlar o‘rtasida eksport-import operatsiyalari albatta amalga oshishi
yuz beradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, valyuta bozorlarining ahamiyati milliy
iqtisodiyotning jahon iqtisodiyoti bilan integratsiyalashuvida namoyon bo‘ladi.
1993 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga
solish to‘g‘risida»
26
gi qonunida, xorijiy valyutaga quyidagicha ta‘rif berilgan:
• xorij davlatlarida muomalada yuruvchi va qonuniy to‘lov vositasi
hisoblanadigan pul birliklari, shuningdek, muomaladan olinayotgan yoki
olingan bo‘lsada, respublikamiz pul birliklariga ayirboshlanishi ko‘zda tutilgan
banknotlar;
• chet el davlatlarining pul birliklari va xalqaro pul birliklarining
hisobvaraqlardagi va depozitlardagi mablag‘lari.
Mazkur qonun, shuningdek, «valyuta qimmatliklari» va «valyuta
operatsiyalari» tushunchalariga ham aniqliklar kiritadi. Unga muvofiq, valyuta
qimmatliklari quyidagilardir:
• xorijiy valyuta;
• xorijiy valyutadagi qimmatbaho qog‘ozlar - fond qimmatliklari (aktsiya,
26
O‗zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan ―Valyutani tartibga solish to‗g‗risida‖gi Qonuniga
(O‗zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 225-modda; 1994-yil, № 11, 285-
modda)
59
obligatsiya va boshqalar);
• xorijiy valyutadagi to‘lov hujjatlari (chek, veksel, akkreditiv va boshqalar);
• qimmatbaho metallar - oltin, kumush, platina va platina guruhiga kiruvchi
metallar (palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy va osmiy) har qanday ko‘rinishda,
shuningdek, lorn kurinishida (xar xil yuvelir ko‘rinishidagilar bundan mustasno);
• tabiiy qimmatbaho toshlar - olmos, rubin, zumrad, sapfir va
aleksandirtlar
(palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy va osmiy), hamda gavxarlar har qanday ko‘rinishda,
shuningdek lorn ko‘rinishida (xar xil yuvelir ko‘rinishidagilar bundan mustasno).
«Valyuta operatsiyalari» esa, quyidagilardir:
• valyuta qimmatliklaridagi mulkka egalik huquqi bilan bog‘liq
operatsiyalar, shu jumladan, xorijiy valyutadan to‘lov vositasi sifatida
foydalanish bilan bog‘liq operatsiyalar hamda O‘zbekiston Respublikasi milliy
valyutasidan tashqi iqtisodiy faoliyatda foydalanish bilan bog‘liq operatsiyalar;
• xorijdan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan va
junatilgan hamda O‘zbekiston Respublikasidan xorijga olib chiqilayotgan va
junatilayotgan valyuta qimmatliklari;
• xalqaro pul o‘tkazmalari.
Yuqorida qayd etilgan valyuta operatsiyalarini tijorat banklaridan faqatgina
«vakolatli banklar» nomini olganlari amalga oshiradilar. Vakolatli banklarga
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta operatsiyalarini amalga
oshirish huquqini beruvchi Bosh litsenziyasini olgan hissadorlik-tijorat, tijorat,
kooperativ va xususiy banklar, shu jumladan, chet el ishtirokidagi qo‘shma banklar
(filiallar, vakolatxonalar) ham kirishi mumkin.
Xorijiy valyutadagi operatsiyalar ikki turga, ya‘ni joriy va kapital harakati
bilan bog‘liq valyuta operatsiyalariga bo‘linadi.
Joriy valyuta operatsiyalari:
• tovarlarni (bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar) eksport va import qilish
bo‘yicha hisob-kitoblar, valyuta qimmatliklarining oldi-sotdisi, intellektual
60
mulkka egalik huquqini sotish, qarz mablag‘larini jalb qilish yoki taqdim etishni
ko‘zda tutmagan, kechiktirilmaydigan to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar;
• bank omonatlari, kredit, investitsiya va boshqa moliyaviy operatsiyalardan
olingan xorijiy valyutadagi daromadlarni chet elga va chet eldan foiz, dividend va
boshqa kurinishdagi o‘tkazmalar;
• nosavdo tusdagi (ish haqi, nafaka, meros va shu kabilarni) o‘tkazmalar,
shuningdek, shunga o‘xshash boshqa operatsiyalar kiradi.
Kapital harakati bilan bog‘liq valyuta operatsiyalari:
• investitsiya, shu jumladan, chet eldan xarid qilingan va chet elga
sotilgan qimmatbaho qog‘ozlar;
• berilgan va olingan xalqaro kreditlar;
• jalb qilingan va hisobvaraqlarga va jamgarmalarga joylashtirilgan
mablag‘lar;
• valyuta qimmatliklarida to‘lovni amalga oshirish uchun moliyaviy
operatsiyalar yoki ma‘lum vaqtdan so‘ng, ularning mulkiy egalik huquqi kiradi.
Xorijiy valyutadagi bitimlar dunyoning ko‘plab banklarida, taxminan, ertalab
soat 9
00
da boshlanadi, birok, dilerlarning ish faoliyati bu bitimlarni tuzishdan
kamida bir soat oldin boshlanadi. Har kuni ertalab, chet el valyutasi bo‘yicha
mas‘ul xodim (bulim boshligi) o‘zining xodimlarini bitimlar tuzish bo‘yicha
me‘yoriy hujjatlar, hamda zaruriy ma‘lumotlar va yangiliklar bilan ta‘minlaydi.
U o‘zi yo‘nalishni qayta ko‘rib chiqadi (bozorni bir necha oy oldin tahlil qiladi) va
quyidagi omillar asosida o‘z taktikasini aniqlaydi:
a) Flouting tizimida ayirboshlash stavkalarida aniqlovchi valyuta va foiz
stavkalarining iqtisodiyotda o‘zgarishi asosiy omillardan bo‘lib qolmoqda.
Bunda, ularbitimlar muddatini kursning tushishi bilan hisoblashish-masa, u holda
xuddi shu bitimlar kursining oshishi bilan hisoblashishga majbur bo‘ladilar.
b) Siyosiy omillar. Mazkur omillarga ijtimoiy holat, hukumatning almashishi
va shu kabi valyuta bozoriga ta‘sirini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillar kiradi.
Ko‘pchilik holatlarda, ushbu omillar bozor holatini belgilovchi eng muhim omil
61
bo‘lishi mumkin.
v) Bankning chet el valyutasidagi o‘z pozitsiyasi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, kurs asosan, yirik banklar va
yirik milliy hamda transmilliy kompaniya va korporatsiyalarning market -
meykerlari tomonidan, kutilayotgan talab va taklif o‘rtasidagi farqka bog‘liq holda
o‘rnatiladi.
Market-meykerlar - bu turli valyutalarni bitimlar bo‘yicha sotib olish va sotish
kurslari kotirovkasini doimiy ravishda amalga oshiruvchi moliya muasassalari
hisoblanadi. Bozorning passiv ishtirokchilari sezilarli darajadagi kapital bilan
qatnashayotgan bo‘lsalarda, bozor holatiga kuchsiz ta‘sir ko‘rsatadilar va ularning
faoliyati ochiq bozordagi kurslarni professionallar tomonidan tartibga solishga
majbur qilishi mumkin. Albatta, market-meykerlar faqatgina chet el valyutalarini
milliy valyuta bilan solishtirmaydilar, balki ular milliy valyutaga tegmagan
holatda chet el valyutalarini o‘zlarini kotirovkalarini ham amalga oshirishlari
mumkin. Umuman, ma‘lum bir valyutalarni emitenti bo‘lgan mamlakatlarda shu
valyuta bo‘yicha market-meykerlar mazkur mamlakatda joylashgan bo‘ladi. Evro
bo‘yicha yetakchi market-meykerlarni Germaniyadan, Shveytsariya franki bo‘yicha
esa, Shveytsariyadan topish mumkin. Market-meykerlar o‘zi mutaxassis bo‘lib
hisoblangan valyutani oldi-sotdi kursi kotirovkasini amalga oshiradi. Nisbatan kam
banklar, butun dunyo bo‘yicha valyuta kotirovkasini beradilar, shunday bo‘lsada,
Buyuk Britaniyaning keng tarmoqli kliring banklari kabilar o‘z mijozlariga keng
ko‘lamda kotirovkalarini taklif etadi. Valyuta bozorida kam uchraydigan valyuta
bilan bog‘liq operatsiyalarni tijorat banklarida diling bulimini o‘zi emas, balki
qo‘shimcha bulimlar amalga oshiradilar. Kam uchraydigan valyutalar, asosan,
valyuta bozori rivojlanmagan mamlakatlarda yoki chet el valyutasi bilan bog‘liq
operatsiyalarga ma‘lum bir cheklovlar qo‘yilgan mamlakatlarda uchraydi.
Albatta, bunday cheklovlar mamlakat hududiga valyuta kirib kelishiga emas, balki
ko‘proq chiqib ketishiga joriy qilinishi keng qo‘llaniladi. Agar, banklar ushbu (kam
qo‘llaniladigan) valyutalar bo‘yicha mijozlarning talablarini bajara olmasa, ular
62
o‘zlarining flliallari yoki boshqa valyutalarda pul qabul qilish yoki to‘lovni amalga
oshirish maqsadida vakillik banklardan foydalanadilar.
Tijorat banklanga xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish uchun
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1998 yil 28 martda 31-son
bilan tasdiqlangan «Xorijiy valyuta operatsiyalarni amalga oshirish uchun tijorat
banklariga litsenziya berish tartibi»ga asosan, uch xil litsenziya berilishi ko‘zda
tutilgan:
• Bosh litsenziya. Ushbu litsenziyaga ega bo‘lgan vakolatli banklar
O‘zbekiston Respublikasi hududida va xorijda barcha valyuta operatsiyalarini
amalga oshirish huquqiga ega;
• Ichki litsenziya. Ushbu litsenziyaga ega bo‘lgan vakolatli banklar
O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘liq yoki chegaralangan valyuta
operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega;
• Bir martalik litsenziya. Ushbu litsenziyaga ega bo‘lgan vakolatli banklar
xorijiy valyutada aniq bir operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga ega.
Iqtisodiyotning erkinlashuvi va xalqaro valyuta bozorlariga integratsiyaning
kuchayishi natijasida, valyuta operatsiyalari, mamlakatimizda, tijorat banklarining
yana bir daromad topish manbasini vujudga keltirmoqda.
Tijorat banklarining muddatli bitimlari deb, belgilangan muddatda, ammo
ikki ish kunidan keyin amalga oshiriladigan operatsiyalarga aytiladi.
Amaliyotda muddatli bitimlarning keng tarqalgan quyidagi turlari mavjud:
• forvard valyuta bitimlari;
• moliyaviy fyuchers bitimlari;
• valyuta optsioni;
• svop operatsiyalari.
Forvard valyuta bitimi - bu, valyuta bo‘yicha bitim imzolangan sanadan
boshlab, ikki ish kunidan keyin amalga oshiriladigan to‘lovni nazarda to`tuvchi
bitimdir. Bu bitim aniq bir sanada, yoki ikki sana orasida amalga oshirishni nazarda
tutishi mumkin.
63
Quyidagilar ushbu bitimning ayrim o‘ziga xos bo‘lgan jihatlari mavjud:
a) bu voz kechib bo‘lmaydigan va majburiy shartnomadir. Bitim tuzilgandan
keyin mijoz bitimdan voz kechishga xakki yo‘q. Mijoz shartnomada ko‘rsatilgan
chet el valyutasini sotib olishi yoki sotishi shart.
b) bu bitim chet el valyutasidagi aniq bir summani tashkil etadi. Mijoz bitimda
ko‘rsatilgan summadan ko‘proq valyutani sotib olishga ham, sotishga ham haqqi
yo‘q.
v) bitim kelajakdagi aniq bir sanada bajarilishi shart (agar optsionli bitimlar
bo‘lsa - ikkita aniq sananing orasida). Mijozda forvard bitimi bajarilish sanasini
uzoqlashtirishga ham, yaqinlashtirishga ham vakolat yo‘q. Forvard valyuta bitimi
tuzilgandan so‘ng, uning bajarilishi fyuchers bitimlari va valyuta optsionlaridan
farqli ravishda majburiy hisoblanadi.
Agar, bank mijozi bilan chet el valyutasini sotish va sotib olish haqida bitim
tuzsa, u faqat mijozi bilan emas, balki tashqi valyuta bozori bilan ham aloqa qiladi.
Bu shuni anglatadiki, bank mijozi yoki bir qancha mijozlari bilan tuzgan forvard
bitimlari uchun, albatta, valyuta bozori orqali valyutani sotib olishi yoki sotilishi
koplanishini ta‘minlashi kerak. Dilerning "pozitsiya"si har qanday ma‘lum kunning
yoki davming oxirida doimo teng holda bo‘lishi shart. Ya‘ni, sotib olinayotgan va
sotilayotgan valyutalar balanslashtiriladi. Agar mijoz qandaydir bir sabab bilan
bitim shartlarini bajarolmay kolsa (bajarishni hohlamasa), u holda bank bozor bilan
tuzgan bitimini bajarishi shart qilib belgilangan. Shuning uchun, bank mijozidan
bitimda kelishilgan barcha shartlar bajarilishini talab qiladi. Shu orqali, forvard
valyuta bitimining shartlari qattiq hisoblanadi, va agar mijoz uning shartlarini
bajara olmasa, bank mijozning forvard valyuta bitimidagi majburiyatlarni
bajarmasdan ketib qolishiga yo‘l quymaydi, balki bitimning muddatini "uzaytiradi"
yoki "sundiradi" .Forvard valyuta bitimi qat‘iy belgilangan, yoki optsionli bo‘ladi.
a) qat‘iy belgilangan forvard valyuta bitimi - bu, kelajakdagi aniq bir
sanada bajarilishi shart bo‘lgan bitimdir. Masalan, 1 sentyabrda tuzilgan qat‘iy
belgilangan ikki oylik forvard valyuta bitimi, ya‘ni ikki oydan so‘ng amalga
64
oshiriladigan bitim;
b) optsionli forvard bitimi - bu, mijozning xoxishiga ko‘ra, yoki bitim tuzilgan
vaqtdan uning bajarilishigacha bo‘lgan davming ichida hohlagan vaqtda, yoki ikkita
aniq sana davomida amalga oshiriladigan bitimdir.
Kayd etib o‘tish lozimki, forvard valyuta bitimi sof valyuta optsionlaridan
farq qiladi. Valyuta optsioni mijozga kelishilgan bitim shartlarini bajarish va
bajarmaslik huquqlarini beradi. Forvardli optsion esa, mijozga uni bajarmaslik
huquqini bermaydi.
Quyidagi misollar orqali qat‘iy belgilangan va optsionli forvard valyuta
bitimlarini ko‘rib chikamiz:
Frantsiyaning yirik bir savdo kompaniyasi O‘zbekistonlik eksport-import
firmasi bilan 1 mln. AQSH dollari miqdoridagi xalq iste‘moli mollari yetkazib
berishga shartnoma tuzdi. O‘zbekistonlik firmaning iltimosiga ko‘ra, Frantsiya
kompaniyasi 2 oy muddatga tovarli kredit berdi. Maxsulotlami junatish 1 mayda,
to‘lov esa, 1 iyunda amalga oshirilishi ko‘zda tutildi. Frantsiya kompaniyasi yaqin
6 oy davomida AQSH dollariga ehtiyoj sezmadi, va uning AQSH dollarini evroga
sotilishiga zarurat tugildi. Frantsiya tomoni o‘z rejasini ikki yo‘l orqali amalga
oshirishi mumkin:
a) o`zbek flrmasi tomonidan 2 oyda kelishi kutilgan summa kelib tushishini
kutib, kelib tushganidan so‘ng, spot-kurs bo‘yicha mablag‘larni sotish.
b) qat‘iy belgilangan hozirgi kurs bo‘yicha 1 mln. AQSH dollarini sotish
haqida 2 oydan keyingi sanada yetkazish sharti bilan bitim tuzish.
Forvard bitimi - bu, ma‘lum sanada aniq miqdordagi valyutalarni sotib olish
yoki sotishning, yoki kelajakda aniq ikki sana orasida bajarilishi qat‘iy majburiyat
65
ekanligi ma‘lum. Biroq, agar mijoz forvard bitimini bajara olmay kolsa, nima
bo‘ladi? Masalan, import qiluvchi quyidagi salbiy holatlarga duch kelishi mumkin,
ya‘ni:
• mol yetkazib beruvchi tovarlarni talabga muvofiq yetkazib berishga
imkoniyati yuk, shuning uchun, import qiluvchi tovarlarni qabul qilishdan voz
kechadi va ularga xak to‘lashdan bosh tortadi;
• mol yetkazib beruvchi yetkazib keltirishlar miqdorini qisqarganidan
kelib chiqib, kutilganidan kamroq tovarlarni junatdi. Shuning uchun, import
qiluvchi ularga kamroq xak to‘laydi;
• aytaylik, mol yetkazib beruvchi belgilangan muddatdan kech qoldi,
shuning uchun, import qiluvchi tovarlarga xakni biroz kechrok to‘lashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |