Nizomiy nomidagi тoshkenт davlaт pedagogika universiтeтi maтyoqubova тozagul rajapovna alisher navoiy hayoтi va ijodi fani bo’yicha o’quv qo’llanma



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/104
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#276765
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   104
Bog'liq
oLLVVLSJGBQnu45ThHwBmpV3vrC9RhJkPkcs8nKd

Falsafiy-didaktik  chekinishlar.  «Saddi    Iskandariy”  dostonida  keltirilgan 
falsafiy  va  didaktik  chekinishlar  alohida  e’tiborga  molikdir.  Shoir  doston  bayon 
chizig’idan  tashqarida  ammo  u  bilan  bevosita  bog’liq  bo’lgan  fikrlarni  alohida 
boblarda keltiradi. Bu boblar ma’lum darajada umumlashma sifatida xizmat qiladi. 
Bunda  shoir  Iskandar  davridan  o’z  zamonasiga  ekskurs  qiladi.  Navoiy  bunday 
o’rinlarda  o’z  zamonasidagi    ijtimoiy  voqelik  bilan  bog’liq  qator  masalalarni 


 
152 
yoritib,  ularga  o’z  munosabatini  bildirgan,  davrning  muhim  va  hal  qilinishi  zarur  
bo’lgan savollariga javob    berishga    uringan
1
. Shoir ayrim o’rinlarda shohlar va 
sultonlar faoliyatiga oid fikrlarini ifodalab, ularni odillik va xalqparvarlikka, insof 
va to’g’rilikka chaqiradi.  
U inson xarakterining  muhim  belgilari:   oliy himmatlilik, mol-dunyoga ruju’ 
qo’ymaslik, saxovat, qanoat, yuksak ma’naviy yetuklik singari masalalarga alohida 
e’tibor beradi.  
Shoir  himmat  to’g’risidagi  bobda  himmatning  baland  bo’lishi  kishini  el 
o’rtasida obro’ va yuksak darajali bo’lishi haqida shunday  yozadi: 
 Birovkim, anga himmat o’ldi baland, 
 Erur olam azhli aro arjumand. 
          
Kishi nakdi gar bir qaro mis emas, 
Agar himmati bo’lsa, muflis emas, 
 
Ani angla mufliski, yo’q himmati,  
Chu yo’q himmati, yo’q aning hurmati. 
Misralarda  shoir  o’z  hayot  tajribalari,  umumiy  turmush  qoidalaridan  kelib 
chiqqan  holda  axloqiy  nizomning  qat’iy  qoidalarini  bayon  qilmoqda.  Navoiy 
bunday  qoidalar  unutila  boshlangani,  uning  o’rnini  tubanlik,  pastkashlik, 
manfaatparastliklar egallay boshlaganidan qattiq aziyat chekadi.  
Falsafiy-didaktik  chekinishlarda  shoir  ijtimoiy-siyosiy  masalalar  bilan  bir 
qatorda ta’lim-tarbiya, inson hulqi va odobiga oid masalalar ham e’tiborni qaratadi. 
Navoiy  bu  bobda  to’g’rilik  rostgo’ylik,  halollik  vafodorlik,  yaxshi  muomala, 
tadbirkorlik haqida so’zlaydi.  
Ko’rinadiki, falsafiy va, didaktik chekinishlarda Navoiy o’zining hayot, inson 
to’g’risidagi  ezgu  fikrlarini  bayon  etgan.  Bunda  insonga,  hayotga,  muhabbat, 
kishilarning  o’z  umri,  turmushini  yaxshilik  bilan,  mazmundor  va  go’zal 
kechirishiga undov yotadi.  

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish