Nizomiy nomidagi тoshkenт davlaт pedagogika universiтeтi maтyoqubova тozagul rajapovna alisher navoiy hayoтi va ijodi fani bo’yicha o’quv qo’llanma


Aleksandr  Makedonskiy  va  badiiy  adabiyot



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/104
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#276765
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   104
Bog'liq
oLLVVLSJGBQnu45ThHwBmpV3vrC9RhJkPkcs8nKd

Aleksandr  Makedonskiy  va  badiiy  adabiyot.    Aleksandr  Makedonskiy 
(eramizdan  avvalgi  356-323  yillar)  Dunaydan  Hind  daryosigacha  bo’lgan  katta 
hududda  ulkan  mamlakat  barpo  etgan  ulug’  sarkardadir.  Uning  hayoti  va  harbiy 
yurishlari  antik  davr  tarixchilari  Arrian  Flaviy  va  Plutarx  asarlarida  ma’lumotlar 
beriladi.  Yunon  tarixchisi  Arrianning  ma’lumotlariga  ko’ra,  Iskandar  haqida 
yaratilgan  afsona  va  rivoyatlarning  xalq  o’rtasida  keng  tarqalishida  jahongirlik 
yurishlarida  ishtirok  etgan  askarlarning  roli  kattadir.  Unga  ko’ra,  Iskandar 
askarlarni  o’z  yurtlariga  qaytarib  yuborar  ekan,  forslar  va  midiyonlar, 
baqtriyaliklar va shaklarni, Kaspiy dengiziga qadar cho’zilgan hududda yashovchi 
parfiyonlar, xorazmiylar va girkanlarni  qanday bo’ysundirgani haqida hikoya qilib 
berishlarini  aytar  ekan.  Hikoyachilar  tarixiy  haqiqatdan  ko’ra  fantaziya  va 
uydurmalarga  ko’proq  berilib,  bu  yurishlar  haqida  rang-barang  afsona  va 
rivoyatlarni to’qiganlar.  
Afsona  va  rivoyatlarda  Iskandar  ilohiy  qudrat  sohibi  sifatida  ulug’lanadi. 
Asta-sekin  Iskandar  haqida  kichik  hajmli  hikoyatlar  yuzaga  kela  boshladi.  Bu 
hikoyatlarda  Iskandar  Arastu  maslahati  bilan  ish  ko’radigan  donishmand, 
xalqparvar, olijanob shoh sifatida tasvirlanadi.  
Iskandar  obrazi  turkiy  xalqlar  og’zaki  ijodida  ham  keng  tarqalgan.  Mahmud 
Qoshg’ariy “Devonu lug’ot ut-turk” asarida ayrim geografik nomlar va so’zlarning 
kelib  chiqishini  Iskandar  nomi  bilan  bog’lab  izohlaydi.  Iskandar  haqidagi 
ma’lumotlar  “Qur’oni  Karim”,  “Qissai  Rabg’uziy”  singari  muqaddas  kitoblardan 
ham  o’rin  olgan.  Ularda  Iskandar  ilohiy  sifatlar  egasi  bo’lgan  kishi  sifatida 
keltiriladi.          


 
148 
Sharq  badiiy  yozma  adabiyotida  ilk  marotaba  Abulqosim  Firdavsiy   
“Shohnoma”  asarida  Iskandarga  maxsus  doston  yaratadi.    Firdavsiy  Iskandarni 
adolatli  va  najotkor  hukmdor  sifatida  tasvirlaydi.  Nizomiyning  “Iskandarnoma” 
(1203-1211), Хusrav  Dehlaviyning  “Oyinai  Iskandariy”  (1300-1301)  dostonlarida 
Iskandar obrazi mahorat bilan tasvirlanadi.  

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish