Iskandar obrazi Navoiy talqinida. Iskandar obrazi Navoiyning bir necha
asarida uchraydi. «Hayrat ul-abror» dostonining o’n to’rtinchi maqolatidan keyin
Navoiy Iskan-darning butun dunyoni zabt etib so’ngra «xoli ilik bila olamdin rihlat
markabin surgoni» to’g’risidagi hikoyatni keltiradi
1
. «Тarixi muluki Ajam»
2
da
Navoiy Iskandar haqida so’z yuritib, “Iskandar nisbatida ixtilof ko’ptur”, deydi va
ulug’ jahongir haqidagi ba’zi hikoyatlarni keltirgan.
Navoiy «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandarning jahongirlik yurishlari
tarixi bilan bevosita bog’liq tarzda tamomila yangi obraz yaratadi. Shoir o’ziga
qadar mavjud bo’lgan og’zaki va yozma ma’lumotlarga ijodiy yondashib, tarixiy
Iskandardan farqlanuchi qahramon siymosini gavdalantiradi. Asarda shoirning
adolatli shoh va mukammal jamiyat haqidagi orzu-niyatlari Iskandar obrazi bilan
bog’liq holda o’z aksini topadi.
Doston tarkibiy tuzilishiga ko’ra o’ziga xos bo’lib, 89 bobdan iboratdir. Har
bir bobda Iskandar bilan bog’liq biror voqea bayon etiladi. Shundan keyin falsafiy-
didaktik chekinishlar tarzidagi falsafiy fikrlar izhoridan iborat bir bob berilib, shoir
fikrlarning tasdig’iga xizmat kiluvchi hikoyat va xulosa tarzidagi hikmat
keltiriladi. Hikmatlar Iskandarning Arastuga bergan savoli va Arastuning
jahongirga javobidan iborat. Iskandar voqealarining bayoni lirik chekinishlar bilan
tugallanadi. Unda shoir avval ayoqchiga, so’ngra mug’anniyga va oxirida esa
o’ziga murojaat qiladi.
Navoiy tasvirlagan Iskandar hech bir sulolaga mansub emas, u ota-onasidan
ayrilgan yetim boladir. Farzandsiz shoh Faylaqusning tarbiyasi tufayli u barcha
fan, hunarlarni egallaydi. Navoiy dostonda inson shaxsini shakllantirishda ta’lim-
1
Бу ҳақда қаранг: Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик. Ж.7. Хамса. Ҳарат ул-аброр. –
Т.: Фан, 1991, 254 б.
2
Бу ҳақда қаранг. Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик. Ж.16. – Т.: Фан, 2000, 215 б.
149
tarbiya, sharoit va muhit ekanini ta’kidlaydi. Shoir Iskandar xarakterini yuksak va
munosib fazilatlar egasi qilib tasvirlaydi.
Otasi vafot etgach, xalqning taklifi va iltimosiga ko’ra Iskandar hukmdorlik
taxtiga o’tiradi va adolat bilan davlatni boshqaradi. U mamlakatda adolatli tartib
o’rnatadi, xalqning arzi-dodini tinglaydi. Mazlumlarni quvvatlab, zolimlarga jazo
beradi. Iskandarning bu yo’sindagi faoliyati uning Doro Eron shohi ustidan g’alaba
qozonganidan so’ng ham ko’rinadi. Doro xazinalari Iskandarning buyrug’iga ko’ra
askarlar va elga ulashib beriladi.
Iskandar Farang, Qrim, Andalus, Misr, Iroq, Arab, Shom, Хalab, Yamanni
egallaydi. Makkani ziyorat qilib, Forsni fath etgach, shimol sari yurish qiladi.
Dashti Qipchoq, Os, Rus, Charkas, Gurji ellarini zabt etgach, Iskandar Sharqqa
yurish boshlaydi. Farxor, Movarounnahr, Chigil, Yag’mo, Chin, Hind ellarini
o’ziga bo’ysundirgan Iskandar janubga o’z yurishlarini boshlaydi. Sind, Kon,
Muqron, Хuroson, Isfahon kabi yurtlarni o’ziga qaram qiladi. Qo’lga kiritgan
mamlakatlarida Iskandariya, Samarqand, Hirot, Roy shaharlarini bunyod qiladi.
Bahor payti Iskandar Chinu Хitoyni egallab, o’z qo’shini bilan Mag’rib sari
yo’l oladi. Mag’rib elini fath etgach, Rumga ravona bo’ladi. Iskandar qo’shini
yo’lda chumoliga o’xshash odamxo’rlar guruhiga duch keladi. Bu joydan sal
narida bir go’zal vodiy bor edi. U vodiyning ikki tomonida ikki tog’ - biri oltin,
ikkinchisi kumush. Bu yerda juda ulkan qomatli vahshiylar yashaydilar. O’sha
vahshiy guruh ana shu xazinaning ajdahosi kabidir. Ular o’n kun uyg’oq bo’lib,
o’n kun uxlaydilar. Ular uxlab yotganda chumolisimon qavm ularga poyloqchilik
qiladi. Iskandar olimlar bilan maslahatlashib, u yerda yashovchi aholini
vahshiylar hurujidan saqlash tadbirini ko’ra boshlaydi.
Iskandar vahshiylar guruhini o’ziga bo’ysundirgach, chumolivor qavmni yo’q
qilmoqchi bo’ladi. Ammo vahshiylar iltimos qilib, uni bu fikridan qaytardilar.
Iskandar xarakterining eng olijanob belgisi uning Iskandar devorini bino
qilishidir. Ya’juj-ma’jujlar hujumidan xonavayron bo’lyotgan Kirvon xalqining
g’amini chekib, devor qurdiradi. Shu tufayli vodiy xalqi ofatdan qutuladilar. Na-
voiy o’z dostonini ana shu devorga nisbat berib «Saddi Iskandariy» («Iskandar
150
devori») deb atagani ham bejiz emas. Shoir Iskandar xalqparvarligining oliy
timsoli qilib shu devor qurilishini olgan. U insoniyatni ya’juj-ma’jujlar kabi balo
va ofatlardan doimo holi bo’lishlarini opzy qilgan. Navoiy adolatli hukmron
xalqqa, elga hamisha g’amxo’rlik va mehribonlik otalik va fidokorlik qilishi kerak
deb hisoblaydi.
Ya’juj-ma’jujlar tog’
bilan zulmat o’rtasida istiqomat etardilar. Ular har yili
ikki marta o’z makonlaridan chiqib vodiyga yoyiladilar. Hamma yoqni xonavayron
qilib, qo’lga tushgan narsalarni yeb, so’ng qaytib ketadilar.
Iskandar odam yuborib, Rus, Shom va Rumdan ustalar keltiradi, chuqur
xandaqlar qazdirdi; mis, ruh qalay, bronza, temir, qo’rg’oshinni eritib tog’ jinslari
bilan qorishtirdi. Iskandar qo’shini ya’jujlar bilan urush qildi, ularning ko’pi
o’ldirildi. Ammo Iskandar qo’shini ham ko’p talofat ko’rdi. Iskandarning
buyrug’iga ko’ra muhandislar uzunligi o’n ming qarn, binosi besh yuz qarn devor
qura boshladilar. Olti oy kecha-kunduz qilingan mehnat natijasida bu devor
bitkazildi.
Devorning balandligi uch yuz qarn edi. Unga zinalar yasaldi va soqchixonalar
qurildi. Ya’jujlar kelganlarida ularning tish-tirnoqlari bu devorga o’tmadi.
Iskandarning buyrug’i bilan qo’shin devor ustida turib ularni toshbo’ron qiladi.
Ya’juj-ma’jujlarning ko’pi halok bo’ldi, qolganlari qochib ketdi. Shundan sung
shoh o’z sipohlari bilan Rumga keldi.
Iskandar bir necha vaqt Rum mamlakatida turdi. So’ng u okean safarini
ixtiyor qildi. Uning buyrug’iga ko’ra minglab kemalar yasalib, sakkiz yillik yarog’
va ozuqalar olinib, safarga chiqildi. Navoiy okeanni sirlilikni saqlovchi, vahimali,
tasodiflarga boy joy sifatida tasvirlaydi. Navoiyshunos A. Erkinovning
keltirishicha, Navoiyning suv muhitining shu jihatlarini qalamga olishi Iskandar
xarakterini yaratish bilan ham bevosita bog’liqdir. Iskandar qarshiliklarni yengib,
quruqlik va olamning suvli qismiga shoh bo’ldi
1
. Iskandar shishadan sandiqqa
o’xshatib yasalgan idishga o’tirib okean tubiga tushib uning barcha g’aroyibotlarini
ko’radi. Yuz kundan so’ng u idishni suv ostidan arqon bilan tortib oladilar. Navoiy
1
Эркинов А. Навоий пейзаж устаси. – Т.: Фан, 1988. 53 б.
151
bu yerda ayrim mualliflar fikrida har xilliklar borligini aytadi. Okean tubidan
chikqach, Iskandarda go’yo avliyolik va payrambarlik alomatlari, yuz bergan
emish.
Bir yil o’tgach nihoyat, Iskandar o’z eliga yetib kelib qirroqqa chiqadi. Ammo
suv safarida uning salomatligi yomonlashgan edi. Uning kasali zo’raya borib,
mamlakatni boshqarishni podshohlikning odamlari («muluki tavoif»)ga
topshiradi va vafot etadi.
O’limi oldidan Iskandar onasiga, maktub yo’llab, onasi huzurida o’g’illik
hurmatini ko’rsata olmaganidan o’kinadi, o’zining o’limi uchun chuqur motam
tutmaslikni vasiyat qiladi. Iskandarning o’z onasiga o’limi oldidan yozgan
maktubi, dostonning eng muhim va badiiy jihatdan yuksak bir qismidir. Maktubni
jo’natgach, Iskandar o’z jasadini Iskandariyada dafn qilishni vasiyat qiladi. U dafn
paytida qo’limni tobutdan tashqariga chiqarib qo’yingiz, tokim, jahonni egallagan
bu qo’l dunyodan quruq ketayotgalini odamlar ko’rsinlar, deydi.
Iskandarning podshoh va inson sifatidagi ta’rifini berishda uning ayollarga
munosabati ham ma’lum o’rin tutadi. U Doroning qizi Ravshanakka uylanadi va
unga odob bilan muomala qiladi. Kalb harorati to’la sevgisini Kashmir go’zali
Mehrnozga bag’ishlaydi. Iskandar sevgilisining haqqoniy ta’nalarini vazminlik bi-
lan tinglaydi. Onaga bo’lgan mehr-muhabbati, unga yuragidagi eng ezgu
tuyg’ularini ifodalaganda Iskandarni oqil va donishmand farzand timsolida
ko’ramiz.
Iskandarning
adolatparvarlik
tadbirlari
dastavval
uning
davlatini
mustahkamlashga qaratilgan edi. Chunki u oqil podsho sifatida xalq ahvoli
yaxshilansa mamlakat obod, hayot farovon bo’lishini yaxshi tushunar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |