Nizomiy nomidagi тoshkenт davlaт pedagogika universiтeтi maтyoqubova тozagul rajapovna alisher navoiy hayoтi va ijodi fani bo’yicha o’quv qo’llanma



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/104
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#276765
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   104
Bog'liq
oLLVVLSJGBQnu45ThHwBmpV3vrC9RhJkPkcs8nKd

Vodiylar  ta’rifi.  Qushlar  Simurg’ni  topish  uchun  yetti  vodiydan  o’tishlari 
lozim  edi.  Dostonda  vodiylar  ta’rifi  Hudhud  tilidan  beriladi.  Birinchisi  Тalab 
vodiysidir.  Bu  vodiyga  kirganlarning  ko’ngli  istamak  azobini  chekadi.  Тopa 
olmaslik  ruhni  yaralaydi.  Kishi  bu  yo’lda  talabdan  boshqa  hamma  narsadan  voz 
kechmog’i shart. 


 
159 
Har nekim g’ayri talabdur tashlamoq, 
O’zni maqsad manziliga boshlamoq.  
Buyuk  maqsadga  intilish  kamol  baxsh  etadi  va  barkamollik  tufayli  barcha 
to’siqlar  yengib  o’tiladi.  Barkamollik  orqali  maqsad  eshiklari  ochiladi.  Uning 
qarshisida kufru din ham orqada qoladi. Тalab vodiysi kishiga ana shunday fazilat 
bag’ishlaydi.     
   Ikkinchi  vodiy  Ishqdir.  Bu  o’rinda  ishq  va  oshiqlik  haqida  so’z  yuritiladi. 
Ishq saodatbaxsh bir o’t bo’lib, uning shul’alari ufqlarni kuydirishga qodirdir. Ana 
shunday olov devonaning ko’nglida lovullab yonadi. O’zini bu o’tda kuydirmagan 
kimsa  oshiqlik  da’vosini  qilmasligi  kerak.  Oshiqning  yuragi  esao’t  gurillab 
yonayotgan  otashgohdir.  Olovdan  tutun  chiqib  turganidek,  oshiqning  ko’nglidan 
ham muttasil ohu fig’on tutunlari chiqib turadi.  
Olam o’rtar ishqdin tushgan yolqin, 
So’znok etgan havodindir chaqin. 
Ishq  havoni  shunchalar  to’ldirib  yuborganki,  bu  uchqun  chaqnashi  bilan 
butundunyoni  o’t  oladigan  darajada  porlovchi  yolqin  kelib  chiqadi.  Bundan 
keyingi  o’rinlarda  ishqning  kuydirguvchi  sifatlari,  uning  o’t,  otash,  olov  bilan 
nisbatlari ta’riflanadi.  
   Uchinchisi  Ma’rifat  vodiysidir.  Shoir  bu  vodiyda  bir-biriga  o’xshamagan 
yo’llarning  ko’pligiga  urg’u  beradi.  Har  kimning  o’zi  tanlagan  yo’li  bor  va  bu 
yo’llarni har kim o’z ixtiyori bilan tanlaydi. Yo’l xoh to’g’ri, xoh egri bo’lsin, xoh 
uzoq, xoh yaqin bo’lsin baribir bu yo’lni bosib o’tib, har biri o’z maqsadiga yetadi. 
Chunki yo’lovchilarning hammasi bitta maqsadni ko’zlagan.  
Gar suluk atvorida tag’yir edi, 
Maqsadi lekin barining bir edi. 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish