Nizomiy nomidagi тoshkenт davlaт pedagogika universiтeтi maтyoqubova тozagul rajapovna alisher navoiy hayoтi va ijodi fani bo’yicha o’quv qo’llanma


«LISON UТ-ТAYR» - FALSAFIY –MAJOZIY DOSТON



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/104
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#276765
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   104
Bog'liq
oLLVVLSJGBQnu45ThHwBmpV3vrC9RhJkPkcs8nKd

 
«LISON UТ-ТAYR» - FALSAFIY –MAJOZIY DOSТON  
Dostonning  yaratilish  tarixi.    Alisher  Navoiyning  «Lisonut-tayr»  dostoni 
1498-1499  yillarda  yaratilgan  bo’lib,  unda  shoir  o’zining  falsafiy,  tasavvufiy, 
axloqiy-qarashlarini  san’atkorona  ifodalaydi.  Ulug’  fors-tojik  shoiri  Farididdin 
Attorning  “Mantiq  ut-tayr”  dostoni  Navoiy  dostonining  yaratilishiga  sabab 
bo’lgan.  
Farididdin Attor (1119-1193) jahon she’riyati, falsafasiga katta hissa qo’shgan 
ulug’ shoir va mutafakkir, tasavvuf olamining yorqin namoyandasidir. Manbalarda 
keltirilishicha,  Attor  yuzdan  ortiq  asar  muallifidir.  Biroq  ulardan  ayrimlarigina 
bizgacha  yetib  kelgan.  Uning  “Asrornoma”,  “Ilohiynoma”,  “Musibatnoma”, 
“Тazkirat  ul-avliyo”,  “Muxtornoma”,    “Хusravnoma”,  “Mantiq  ut-tayr”  nomli 
asarlari  juda  mashhurdir.  Alisher  Navoiyning  Attor  ijodiy  merosiga  ixlosi  katta 
bo’lgan.  Shoir  Attorning  ko’pgina  asarlari  bilan  yaqindan  tanish  bo’lgan.  Ular 
orasida  “Mantiq  ut-tayr”  shoirga  o’zgacha  ta’sir  ko’rsatgan.    Navoiy  bolaligida 
sevib  o’qigan,  qattiq  ta’sirlangan  va  hayratga  tushgan  Attorning  “Mantiq  ut-tayr” 
dostoniga javoban “Lison ut-tayr” dostonini yozadi.  
“Lison  ut-tayr”ning  boshlanishida  maxsus  bobda  shoir  Attor  asarlari  va 
ta’limotini    yuqori  baholaydi.  Bunda  Navoiy  dunyo  dengiz  va  konlarida  nimaiki 
bor bo’lsa bularning barchasi Attor do’konida bor, deydi. Bu do’konda turli-tuman 
dardlarga  shifo  bo’luvchi  dori-darmonlar  borligi  aytiladi.  Bu  dori-darmonlar 
Attorning  ijod  mahsullari  bo’lib  chiqadi  va  ular  insonni  ma’naviy  tubanlikdan 
qutqarishiga ishora qilinadi.  
Asarda  Navoiy  Attor  ruhidan  madad  olib,  o’z  dostonini  yaratganini  va 
ustozidan minnatdorligini aytadi: 
Shayx ruhidan yetishdi bu madad, 
Kim bu bulbul lahni bo’ldi baland. 
Navoiy  ustoziga  o’z  extiromini  ifodalar  ekan,  Qaqnus  haqidagi  hikoyatni 
keltiradi  va  bunga  qiyosan  Attorni  Qaqnusga,  o’zini  esa  Qaqnusning  bolasiga 
o’xshatadi.  Yana  shoir  Attorni  baland  martabali  podshohga,  o’zini  esa 


 
157 
podshohning  quliga  qiyoslaydi.  Bunday  o’rinlar  Navoiyning  ustoziga  cheksiz 
hurmatini namoyon etadi.  
Doston  “Mantiq  ut-tayr”ga  nazira  sifatida  yozilgan  bo’lsa-da,  unda 
Navoiyning  o’ziga  xos  san’atkorligi  namoyon  bo’lgan.  Unda shoir  qushlar  obrazi 
va ularning sarguzashtlari orqali o’zining tabiat, ilohiyot, jamiyat va inson haqidagi 
falsafiy qarashlarini ilgari suradi. Shuningdek, real hayot voqealarini, kishilarning 
xatti-harakatlari, fe’l-atvoridagi ayrim  ziddiyatli jihatlarni ham qalamga oladi.  

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish