Dostonning tarkibiy tuzilishi. “Lison ut-tayr” 193 bobdan iborat bo’lib, 13
bobi an’anaviy muqaddimani tashkil etadi. Unda Allohga hamd, munojot,
payg’ambarga na’t, chahoryorlarga bag’ishlov hamda hikoyatlar, Shayx Farididdin
Attor madhiga o’rin berilgan. Asarning asosiy voqealari 14-bobdan boshlanadi.
Boblarda qushlarning o’zaro savol-javoblari, kichik hajmli hikoyat yoki masallarni
o’z ichiga oladi. Dostonda Hudhud boshliq qushlarning Simurg’ni izlashlari
hikoyasi asarning qoliplovchi hikoyasidir. Bu hikoya ichida juda ko’p hikoyatlar,
masallar, munozaralar beriladi. Adabiyotshunos N.Mallayev shartli ravishda
dostonni Muqaddima, Simurg’ ta’rifi, Simurg’ni izash yo’lida, Vodiylar ta’rif-
tavsifi, Munojotlar qismi va Хotimaga ajratadi
1
. Bu qismlar o’zaro bir-biri bilan
chambarchas bog’liq bo’lib, asarning asosiy g’oyasini ifodalashga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |