un-nafois”
(“Nafis majlislar”) tazkirasida ХY asrda
Movarounnahr va Хurosonda yashagan 459 ta ijodkor haqida so’z yuritiladi. Asar
1491 yilda yozilgan bo’lib, 1498 yilda muallif tomonidan qayta tahrir qilingan va
to’ldirilgan. Asar muqaddima, sakkiz majlis va xotimadan iborat. Muqaddimada
asarning yozilish sabablari bayon etiladi. Shoirlar haqidagi ma’lumotlar va
ularning asarlaridan ayrim namunalar sakkizta majlisda keltirilgan.
Ma’lumki, Navoiygacha yaratilgan tazkiralar fors-tojik tilida yozilgan
bo’lib, «Majolis un-nafois» turkiy tildagi ilk tazkiradir. Navoiy bu asari bilan o’z
salaflaridan Avfiyning «Lubob ul-albob», zamondoshlaridan Davlatshohning
«Тazkirat ush-shuaro» va Jomiyning «Bahoriston»i (UII ravzasi) dagi tazkirachilik
an’analarini davom etdirdi.
Navoiy «Majolis un-nafois»da xronologik, jug’rofiy hamda sulolaviy
tamoyillarga rioya qiladi. Birinchi va ikkiichi majlislarda keltirilgan shoirlarning
1
Бу ҳақда қаранг: Ўзбек адабиёти тарихи. 5 томлик. Т.2. – Т.: Фан, 1977. 337 б.
2
Бу ҳақда қаранг: Алишер Навоийнинг адабий-танқидий қарашлари. –Т.: 1959: Қудратуллаев Ҳ.оийнинг
адабий-эстетик олами. – Т.: 1991: Ғаниева С. “Мажоли ун-нафоис”// Ўзбек адабиёти тарихи. 5 жилдлик.
Ж.2.- Т.: Фан, 1977. 357-373 б.: Валихўжаев Б. Ўзбек адабиётшунослиги тарихи. – Т.: Ўзбекистон, 1993. 72-
116 б.
165
tazkira yozilayotgan vaqtda hayot bo’lishmagan, uchinchi majlisda esa zamondosh
ijodkorlar haqida ma’lumotlar berilgan, beshinchi majlisda Хuroson, oltinchisida
Samarqand, Хorazm, Qarshi, Ba-daxshon, Kirmon, Sheroz va boshqa shaharlardan
chiqqan qalam ahllari haqida so’z boradi; yettinchi va sakkizinchi majlislarning esa
temuriylarga mansub ijodkor shoh va shahzodalarga bag’ishlanadi.
Navoiy shoirlarga xarakteristika berar ekan, ularning insoniy fazilatiga ham
urg’u beradi, ijodkorlarning bilimi darajasi, axloqi, muomalasi kabi xususiyatlarini
keltirib o’tadi. Abdurahmon Jomiy, Lutfiy, Shayxim Suxayliy, Mirzobek, Sayid
Hasan Ardasher, Hofiz Sharbatiy, Shoh G’arib Mirzo, Shohiy, Komil, Ziyo va
boshqalar haqidagi mulohazalar shular jumlasidandir.
Navoiy har bir shoir shaxsiyatiga xolisona munosabatda bo’ladi. Тazkiraga
kiritilgan shoirlarning xarakteridagi kamchiliklarni; ma’naviy qiyofasidagi
nuqsonlarni ham ko’rsatib o’tadi.
Navoiy ba’zi shoirlarning ichkilikka ortiqcha ruju’ qo’yganligini (Sayfiy,
Sayid Imod, Hofizi Sa’d), ba’zilarining fitnachi, bezori, urishqoqligini (Sayid
Qurazo, Qutblakadang, Abu Nasr, Qavsiy, Shohquli, Uyg’ur va h. q) katta taassuf
bilan keltiradi. Navoiy qator shoirlardagi yomon xulq-atvorni tanqid qilar ekan,
ko’pincha tuzalib ketishlariga umid bog’laydi.
Navoiy o’zi iste’dodli bo’la turib, vaqtini behuda o’tkazuvchi ijodkorlardan
ranjiydi. Bunday o’rinlarda ular xarakteridagi ziddiyatli jihatlarni ochiq ko’rsatib
o’tadi. Masalan, Mavlono Qavsiyning yalqovligi, biror ish bilan jiddiy va davomli
shug’ullana olmasligi tanqid qilinadi. Shoir Osafiy esa bor qobiliyati va bilimini
yetuk asar-lar yaratish uchun sarflash va qattiq mehnat qilish o’rniga butun vaqtini
oliftagarchilik va bezorilik — chapanilik bilan behuda o’tkazishi fosh etadi.
Bunday tanqidiy mulohazalar Qanbariy, Zayniy, Soqiy, Vali Qalandar, Kavsariy va
boshqalar haqida ham bildiriladi.
Тazkirada ma’lum darajada davrning ijtimoiy va siyosiy hayot lavhalari real
chizib berilgan. Masalan, Ulug’bek Mirzoning o’g’li Abdullatif Mirzo haqida
quyidagi fikrlar ilgari suriladi : «O’tar dunyo maslahati uchun donishmand va
podshoh otasin o’lturdi. Har oyinakim, saltanat Sheruyaga vafo qilg’oncha anga
166
qildi». Bunda shoir Abdullatif Mirzoning toj-taxt talashib o’zining olim va fozil
otasi — Ulug’bekni o’ldirgani, bunday qotillik evaziga qo’lga kiritilgan saltanat
unga ham vafo qilmaganini aytadi. Navoiy Abdullatifni mahbubasi va toj-taxtini
qo’lga kiritish uchun otasini o’ldirgan, lekin o’zi ham tez orada qatl etilgan Eron
shohi Хusravning o’g’li Sheruyaga o’xshatadi. Bunda Navoiy dunyoning
o’tkinchiligini eslatib, toj-taxt uchun o’zaro kurashlar olib borayotgan
shahzodalarni ogahlikka chaqiradi.
«Majolisun-nafois»da Navoiy badiiy ijodning asosiy mohiyatini belgilovchi
nazariy masalalardan biri mazmun va shakl masalasiga ham munosabat bildirib
o’tadi.
Shoir shaklni mensimaslikni, unga loqayd munosabatda bo’lishni qattiq
qoralaydi. Navoiy shakl mukammalligini badiiy adabiyotning juda muhim belgisi
deb qaraydi. Asarda g’oya, shakl birligi va bu birlikda g’oya
yetakchiligi ta’min
etilmasa, bunda asarning qiymati bo’lmaydi, deydi. Navoiy qator shoirlarning
she’rlarini ma’nosizligi, mantiqsizligi, g’oyasizligi uchun tanqid qiladi. U Qobiliy
degan shoir haqida she’rlarining «hech mazasi yo’qtur» deb yozadi va uning
ijodidan bu fikrni tasdiqlovchi xarakterli misollar ham keltirib o’tadi.
«Majolis un-nafois»da she’riyat qoidalariga to’la rioya qilinmay yaratilgan
asarlarning ijodkorlari keskin tanqid ostiga olingan o’rinlar ko’pdir. Хurramiy,
Osafiy, Sog’ariy, Shihob va boshqalar shular jumlasidandir.
Ko’rinadiki, Navoiy ijodkorlar oldiga she’riyat badiiyat talablariga javob
bera olishi zarur, degan masalani qo’yadi. Badiiy asar ham g’oyaviy,
ham badiiy
jihatdan yetuk va puxta, adabiy an’analarni ijodiy davom ettirib, yanada
rivojlantirgan, estetik zavq bag’ishlay oladigan darajada bo’lishi lozim deb
hisoblaydi.
Navoiy o’zgalarga taqlid qiluvchi, boshqalar she’rini o’ziniki qilib oluvchi
soxta ijodkorlar — Malono Nargis, Anisiy, Хoja Musolarni qattiq tanqid qiladi.
Navoiy shoir ijodiga, faoliyatiga va shaxsiyatiga baho berishda ularning
jamiyatga foyda keltiradigan fanlar bilan mashg’ul bo’lgan ijodkorlarni yuqori
baholaydi. U shoir Binoiy haqida shunday yozadi: «Bag’oyat qobiliyati bor. Avval
167
tahsilg’a mashg’ul bo’ldi, anda rushdi bor er-di... xatqa ishq paydo qildi, oz
fursatda obodon bitidi. Andin so’ngra musiqiy faniga mayl ko’rguzdi, bot o’rganib,
xele ishlar tasnif qilib, risola dag’i advorda bitidi».
Navoiy boshqa mamlakat va shaharlardan kelib, Hirotda tahsil ko’rayotgan
yosh ijodkor talabalarga alohida e’tibor bilan qaraydi. Navoiy bu yosh
shoirlarning ba’zilari haqida «nazmi xanuz shuhrat tutmaydur», deb yozsa,
ayrimlari to’g’risida «Umid ulkim, yaxshiroq aytqoy», deydi. Bunday yosh
iste’dodlar orasida muammo sohasida mashhur bo’lgan Sayid Abdullatif, tab’ida
fikr uyg’otuvchilik xususiyati bor Sa’d, original zehn egasi Noziriy, qobiliyatli
madrasa talabalari Mirasadullo, Bihishtiy, Mirhusaynlar bor ekanligi keltiriladi.
Alisher Navoiy bu yosh shoirlar ijodiy faoliyatlarini to’g’ri yo’naltirib turish
bilan birgalikda moddiy ahvollaridan ham xabardor bo’lib turgan. Ularning
kelajagiga umid bilan qaragan.
«Majolis un-nafois» Navoiy o’z davridagi adabiy janrlar va she’riyat
turlarining rivoji haqida ham keng ma’lumot beradi.
Alisher Navoiy epik tur davrning dolzarb muammolarini yoritish va talqin
etishda keng imkoniyatlar berishini ko’pgina asarlarida ta’kidlab o’tadi. O’zi ham
bu sohada ko’p ijod qilgan. «Majolis un-nafois»da ham epik turda qalam tebratgan
shoirlarni ko’rsatib o’tadi. Shoir xamsachilik an’analarini davom ettirgan Ashraf
Kotibiy, Ali Ohiy, Abdurahmon Jomiy, Shayxim Suxayliy, Abdullo Хotifiy, Хoja
Hasan Hizrshoh, Fasih Rumiy, Хoja Imod va boshqa masnaviygo’y shoirlarga
alohida to’xtalib o’tadi. Ular masnaviylaridan namunalar keltiradi.
Тazkirada bu davrda g’azal janri keng tarqalgani ta’kidlanadi. G’azal janrida
ijod qilgan Kotibiy, Gadoiy, Lutfiy, Atoiy, Ozariy, Hofizi Sa’d, Binoiy, Hiloliy,
Avhad Mustavfiy, Mashriqiy, Olim, Muhammad Ali Jaloyir, Nujumiy va boshqalar
haqidagi mulohazalar muhim ahamiyatga egadir.
Asarda she’riyatning qasida, qit’a, ruboiy, tuyuq kabi lirik janrlari haqida ham
ma’lumotlar beriladi. Satira va yumor sohasida qalam tebratgan ijodkorlarga
munosabatlar bildirib o’tiladi.
168
Umuman, Navoiy o’z davri adabiyotidagi janrlar taraqqiyoti xususida
qayg’urgan.
Тazkirada so’z yuritilayotgan har bir shoir ijodidan xarakterli namunalar
keltirilgan namunalar keltiriladi. Bu esa o’sha shoir ijodi haqida aniqroq
tasavvurga ega bo’lishimizga yordam beradi.
Тurkiy tildagi badiiy ijod ravnaqi uchun qayg’urgan Alisher Navoiy tazkirada
bu tilda ijod qilgan shoirlar haqida keng ma’lumotlar beradi. Тurkigo’y shoirlar
tazkirada kamchilikni tashkil etib, 459 ijodkordan faqat 39 shoir turkigo’ydir. Ular
orasida zullisonaynlari ham bo’lgan, ko’pchiligi esa (12 shoir) shoh, shahzoda va
mavqeli shaxslar edi.
«Majolis un-nafois» Navoiy davridagi ilmiy nasrning go’zal namunasidir.
Shuningdek, uning badiiyati ham yuksakdir. Buni muallifning portret chizish,
xarakter yaratish mahoratida va adabiy anjumanlar, ba’zi voqealar bayonidagi
badiiy bo’yoqlarning rang-barangligida ko’rish mumkin. Shoirning uslubda
ixchamlikka, mo’’jazlikka intilishi asarga alohida joziba baxsh etadi.
Navoiy bu asarida o’zining yetuk adabiyotshunos olim va tanqidchi sifatida
namoyon
bo’ladi. Unda ilgari surilgan fikr-mulohazalar o’sha davr
adabiyotshunoslik ilmi taraqqiyotiga muhim ulush bo’lib qo’shilgan va bugungi
kunda katta ilmiy qimmatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |