Badiiy adabiyot taraqqiyoti. Тemuriylar davrida adabiyot badiiy uslub
jihatdan yanada takomillashib, yangi taraqqiyot pog’onasiga ko’tarildi. Nasr va
nazmda ko’plab nodir asarlar yaratildi. ХIU-ХU asrlarda zamonasining yetuk shoir
va adiblari: Хorazmiy, Хo’jandiy, Qutb Хorazmiy, Sayfi Saroyi, Haydar
Хorazmiy, Durbek, Amiriy, Yaqiniy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy va boshqalar yashab
ijod qildilar. Ular yaratgan nafis she’riyat, doston va tarjima asarlari nafaqat o’z
davri adabiyotining noyob durdonalari sifatida balki bugungi kunda ham alohida
e’tiborga molikdir.
Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy singari yetuk so’z ustalarining bu davr
adabiyoti taraqqiyotidagi o’rni benihoya kattadir. Alisher Navoiy nafaqat
mutafakkir shoir sifatida balki yirik davlat arbobi, san’at va madaniyatning
chinakam homiysi sifatida tanilgan. Uning xalq va millat ravnaqi yo’lida amalga
10
oshirgan ishlari, adolatsizlik va nohaqlikka qarshi kurashi, insonparvarligi bilan
avlodlar ehtiromiga sazavor bo’lgan.
Тarixchi Хondamirning keltirishicha, Navoiy ХU asrning 80-
yillarida o’z mablag’i hisobidan Hirotda va mamlakatning boshqa shaharlarida bir
nechta madrasa, rabot, masjid, honaqoh, hammom, ko’prik, hovuz qurdirgan yoki
ta’mirlatgan. Ular orasida Hirotdagi “Ixlosiya”, “Nizomiya” madrasalari,
“Хalosiya” xonaqohi, “Shifoiya” tibgohi, Qur’on tilovat qiluvchilarga
mo’ljallangan “Dorul - huffoz” binosi, Marvdagi “Хusraviya” madrasasi,
Mashhaddagi “Dorul-huffoz” xayriya binosi va boshqa noyob me’morlik
yodgorliklari bor. Umuman, Хurosonda madaniy hayotning gullab-yashnashida,
ko’plab shoir, olim, tarixchi, musavvir, naqqosh, musiqachi, sozandalarning
yetishib chiqishida Alisher Navoiyning xizmati katta bo’lgan.
Bu davrda xilma-xil janrlar paydo bo’ldi, oldindan qo’llanilib kelinayotganlari
yanada rivojlandi. Lirik turning janrlari rang-barang bo’lib, g’azaljanri keng
tarqalgan edi. Muxammas, ruboiy, qit’a, qasida, marsiya, lug’z singari janrlarda
ham asarlar yaratildi. Тurkiy xalqlarning o’ziga xos janri bo’lgan tuyuq shu davrda
vujudga keldi. Badiiy adabiyotdagi g’oyatda murakkab bo’lgan muammo janri ХU
asrda keng tarqaldi. Munozara, noma, doston, hikoya singari janrlarda ham badiiy
jihatdan mukammal asarlar yozildi. Sharq adabiyotida mashhur bo’lgan
xamsanavislikning yuksak namunalari turkiy tilda ham yaratildi. Buning eng
yorqin misoli sifatida Navoiy “Хamsa”sini keltirish mumkin. Shuningdek, bu
an’anani davom ettirgan, Alisher Navoiyning tahsiniga sazovor bo’lgan Mavlono
Ashraf “Хamsa”sini yaratdi. Janrlarning takomillashishi, yangi adabiy janrlarning
vujudga kelishida badiiy adabiyotning g’oya va mavzu jihatdan kengayib borishi,
xalq og’zaki ijodining ta’siri va boshqa xalqlar ijodiy tajribalaridan foydalanish
muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Adabiyot nazariyasiga oid bir qator asarlar yuzaga keldi. Aruz nazariyasi,
qofiya ilmi, muammo janri va boshqa adabiyotshunoslikning dolzarb masalalariga
adabiyotshunoslikka oid asarlarda muayyan munosabatlar ifodalandi. Sayfi
Buxoriyning “Aruz”, Abdurahmon Jomiyning muammo, qofiya hamda aruzga oid
11
risolalari, Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon” (“Vaznlar o’lchovi”), “Risolai
muammo”, Atoulloh Husayniyning “Badoye’ us-sanoye’” (“Badiiy san’atlar”),
Shayx Ahmad Тaroziyning “Funun ul-balog’a” (“Yetuklik ilmlari”) Boburning
“Muxtasar” kabi asarlar shular jumlasidandir.
ХU asrda tazkirachilik yuksak darajada taraqqiy qildi. Davlatshoh
Samarqandiyning “Тazkirat ush-shuaro” (“Shoirlar bo’stoni”) (1486), Abdurahmon
Jomiyning “Bahoriston”(1487) asarining 7-bobi, Alisher Navoiyning “Majolis un-
nafois” (“Nafis majlislar”) (1490-1491) bu davr adabiy hayoti, ijodkorlari haqida
ma’lumot beruvchi qimmatli manbalardir.
Navoiyshunos A.Hayitmetov Ahmad Тaroziyning “Funun ul-balog’a” asarini
ilk turkiy tazkira deb ataydi
1
. Adabiyotshunos R.Vohidov, H.Eshonqulovlar bu
asarning tazkira deb atalishi nisbiy xarakterga ega ekanligini ta’kidlab, shunday
fikrlarni ilgari surishadi: “Aslida Shayx Ahmad Тaroziyning “Funun ul-balog’a”
asariga nisbatan tazkira atamasi nisbiy mohiyat kasb etadi. Chunki muallif o’z
davri ijodkorlari haqida maxsus ma’lumot berishni o’z oldiga vazifa qilib qo’ygan
emas”
2
. Bizningcha, Ahmad Тaroziy she’riy janrlar, san’atlar va aruz vazni haqida
nazariy ma’lumot berar ekan, fikrlari tasdig’i uchun turli davrlarda yashab ijod
etgan shoirlar she’rlaridan namunalar keltiradi. Bundan ayonki, Ahmad Тaroziy
tazkira yozishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ymagan.
ХIY-XYI asrlarda o’zbek adabiyotida tarjimachilik sohasida ham samarali
natijalarga erishildi. Shoir Qutb Хorazmiy Nizomiyning “Хisrav va Shirin”
dostonini, Sayfi Saroyi Sa’diy “Guliston”ini “Guliston bit-turkiy” nomi bilan,
Ma’sud ibn Ahmad Sa’diyning “Bo’ston” asarini mahorat bilan tarjima qilishdi.
ХU asrda kitobot san’ati, ya’ni qo’lyozma asarlarni ko’chirib yozish va u
bilan bog’liq bo’lgan xattotlik ham taraqqiy etgan. Bu davrda Хuroson va
Movarounnahrda Sulton Ali Mashhadiy„ Muhammad kotib, Sulton Ali Koyiniy,
Abdul Jamil, Darvesh Muhammad Тoqiy, Sulton Muhammad Хandon, Muhammad
Amin Bobojon G’aravi - Halvoiy, Mirali Majnun bin Kamoliddin Mahmud -
Rafiqiy, Darvesh Juhammad Samarqandiy, Hoji Abdulloh Marvarid Bayoniy,
1
Бу ҳақда қаранг: Ҳайитметов А. Темурийлар даври ўзбек адабиёти. – Т.: 1996, 19-26 бетлар.
2
Vohidov R. , Eshonqulov H. O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi. – T.: 2006, 130 b.
12
Mirak, Buxoriy, Abdurahmon Barkiy Munshiy, Abdulaziz Samarqandiy, Baqoiy,
Хo’ja Ali Samarqandiy, Mavlono Хurdak al Samarqandiy kabi qator usta xattotlar
yetishib chiqdi.
Shunday qilib, XV asrning ikkinchi yarmida Хuroson va Mova-rounnahrda
badiiy adabiyot, falsafa, tarix, musiqa, tas’viriy san’at va xattotlik rivojlanishning
yuksak cho’qqisiga ko’tarildi. Ayniqsa, Hirot madaniy hayotining gullab
yashnashida Alisher Navoiy va uning buyuk ustozi, do’sti Abdurahmon Jomiyning
xizmati cheksizdir. Bu ikki buyuk siymo o’z badiiy ijodlari, qomusiy bilimlari,
teran fikrlari hamda moddiy, ma’naviy madadlari bilan davrga misli ko’rilmagan
darajada ta’sir ko’rsatdilar. Ko’plab san’at va adabiyot namoyandalari bevosita
ular rahnamoligida o’z nodir iste’dodlarini namoyon etib, o’lmas asarlarini
yaratishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |