Nizomiy nomidagi тoshkenт davlaт pedagogika universiтeтi maтyoqubova тozagul rajapovna alisher navoiy hayoтi va ijodi fani bo’yicha o’quv qo’llanma



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/104
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#276765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Bog'liq
oLLVVLSJGBQnu45ThHwBmpV3vrC9RhJkPkcs8nKd

SO’ZBOSHI 
Istiqlol  yillarida  mumtoz  adabiy  merosimiz,  xususan,  Alisher  Navoiy  ijodiga 
munosabat  tubdan  yangilandi.  Endilikda  ulug’  shoir  adabiy  merosini  chuqurroq 
tadqiq  etish,  u  ilgari  surgan  g’oyalarning  falsafiy  asoslarini  teranroq  anglash, 
asarlarida ifodasini topgan komil inson muammosi mohiyatini tushunishga alohida 
e’tibor berilmoqda. 
Alisher  Navoiy  xalqimiz  ma’naviy  dunyosining  shakllanishiga  katta  ta’sir 
ko’rsatib kelgan buyuk siymolardan biridir. Bugungi kunda yoshlar qalbida milliy 
g’urur,  o’zlikni  anglash,  go’zallik  va  nafosatga  shaydolik  tuyg’ularini  kamol 
toptirishda Navoiy asarlari muhim manba bo’la oladi. Zero, ulug’ san’atkor asarlari 
mohiyatiga  singdirilgan  insonparvarlik,  xalqparvarlik,  adolat,  haqiqat,  imon-
e’tiqod  yetukligi,  shukronalik, sabr-qanoat,  kelajakka umidvorlik  singari  g’oyalar 
barcha davrlarda ham insoniyat ma’naviy kamoloti uchun muhimdir.  
Respublikamiz  Prezidenti  I.A.Karimov  mumtoz  adabiyotimiz,  xususan, 
Alisher  Navoiy  ijodiy  merosini  yuksak  ma’naviy  qadriyat  sifatida  alohida  e’tirof 
etadilar. Prezidentimiz Navoiyning xalqimiz ma’naviy taraqqiyotidagi xizmatlarini 
munosib  baholab,  shunday  deydilar:  “Alisher  Navoiy  xalqimizning  ongi  va 
tafakkuri,  badiiy  madaniyati  tarixida  butun  bir  davrni  tashkil  etadigan  buyuk 
shaxs,  milliy  adabiyotimizning  tengsiz  namoyandasi,  millatimizning  g’ururi, 
sha’nu sharafini  dunyoga tarannum qilgan  o’lmas  so’z  san’atkoridir.  Ta’bir joiz 
bo’lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so’zlovchi biron-bir inson yo’qki, u Navoiyni 
bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa. Agar bu 
ulug’  zotni  avliyo  desak,  u  avliyolarning  avliyosi,  mutafakkir  desak, 
mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”
1
. 
Darhaqiqat,  inson  qalbining  quvonchu  qayg’usini,  ezgulik  va  hayot 
mazmunini  Navoiydek  teran  ifoda  etgan  shoir  jahon  adabiyoti  tarixida  kamdan-
kam  topiladi  va  bu  yetuk  mutafakkir  bizning  bobokalonimiz  ekanligidan 
faxrlanishimiz zarur. Zero, ona tiliga muhabbat, milliy g’urur singari tuyg’ular ham 
bizning  ongu  shuurimizga  dastavval  Alisher  Navoiy  asarlari  bilan  kirib  keladi. 
                                                           
1
 Каримов И. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008, 47 б.  


 

Хalqimizni,  ayniqsa  yoshlarni  Navoiyning  bebaho  merosidan  bahramand  etsak, 
madaniy  yuksalishimizda,  jamiyatimizda  ezgu  insoniy  fazilatlarni  kamol 
toptirishimizda  shunchalik kuchli  ma’naviy  qurolga  ega bo’lamiz. Shuning uchun 
ham  Alisher  Navoiy  asarlarini  o’qib-o’rganish,  shoir  ilgari  surgan  yuksak 
gumanistik  g’oyalarning  mohiyatini  tushunib  yetish  mamlakatimizning  har  bir 
fuqarosi 
uchun 
g’oyatda 
muhimdir. 
Shuni 
e’tiborga 
olgan 
holda 
universitetimizning  barcha  fakultetlarida  “Alisher  Navoiy  hayoti  va  ijodi”  nomli 
tanlov  fani  o’qitilmoqda.  Shoir  asarlari  bilan  yaqindan  tanishib,  uning  ezgu 
ideallarini  o’z  ongi  va  shuuriga  singdiradigan  barkamol  avlod  vakillari  qaysi 
ixtisoslik  egasi  bo’lishiga  qaramasdan,  biz  qurayotgan  erkin  va  farovon  fuqarolik 
jamiyati,  ozod  va  hur  millatimiz  kelajagi  uchun  fidoyi  inson  bo’lib  yetishishiga 
ishonamiz. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunnning 17 yilligiga 
bag’ishlangan  tantanali  yig’ilishda  so’zlagan  nutqida  respublikamiz  Prezidenti 
I.A.Karimov  yoshlarimiz  har  tamonlama  kamol  topgan  barkamol  avlod  sifatida 
hayotga  kirib  borishlari  zarurligini  nazarda  tutib:“Bugun  hech  kimga  sir  emaski, 
biz yashayotgan ХХI asr – intellektual boylik hukmronlik qiladigan asr. Kimki bu 
haqiqatni  o’z  vaqtida  anglab  olmasa,  intellektual  bilim,  intellektual  boylikka 
intilish  har qaysi  millat  va davlat uchun  kundalik  hayot  mazmuniga  aylanmasa  – 
bunday  davlat  jahon  taraqqiyoti  yo’lidan  chetda  qolib  ketishi  muqarrar”
1
,-degan 
edi.    Mazkur  fikrlar  to’la  ma’noda  oliy  o’quv  yurtlarida  tahsil  olib,  zamonaviy 
bilim va ko’nikmalarni egallayotgan yoshlarimizga ham daxldordir. 
Shu kungacha mazkur tanlov fani uchun o’quv qo’llanmasi yaratilmagan edi. 
Ana shu bo’shliqni to’ldirish ehtiyoji tufayli yuzaga kelgan bu o’quv qo’llanmada 
Alisher  Navoiy  yashagan  adabiy-madaniy  muhit,  ulug’  mutafakkirning  hayoti  va 
ijodiy  yo’li,  lirik  merosi,  xamsachilik  an’analari  taraqqiyotiga  qo’shgan  hissasi, 
ilmiy  va  nasriy  asarlari  haqida  atroflicha  ma’lumotlar  beriladi.  Qo’llanmadagi 
mavzularni yoritishda navoiyshunoslikda mavjud fikr-qarashlarga tayanildi va ular 
imkon qadar yangicha tushunchalar bilan boyitildi. 
                                                           
1
 Каримов И.А. Миллат таянчи, тараққиёт гарови./ “Ўзбекистон адабиёти ва санъати”, № 50 (4033),   
 2009, 11 декабрь. -Б: 2.   


 


Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish