Nizomiy nomidagi тoshkenт davlaт pedagogika universiтeтi maтyoqubova тozagul rajapovna alisher navoiy hayoтi va ijodi fani bo’yicha o’quv qo’llanma


Madaniy  va  adabiy  hayotning  yuksalishi



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/104
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#276765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Bog'liq
oLLVVLSJGBQnu45ThHwBmpV3vrC9RhJkPkcs8nKd

Madaniy  va  adabiy  hayotning  yuksalishi.  Тemuriylar  hukmronligi  davrida 
Хuroson va Movarounnahrda Samarqand, Hirot, Buxoro singari shaharlarda olim, 
muhandis,  bastakor,  me’mor,  naqqosh,  musavvir,  shoirlar  guruhi  to’plangan  edi. 
Amir Тemur, Shohruh Mirzo, Mirzo Ulug’bek, Abulqosim Bobir va Sulton Husayn 
Boyqaro zamonida ilm-fan, madaniyat va san’atning ko’p sohalari yuksaldi. 
Тemuriy  shahzodalarning  ko’pchiligining  san’at  va  adabiyot  bilan  qiziqishi 
natijasida  bu  sohalar  taraqqiy  etdi.  Bu  haqda  Alisher  Navoiyning  “Majolis  un-
nafois”,  Boburning  “Boburnoma”  asarlarida  qimmatli  ma’lumotlar  berilgan.  Ilm-
fan,  san’at  va  adabiyotga  ixlosmand  temuriy  shahzodalardan  biri  Shohruh 
Mirzoning  o’g’li  Boysung’ur  (1397-1433)dir.  Boysung’ur  haqida  Alisher  Navoiy 
«Majolis  un-nafois»  asarida  shunday  yozadi:  «Boysung’ur  Mirzo  —  xushtab’  va 
saxiy  va  ayyosh  hunarparvar  podshoh  edi.  Хattot  va  nakqosh  va  sozanda  va 
go’yandadin  muncha  benazir  kishikim,  aning  tarbiyatidin  opag’a  kirdi,  ma’lum 
emaskim,  hech  podshoh  zamonida  paydo  bo’lmish  bo’lg’ay.  Ulcha  imkoni  bor, 
olamni  xushluq  bila  o’tkardi»
1
.  Boysung’ur  Mirzo  insonparvar,  adolatli,  ilm-fan 
ahliga muruvvatli hukmdor bo’lish bilan birga o’zi ham g’azallar yozgan, xattotlik 
va naqqoshlik san’atini mukammal egallagan. Boysung’ur tashabbusi bilan tashkil 
etilgan Hirot kutubxonasida noyob qo’lyozmalar jamlangan. Mazkur kutubxonada 
ayniqsa,  Husayn  Boyqaro  davrida  juda  ko’p  xattotlar,  miniatyurachilar, 
tilshunoslar,  adabiyot  ahli  to’plangan  ediki,  ularning  har  biri  o’z  sohalarini 
mukammal  o’zlashtirgan  yetuk  san’at  ahli  edilar.  Uning  rahbarligi  va  bevosita 
ishtirokida  Abulqosim  Firdavsiy  “Shohnoma”sining  ilmiy-tanqidiy  matni  tuzilgan 
bo’lib, unga Boysung’urning  o’zi so’zboshi yozgan edi. 
Samarqandda  ilm-fan,  san’at  va  madaniyatning  gullab  yashnashida  Mirzo 
Ulug’bekning hissasi katta bo’lgan. U mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotini 
boshqarish  bilan  birga  ilmiy  ishlar  bilan  ham  shug’ullandi.  Mamlakat  ravnaqi, 
ma’naviy  kamolotida  ilm-fanning  roli  naqadar  katta  ekanligini  yaxshi  tushungan 
Ulug’bek  o’z  atrofiga  bir  guruh  olimlarni  to’plagan  edi.  Ulug’bek  Samarqand  va 
Buxoroni  ilmu  ma’rifat  markaziga  aylantirishga  harakat  qildi.  Ulug’bekning 
                                                           
1
 Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик. Т.13. – Т.: Фан, 1997. – Б. 166 


 

astronomiyaga  ixlosi  katta  bo’lgan.  U  1018  yulduzning  holat  va  harakatini 
o’rganib, “Zichi Ko’ragoniy” nomli astronomik jadvalini yaratadi.  
Ulug’bek  Mirzo  ko’plab  madrasalar  barpo  etgan    va  bu  ilm  dargohlari 
zamonasining dorilfunini hisoblangan. Ularda Qur’on, hadis, tafsir, fiqh, riyoziyot, 
jo’g’rofiya,  ilmu  aruz,  arab  tili  va  uning  morfologiyasi  singari  dunyoviy  ilmlar 
o’qitilgan.  
Husayn  Boyqaro  (1438-1506)  davrida  Hirot  Sharqning  fan,  madaniyat, 
hunarmandchilik  rivojlangan  yirik  markaziga  aylangan.  U  hukmronlik  qilgan 
davrda turli mamlakatlardagi iste’dod egalari Hirotga panoh axtarib kelganlar. Bu 
davrda til, adabiyot, tarix, tasviriy san’at, xattotlik, kitobot san’ati, tabobat, musiqa 
va  boshqa  sohalar  rivojlangan.  Hirot,  Mashhad,  Marv,  Nishopur  singari 
shaharlarda  ko’plab  noyob  obidalar  barpo  etilgan.  U  Jomiy,  Navoiy  singari 
iste’dod egalarini har jihatdan qo’llab-quvvatlagan. Dunyoga mashhur shoir, olim, 
muarrih, musiqachi, hattot va naqqoshlari shu zamonda yetishib chiqqanlar va faol 
ijod qilganlar.   
Husayn  Boyqaro  ijodkorlarni  turkiy  tilda  yozishga  da’vat  qilgan.  She’riyat 
kechalari  tashkil  etgan,  shoirlarga  rahnamolik  qilgan.  O’zi  ham  badiiy  ijod  bilan 
shug’ullanib, “Husayniy” taxallusi bilan she’rlar yozgan. Undan bizgacha she’rlar 
devoni va Navoiyga bag’ishlangan “Risola” asari yetib kelgan.   

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish