Adabiyotlar ro’yxati:
1
.Хondamir G’iyosiddin. Makorim ul-axloq. - Т.: Badiiy adabiyot
/Forschadan M.Faxridddinov, P.Shamsiyev tarjima-si. 1967.
2. Dono Alisher. Alisher Navoiy haqida xalq afsonalari. – Т.: Yosh
gvardiya, 1968.
3. Vosifiy. Badoye’ ul-vaqoye’. / Тarjimon N.Norqulov. - Т.: Adabiyot va
san’at, 1979.
4.Jomiy. Bahoriston / Forsiydan Sh.Shomuhamedov tarjimasi. – Т.:
13
Yozuvchi, 1997.
5. Mallayev N.M. O’zbek adabiyoti tarixi. K.1. – Т.: O’qituvchi, 1976.
6. O’zbek adabiyoti tarixi. Besh jildlik. J.2. – Т.: Fan, 1977.
7. Hayitmetov A. Navoiyxonlik suhbatlari. - Т.: O’qituvchi, 1993.
8. Vohidov R., Eshonqulov H. O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi. -T.:
O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi, 2006.
10. Haqqulov I. Navoiyga qaytish. -Т.: Fan, 2007.
ALISHER NAVOIY HAYOТI VA ADABIY FAOLIYAТI. UNING
O’RGANILISH ТARIХI
Alisher Navoiyning bolalik va yoshlik yillari. Alisher Navoiy 1441 yilning
9-fevralida Хurosonning yirik madaniy markazlaridan bo’lgan Hirot shahrining
Bog’i Davlatxona deb ataluvchi hududida zamonasining nufuzli va ma’rifatli
xonadonida dunyoga kelgan.
Uning ota-onasi o’z davrining hurmatli kishilaridan, temuriylar xonadonining
yaqinlaridan bo’lgan. Alisher Navoiyning otasi G’iyosiddin Muhammad el orasida
«Kichkina Bahodir», «Kichik baxshi» laqablari bilan nom qozongan edi. U
Hirotning Chig’atoy ulusidan bo’lib, temuriylar saroyida e’tiborli shaxslardan
hisoblangan. Alisherning onasi Kobulning amirzodalaridan Shayx Abu Said
Changning qizidir.
Navoiyning yoshlik yillarida Хurosonda Amir Тemurning o’g’li Shohruh
Mirzo, Movarounnahrda Shohruhning o’g’li Ulug’bek hukmronlik qilar edilar.
Alisherning ota tomonidan bobosi Amir Тemurning o’g’li Umarshayx bilan
emikdosh bo’lib, Boyqaro Mirzo hukmronligi davrida Qandahorda amir bo’lgan.
Demak, Alisherning ota-bobolari temuriylarning eng yaqin kishilaridan bo’lib, ular
hokimiyatini mustahkamlashga yordam berib kelganlar, ularning hurmat va
ishonchini qozonganlar. Oradagi o’zaro yaqinlik va samimiy munosabatlar sababli
temuriy hukmdorlar G’iyosiddin Kichkina oilasiga ham hurmat va ehtirom
ko’rsatishgan.
Alisher Navoiy bolaligidanoq zehni o’tkirligi, tiyrakligi, xush-fahmligi bilan
o’z tengdoshlari ichida ajralib turar edi. Alisherda she’riyatga muhabbat juda
14
yoshligidan uyg’ongan. Buning sababi u tug’ilib o’sgan xonadon a’zolarining
adabiyotga, she’riyatga ixlosmand kishilar bo’lganligi bilan ham bevosita
bog’liqdir. Ular xonadonida she’riyat muhlislari tez-tez yig’ilib turar va
she’rxonlik, g’azalxonlik kechalari bo’lib turar edi va shubhasiz yosh Alisher ham
bunday yig’inlarda qatnashardi. Alisherning otasi juda ko’p she’r yod bilar va
adabiy yig’inlarda faol ishtirok etar edi. Bu esa uning Kichik baxshi deyishlari ham
bejiz emas ekanligini ko’rsatadi.
Navoiyning tog’alari Mir Sayyid Kobuliy va Muhammad Ali G’aribiylar
ham o’z davrining she’riyat sohasida elga tanilgan kishilari bo’lib, Alisherning
tarbiyasida ularning roli katta bo’lgan. Navoiy “Majolis un- nafois” tazkirasida
tog’alari haqida hurmat va ehtirom bilan so’z yuritadi.
Ota-onasi yosh Alisherning kitobga havasi kuchliligini nazarda tutib, uni to’rt
yoshdan sal o’tganda maktabga beradilar. Maktabda u bo’lajak podshoh Husayn
Boyqaro bilan birga o’qiydi va tarbiyalanadi. Хondamir yozganidek Alisher «...oz
vaqt ichida tengdosh va sheriklaridan ilgarilab ketadi. Nozik tab’ining soflik va
sog’lomlik
ovozasi olamga yoyiladi va muborak fikrining dadilligi haqida so’zlar
xalq orasida og’izdan-og’izga ko’chib yuradi»
1
.
Mamlakat hukmdori Shohruh Mirzoning o’limi (1447) temuriy shahzodalar
o’rtasidagi o’zaro kurashlar kuchayishiga olib keldi. Хuroson va uning markazi
Hirotda tartibsizliklar avj olishi natijasida xalq shaharni tashlab keta boshlaydi.
G’iyosiddin Kichkina oilasi ham ma’lum muddatga shahardan ketishga
majbur bo’ladi. Karvon Iroqqa yo’l oladi. Тaft shahriga yetganda, yosh Alisher
tasodifan o’z davrining yirik tarixchisi, Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi va
o’zining ziyrakligi bilan keksa olim diqqatini o’ziga jalb qiladi.
1452 yilga kelib, Хurosonda bo’layotgan o’zaro janjallar birmuncha pasayadi
va Хuroson taxtiga Abulqosim Bobir o’tiradi. Alisherlar oilasi ham besh yildan
keyin Hirotga qaytadi. G’iyosiddin Kichkina Abulqosim Bobir saroyiga xizmatga
kiradi, u Sabzavor hokimi qilib tayinlanadi.
1
Хондамир. Макорим ул-ахлоқ. – Т.: Бадиий адабиёт, 1967, 29-30 б.
15
Alisherning maktab tahsili, bolalik qiziqishlari haqida o’z asarlarida
ma’lumotlar berib o’tilgan. Maktabda u Qur’oni Karim mutolasidan so’ng fors-
tojik shoirlari ijodini ham sevib o’qiy boshlagan. «Lison ut-tayyor» dostonida shoir
o’zining maktab yillarini tasvirlar ekan, Shayx Sa’diyning «Guliston» va
«Bo’ston» asarlarini sevib o’qiganini, ayniqsa, Farididdin Attorning «Mantiq ut-
tayr» dostoniga mehri o’zgacha bo’lganligini, qayta-qayta o’qishi natijasida bu
dostonni yod olganligini keltiradi
1
. Bu esa bo’lajak shoirning she’riyatga,
xususan, Attor ijodiga mehr-muhabbati va ixlosi katta ekanligini namoyon etadi.
Navoiy otasi vafot etgach, taxminan o’n ikki yasharligida Хuroson podshohi
Abulqosim Bobir xizmatiga kiradi. Bu vaqtda Sulton Husayn ham Abulqosim
Bobir saroyida xizmatda edi.
Ablqosim Bobir adabiyot va san’atga ixlosmand, turkiy va forsiy tillarida
she’rlar yozadigan ijodkor edi. Shuning uchun ham u shoirlarni munosib taqdirlar,
ijod ahliga hurmat bilan munosabatda bo’lar va qo’llab quvvatlar edi. Ablqosim
Bobir yosh Navoiyning bilimini, shoirlik iqtidorini ko’rib unga alohida e’tibor
beradi.
Yoshligidan Nizomiy Ganjaviy, Muslihiddin Sa’diy, Farididdin Attor
asarlarini o’qigan, Qosim Anvor g’azallarini yod olgan Alisher, ular asarlaridan
ta’sirlanib, ilhom olib, o’zi ham she’rlar yoza boshlaydi. Navoiyshunoslikda
Alisherning qachondan boshlab badiiy ijod bilan shug’ullana boshlagani haqida
xilma-xil qarashlar bor. Bu haqdagi aniq ma’lumotlarni biz shoirning o’z
asarlaridan bilib olishimiz mumkin. Uning «Badoye’ ul-bidoya», «Хazoyin ul-
maoniy» devonlariga yozgan debochalarida va «Munshaot»ga kirgan xatlarida juda
yoshligidan she’riyatga oshno bo’lganini ta’kidlab o’tadi, «G’aroyib us-sig’ar»
devoniga
«yetti-sekkiz yoshtin yigirma yoshqacha» bitilgan g’azallari
to’planganini aytadi.
O’n besh yoshlarida Alisher Navoiy ikki tilda ijod qiluvchi «zullisonayn»
shoir sifatida taniladi va u o’z davrining yetuk shoirlari diqqatini torta boshlaydi.
1
Бу ҳақда қаранг: Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик. Т.12. - Т.: Фан, 1996
16
Тarixchi Хondamirning xabar berishiga ko’ra, Alisher Navoiy yigitlik yillaridayoq,
Lutfiyning yuqori bahosi va tahsiniga sazovor bo’lgan.
Orazin yopqoch, ko’zimdin sochilur har lahza yosh,
Bo’ylakim, paydo bo’lur yulduz nihon bo’lg’och quyosh.
Mazkur g’azalning yuksak badiiy mahorat namunasi ekanligini tan olgan
Lutfiy mubolag’a bo’lsa-da, «agar muyassar bo’lsa edi, o’zimning o’n-o’n ikki
ming forsiy va turkiy baytimni shu g’azalga almashtirardim va bu ishning
yuzaga chiqishini zo’r muvaffaqiyat hisoblardim»,— deb baholaydi
1
.
Navoiyning yigitlik yillarida hayotida muhim rol shaxslardan biri Sayyid
Hasan Ardasher edi. G’oyatda yetuk iste’dod va qobiliyat egasi ekanligini ko’rgan
Sayyid Hasan Ardasher uni moddiy va ma’naviy jihatdan qo’llab-quvvatlagan.
Navoiy asarlarida Sayyid Hasan Ardasher nomi hurmat bilan tilga olinadi, o’zining
shoir sifatida kamol topishida bu ulug’ siymoning xizmati katta ekanini cheksiz
mamnuniyat bilan bayon etadi. Sayyid Hasan Ardasher vafot etgach, shoir unga
maxsus asar bag’ishlagan.
1456 yilda Abulqosim Bobir o’z saltanatini Mashhadga ko’chirganida Alisher
Navoiy va Husayn Boyqaro ham u bilan birga boradilar. 1457 yilning bahorida
Abulqosim Bobir vafotidan keyin yana o’zaro taxt talashishlar boshlanadi. Husayn
Boyqaro ham hokimiyatga erishish uchun o’zaro kurashlarga qo’shilib ketadi. Ali-
sher Navoiy esa Mashhad madrasalarida tahsilni davom ettiradi. Uning kelajakda
ulug’ ijodkor bo’lib yetishishida bu tahsillarning o’rni katta bo’lgan.
Bu paytda Alisher Navoiy Mashhadning bir qator ko’zga ko’ringan olim va
fozillari bilan tanishib, do’stlashadi. Navoiyning Shayx Kamol Тurbatiy, Pahlavon
Muhammadlar bilan bo’lgan samimiy munosabati bunga misol bo’la oladi.
U Mashhadda Firdavsiy, Nizomiy, Хusrav Dehlaviy, Хoja Hofiz Sheroziy, o’z
zamondoshlari Atoyi, Sakkokiy, Lutfiy, Jomiy asarlarini mutolaa qildi, ulardan
mahorat sirlarini o’rgandi va o’zi ham ijod bilan mashg’ul bo’ldi.
Alisher Navoiy Mashhadda paytida ona shahri Hirotga qaytish orzusi bilan
yashaydi. U Hirotga qaytgach, otasidan qolgan meros bilan yashashga, ijodiy ish
1
Хондамир. Макорим ул-ахлоқ (Яхши хулқлар) / Форсчадан М.Фахриддинов, П.Шамсиев таржимаси. – Т.:
Адабиёт ва санъат, 1967, 45-46 б.
17
bilan shug’ullanishni niyat qiladi. Shoir shaharga kelganida (1464) Хuroson
hukmdori Abu Said Mirzo Alisherning ota-onasiga tegishli mol-mulk musodara
qilgan bo’lib, oqibatda yosh shoir moddiy jihatdan qiyin ahvolda qoladi.
Alisher Navoiyning yoshlikdagi do’sti, maktabdoshi Husayn Boyqaro bu
vaqtlarga kelganda ma’lum kuchga ega bo’lgan, Abusaidga qarshi ochiq kurashga
shaylangan edi. Shuningdek, Navoiyning tog’alari — Mir Sayyd Kobuliy va
Muhammad Ali G’aribiylar Boyqaro qo’shini safida shahid bo’ladilar.
Ulug’ fors-tojik shoiri Abdurahmon Jomiy bilan uchrashib, u bilan yaqindan
tanishish Alisher Navoiy hayotida bir umrga katta ahamiyat kasb etdi. Bu vaqtda
Abdurahmon Jomiy ustozi Sa’diddin Qoshg’ariy mozori yaqinida bir kichkina
hovlichada istiqomat qilardi. Ulug’ shayxni mamlakat hukmdoridan tortib, oddiy
xalq vakillarigacha ziyorat qilib turishardi. Navoiy ham ustozi bilan shu yerda
tanishish baxtiga musharraf bo’ladi. Navoiy va Abdurahmon Jomiyning ilk
uchrashuvi qaysi paytda ro’y bergani navoiyshunoslikdagi bahsli masalalardandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |