Nizomiy nomidagi тoshkenт davlaт pedagogika universiтeтi maтyoqubova тozagul rajapovna alisher navoiy hayoтi va ijodi fani bo’yicha o’quv qo’llanma


Shoir  hayoti  va  faoliyatining  g’arb  va  rus  sharqshunoslari  tomonidan



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/104
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#276765
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   104
Bog'liq
oLLVVLSJGBQnu45ThHwBmpV3vrC9RhJkPkcs8nKd

Shoir  hayoti  va  faoliyatining  g’arb  va  rus  sharqshunoslari  tomonidan 
o’rganilishi. Navoiy ayrim asarlarining boshqa tillarga tarjima qilinishi shu asosda 
yangidan-yangi  asarlarning  yaratilishiga  sabab  bo’ldi.  Shoirning  “Majolis  un-
nafois”  asari  ХUI  asrdayoq  bir  necha  bor  fors-tojik  tiliga  tarjima  qilindi.  Тurk 
shoiri  Lomiy  (1531  yilda  vafot  etgan)  Navoiyning  “Farhod  va  Shirin”  dostonini 
ixcham  tarzda  ba’zi  o’zgartirishlar  bilan  turk  tiliga  tarjima  qildi.  Хristofor 
Armaniyning  1557  yilda  Vengeriyada  italyan  tilida  nashr  etilgan  “Sarandib  shohi 
uch  yosh  o’g’lonining  ziyorati”  asarining  ikkinchi  qismida  Navoiyning  “Sab’ai 
sayyor” dostonidan bahrom va Dilorom sarguzashti hikoya qilinadi. Gruzin shoiri 
Sitsishvili  “Baramguriani”  (“Bahrom  Go’r”  ХUII  asr)  dostonida  Navoiyning 
                                                           
1
 Қаранг: Алломалар ибрати. – Т.: Ёш гвардия, 1982; Эл деса Навоийни. – Т.: Чўлпон, 1991  


 
34 
“Sab’ai sayyor” dostonidan bahramand bo’ladi. Navoiyning “Тarixi muluki Ajam” 
asari  Fanoiy  tomonidan  turk  tiliga  tarjima  qilinib,  “Тarixi  Fanoiy”(1782)  nomi 
bilan Venada bosilgan. Shoirning “Muhokamat ul-lug’atayn” asari esa ХIХ asrning 
oxiri ХХ asrning boshlarida turk va tatar tillariga tarjima qilingan.  
Navoiyning  asarlari  bilan  g’arbliklar  ХUI  asrdayoq  tanisha  boshlagan 
bo’lsalar-da,  shoir  hayoti  va  ijodiyotini  ilmiy  asosda  o’rganish  ХIХ  asrdan 
boshlangan.  Fransuz  sharqshunosi  Katrmer  1841  yilda  nashr  etilgan 
xrestomatiyasiga  Navoiyning    “Muhokamat  ul-lag’atayn”,  “Тarixi  muluki  Ajam” 
asarlarini  kiritadi.  Rus  olimi  I.N.Beryozin  “Тurk  xrestomatiyasi”  kitobidaNavoiy 
asarlaridan  parchalar  beradi.  Sharqshunoslikda  birinchi  bo’lib  Navoiy  hayoti  va 
faoliyatini  o’rgangan  olim  M.Nikitinskiydir.  U  1856  yilda  Navoiy  bo’yicha 
magistrlik  dissertatsiyasini  yoqlaydi.  Navoiy  hayoti  va  faoliyatini  to’laroq  aks 
ettiruvchi  asar  yaratadi.  Olim  Alisher  Navoiyning  siyosiy,  madaniy  faoliyatiga, 
o’zbek adabiy tili taraqqiyotidagi ishlariga yuqori baho beradi. Uni iste’dodli shoir 
va  olim  ekanligini  ta’kidlaydi.  Ammo  badiiy  asarlari  mohiyatini,  sharq 
adabiyotidagi  an’anaviylikni  chuqur  anglab  yetmagani  sababli    “Navoiy  tarjimon 
shoir”  degan  yuzaki  xulosaga  keladi.  1861  yilda  Istambuldagi  “Asiatique 
journal”(“Osiyo  jurnali”)da  Fransiya  elchixonasining  tarjimoni  M.Belinning  
Navoiy hayoti va faoliyatiga doir maqolasi bosilib chiqadi. Mazkur maqolada ham 
Navoiyning  davlat  va  madaniy  sohadagi  ishlariga  yuqori  baho  berilgani  holda 
muallif asossiz ravishda Navoiy fors-tojik adabiyotining tarjimoni degan xulosaga 
keladi.  Fransuz sharqshunosi Buva, ingliz sharqshunosi E.Braun, rus sharqshunosi 
akademik  V.V.Bartoldlar  ham  masalaga  ana  shu  tarzda  bir  tomonlama 
yondoshadilar.     
 Ovropa 
sharqshunoslari 
Alisher 
Navoiy 
asarlarini 
o’rganish 
maqsadidalug’atlar  tuzadilar,  mavjud  lug’atlarning  ayrimlarini  nashr  ettiradilar. 
Jumladan,  rus  sharqshunosi  V.Velyaminov-Zernov  ХUI  asrda  tuzilgan  “Al-
lug’atun-  Navoiyat  v-al-istishhodat  ul-chig’atoiyat”  nomli  lug’atini  1868-yilda 
Sankt-Peterburgda  nashr  ettirdi.  Fransuz  sharqshunosi  Pave  de  Kurteyl  Navoiy 
asarlaridan  foydalanib,  lug’at  tuzadi.  Rus  sharqshunosi  N.I.Ilminskiy  Navoiyning 


 
35 
“Muhokamat ul-lug’atayn” asarini o’rganib, shoirni o’z ona tili taraqqiyoti uchun 
qilgan xizmatlarini  yuqori baholaydi.  
Ko’rinadiki,    Ovropa  sharqshunoslari  Navoiy  hayoti  va  ijodi  yuzasidan 
material  to’plash,  ularni  tartibga  solish,  umumlashtirish,  shoirning  til  sohasidagi 
faoliyatini  yoritish  bo’yicha  ancha  ishlarni  amalga  oshirdilar.  Ammo  ularning 
tadqiqot  ishlari  biblografiya  va  tilshunoslik  masalalari  bilangina  cheklanib  qoldi. 
Navoiy  faoliyatini  uning  badiiy  ijodi  bog’liq  holda  o’rganmadilar.  Uning  siyosiy, 
ilmiy faoliyatini e’tirof etdilaru, badiiy ijodini chuqur yorita olmadilar. 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish