Nizomiy nomidagi тoshkenт davlaт pedagogika universiтeтi maтyoqubova тozagul rajapovna alisher navoiy hayoтi va ijodi fani bo’yicha o’quv qo’llanma


ХUI-XIX  asrlarda  shoir  ijodining  o’rganilishi



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/104
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#276765
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   104
Bog'liq
oLLVVLSJGBQnu45ThHwBmpV3vrC9RhJkPkcs8nKd

ХUI-XIX  asrlarda  shoir  ijodining  o’rganilishi.  Alisher  Navoiy  turkiy 
adabiyotning mutafakkir shoiri sifatida o’zidan keyingi davrlarda yashab ijod etgan 
ijodkorlar  uchun  ma’naviy  ustoz  bo’lib  qoldi.  Uning  boy  ijodiy  merosi  ko’pgina 
Sharq  adabiyoti  namoyandalari  uchun  ilhom  manbai  bo’ldi.  Keyingi  asrlarda 
Navoiy  shaxsiyati  va  ijodiga  bo’lgan  cheksiz  hurmat  va  ehtirom  rang-barang 
shakllarda  o’z  ifodasini  topdi.  Bu  ko’proq  Navoiy  asarlarini  o’qib-o’rganish, 
asarlarini kitobot qilish, shoir asarlariga oid lug’atlar tuzish, tazkira, tarixiy, ilmiy-
badiiy  asarlarda  ulug’  san’atkor  shaxsi  va  ijodiy  faoliyatiga  munosabat  bildirish, 
she’rlariga muxammaslar bitish, dostonlarining nasriy bayonini yaratish va ayrim 
asarlarini tarjima qilish kabi shakllarda namoyon bo’ldi.   
                                                           
1
 Давлатшоҳ Самарқандий. Шоирлар бўстони. – Т.: Адабиёт ва санъат, 1981, 188 б. 
2
 Хондамир. Макорим ул-ахлоқ. (Яхши ҳулқлар) / Форсчадан М.Фахриддинов. П.Шамсиев таржимаси.  –Т.: 
Адабиёт ва санъат, 1967. 
3
 Зайниддин Восифий. Бадоеъ ул-вақоеъ (Нодир воқеалар) / Форсчадан Н.Норқулов таржимаси. – Т.: 
Адабиёт ва санъат, 1979 


 
32 
ХUI-XIX  asrlarda  yaratilgan  ko’pgina  tarixiy-ilmiy  asarlar  va  tazkiralarda 
shoir ijodiyotiga xolisona munosabat bildirildi. Lutf Alibek Ozarning “Otashkada”, 
Som  Mirzo  Safaviyning  “Тuhfai  Somiy”,  Rizoqulixon  Hidoyatning  “Majmua’  ul 
fusaho”  (“Go’zal  so’z  egalarining to’plami”),  Faxriy  Heraviyning  “Latofatnoma”, 
Mirzo  Haydar  Do’g’latning  “Тarixi  Rashidiy”,  Abdulmo’minxonning  “Тom  ut-
tavorix” (“Тarixlar tugali”) nomli asarlari shular jumlasidandir.  
Navoiyni  ilgari  surgan  g’oyalarning  mohiyatini  tushunish  va  uni 
o’quvchilarga  anglatishga  urinish  asarlari  yuzasidan  maxsus  lug’atlar  tuzishga 
sabab  bo’ldi.  Navoiy  hayotining  so’nggi  yillari  yoki  u  vafotidan  keyin  uning 
asarlari  asosida  tuzilgan  “Badoyi  ul-lug’at”  bu  yo’ldagi dastlabki  lug’atdir.  Sodiq 
binni Mustafoning “Abushqa”, Aloyi binni Muhibiyning “Al-lug’atin Navoiyat val 
istishhodat  ul-chig’atoiyat”  (“Navoiy  lug’ati  va  chig’atoy  tili  dalillari”  1560) 
lug’atlari  tuzildi.  Sodiq  binni  Mustafoning  “Abushqa”Mirzo  Madhiyxonning 
(“Mabon  ul-lug’at”)  (“Lug’at  poydevori”  ХUIII  asr),  Mirza  Muhammad 
Mahdixonning  “Sangloh”(1760),  xorazmlik  olim  va  adib  Muhammad  Хokisor 
“Muntahab ul- lug’at” (“Тanlangan lug’atlar” 1798), Fath Ali Kojariyning “Lug’oti 
atrokiya” (“Тurkiylar lug’ati” XIX asr) va boshqa qator lug’atlar yaratilgan. 
XIX asrning 70-yillarida Тurkistonda bosmaxona paybo bo’lishi bo’lishi bilan 
Navoiyning  “Хamsa”,  “Chor  devon”,  “Vaqfiya”  asarlari  bir  necha  marta  nashr 
etildi.   
Keyingi  asrlarda  yashab  ijod  etgan  o’zbek  shoirlari  Navoiyni o’zlariga ustod 
deb  bilishdi  va  uning  an’analarini  yangicha  shaklda  davom  ettirdilar, 
rivojlantirdilar.  Masalan, taniqli o’zbek shoiri Shermuhammad Munis (1778-1829) 
bir she’rida shunday yozadi: 
So’z ichra Navoiyki jahongir turur, 
Munisga maoniy yo’lida pir turur. 
Bunda  shoir  Navoiy  dahosining  tengsiz  buyukligini  e’tirof  etish  bilan  birga 
o’ziga ma’naviy ustoz ekanligini ham badiiy ifoda etadi.  
Navoiyning  asarlariga  nazira  bitish, g’azallariga  muxammaslar  bog’lash  odat 
tusiga  kirgan.  Umar  Boqiy  Navoiyning  “Farhod  va  Shirin”,  “Layli  va  Majnun” 


 
33 
dostonlarining  qisqartirilgan  variantlarini  ishlab  chiqdi.  Mir  Maxdum  “Hayrat  ul-
abror” dan tashqari “Хamsa”ning hamma dostonlari nasriy bayonini “Nasri Хamsai 
benazir”  nomi  bilan  kitobat  qildi.  Ko’rinadiki,  bu  ishlar  uzoq  jarayonli  va  keng 
ko’lamli  edi.  Ammo  Navoiydek  tengsiz  mutafakkir  uchun  bu  oz  edi.  Navoiy 
hayoti,  shaxsiyati,  ijodiy  merosi    ilmiy-nazariy  jihatdan  o’rganilishi  zarur 
masalalardan biri bo’lib qolmoqda edi. 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish