Nizomiy nomidagi тoshkenт davlaт pedagogika universiтeтi maтyoqubova тozagul rajapovna alisher navoiy hayoтi va ijodi fani bo’yicha o’quv qo’llanma


Navoiyning  adolatli  shoh  haqidagi  ideal  qarashlari



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/104
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#276765
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   104
Bog'liq
oLLVVLSJGBQnu45ThHwBmpV3vrC9RhJkPkcs8nKd

Navoiyning  adolatli  shoh  haqidagi  ideal  qarashlari.  Uchinchi  maqolatda 
shoir  sultonlar  haqida  yozadi.  Shoir  sultonning    fe’l-atvori,  amal  qilishi  zarur 
bo’lgan  vazifalar  haqida  to’xtaladi.  Shoir  podshohlarning  yuksak  maqomini 
tasvirlaydi.  Unda  shoir  podshohning  ulug’vorligi  falak  avjidan  ham  o’tib  ketgan, 
oy  quyosh  uning  sha’niga  nog’ora  bo’lib  chalinayotganini  aytish  bilan  boshlaydi. 
Shoir fikrlarini davom ettirib, sultonning taxti mamlakat uchun abadiy baxt beshigi 
bo’lishi lozim, deydi. Shohning chodiri soyasida mamlakat quyoshi porlashi, boshi 
tufayli  tojning  martabasi  yuqorilagani,  taxt  esa  uning  oyog’i  tufayli  aziz  va 
mukarram bo’lganligini bir-bir tasvirlaydi. Shoir sultonlarni yuksak mahorat bilan 
shunday ta’riflaydi. 
Masalan:   Mehr bo’lib soyanishining sening, 
Oy yuzida muhri nigining sening. 
 
Mulki Sulaymon uza ishratnamoy, 
Boshinga solmay ko’laka juz humoy. 
Shoirning  quyosh  shohga  soyabon  bo’lishi,  oy  yuzidagi  muhr  uning  uzugi 
o’rni ekani, Sulaymon davlatida ishrat qilishi, humo qushining boshiga soya solishi 
haqidagi  fikrlari  tasvodifiy  emas.  Bu  birinchidan,  butun  borliq  Yaratgan 
mehribonlik  bilan  ato  etgan  hukmdorni  olqishlamoqda.  Yana  bir  jihatdan  esa 
tabiatdan  olingan  tasviriy  ifodalar  orqali  obrazlilikni  kuchaytirib,  misralarni 
ta’sirchanligini oshirmoqda.  


 
91 
Shoir  sultonlarni  ta’riflar  ekan,  rostlik,  xalollik,  adolat  bilan  davlat 
boshqarishi amr etilganligiga alohida urg’u beradi.  
Navoiy podshoh ham boshqa odamlardek bir odam, hatto oddiy odamlarning 
ko’pidan u  «ojizu  afganda»    ekanligini  unutmasligini  ta’kidlaydi.  Shuning uchun 
shoh  o’zini  yorug’  nupy,  boshqalarni  qora  tufroq  deb  hisoblamasligi  kerak.  Shoh 
ham  hamma  qatori  tuproqdan  yaratilganini  eslatadi.  Sulton  tashqi  ko’rinishda 
boshqalar  bilan  teng  bo’lsa  ham,  ammo  hunar,  bilim,  aql,  xushxulqlik, 
shirinso’zlik,  adolat,  insof,  hayo,  toat-ibodat  va  hokazolarda  odamlarning 
ko’pchiligi shohdan ustunligini aytadi. Buni u doim esda tutishi kerak: 
Bil munikim, sen dog’i bir bandasen,  
Ko’pragidin ojizu afgandasen.  
 
Ermas alar tufrog’u sen nuri pok, 
Хilqat alarg’au senga tiyra xok. 
 
Barcha javorih bila a’zoda teng,  
Surati nav’i-yu hayloda teng.  
 
Lek hunar ichra, kamol ichra ham,  
Хulqi xushu lutfi maqol ichra ham,  
 
Ham ravishi adlu ham insof aro,  
Hilmu hayou bori avsof aro, 
 
Shar’ tariqida, ibodatda ham,  
Haq yo’lida taqviyu toatda ham. 
 
Sen tushubon yo’l nahajidin yiroq,  
Ko’pragi sendin yurubon yaxshiroq. 
Dostonda  sulton  mamlakat  tinchligi,  el-yurt  faravonligi,  osoyishtaligi  uchun 
javobgar ekanligiga alohida urg’u beriladi. Shoir xalq qo’y podasi bo’lsa, podshoh 
cho’pon,  mamlakat  chaman  bo’lsa,  shoh  bu  chamanga  qarovchi,  suv  beruvchi 
dehqon,  mamlakat  bog’  bo’lsa  u  bog’bon,  deydi.      Bu  bog’  yoki  chaman  qurib 
qolsa undagi daraxtlar o’tinga aylanadi. Shuning uchun bu daraxt va gullarga suv 
quyib,  obod  qilish,  zarur.  Qo’y  podasi  qarovsizlik  oqibatida  bo’rilar  tomonidan 
talansa,  bo’rilarni  haydash  lozim.  Poda  qirilib,  daraxtlar  qurib  ketsa  bundan  hech 


 
92 
kimga naf yo’q ekanligini aytadi. Bunda shoir podshohlarni sergaklikka chaqiradi, 
xalq va yurt uchun mas’ulligini eslatadi. Podshohning vazifasi toj-taxt egasi bo’lish 
emas,  balki  xalq  va  mamlakatga  g’amxo’rlik  qilish  Alloh  tomonidan 
yuklatilganligini ta’kidlaydi.  
Ko’rinadiki,    Navoiy  jamiyatda zulmni  yo’q  qilish  birinchi navbatda shohga 
bog’liq deb hisoblaydi  va samimiyat  bilai  uni  insof va  adolatga  chaqiradi.  Qilgan 
zulm-sitami bir kun o’ziga qaytishi mumkinligini aytib uni ogohlantiradi.   

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish