Nizomiy nomidagi тoshkenт davlaт pedagogika universiтeтi maтyoqubova тozagul rajapovna alisher navoiy hayoтi va ijodi fani bo’yicha o’quv qo’llanma


“HAYRAТ UL-ABROR” DOSТONIDA NAVOIY  IJТIMOIY-



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/104
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#276765
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   104
Bog'liq
oLLVVLSJGBQnu45ThHwBmpV3vrC9RhJkPkcs8nKd

 
“HAYRAТ UL-ABROR” DOSТONIDA NAVOIY  IJТIMOIY-
AХLOQIY QARASHLARI  IFODASI 
«Hayrat  ul-abror»  dostonining  yaratilish  tarixi  va  tarkibiy  tuzilishi.  
“Hayrat  ul-abror”  (“Yaxshi  kishilarning  hayratlanishi”)  –  “Хamsa”ning  birinchi 
dostoni  bo’lib,  unda  falsafiy-ta’limiy,  diniy-tasavvufiy  masalalar  ilgari  surilgan. 
Doston  buyuk  xamsanavislar  Nizomiyning  “Maxzan  ul-asror”  (“Sirlar  xazinasi”), 
Dehlaviyning  “Matla’  ul-anvor”  (“Nurlarning  boshlanmasi”),  Jomiyning  “Тuhfat 
ul-ahror” (“Nuroniylar tuhfasi”) asarlariga monand tarzda yaratilgan. Doston 1483 
yilda  yozib  tugallangan.  Asar  o’zining  janr  xususiyatlari,  tarkibiy  tuzilishi  bilan 
“Хamsa”ning  boshqa  dostonlaridan  tubdan  farq  qiladi.  Unda  shoirning  falsafiy, 
diniy-tasavvufiy,  axloqiy-ta’limiy,  ijtimoiy-siyosiy  qarashlari  bayon  etilgan. 
Dostonda  mavzu  biror  voqelikni  hikoya  qilish  orqali  emas,  balki  muallif  fikr-
mulohazalarini bayon etish asosida yoritiladi.      
“Hayrat ul-abror” 64 bobdan iborat bo’lib, 21 bobi muqaddima, 40 bobi – 20 
ta maqolat va 20 ta hikoyat, masal, 3 bobi esa xotimadir. Dostonning asosini 20 ta 
maqolat tashkil etib, hikoyat va masallar ilova sifatida keltiriladi.  
“Hayrat  ul-abror»  kirish  qismining o’zi  ham  bir  necha  bobdan  iborat  bo’lib, 
dostonning umumiy g’oyaviy-badiiy kompozitsiyasida katta va muhim o’rin tutadi. 
Bunda  bir  hamd,  to’rt  munojot,  besh  na’t  va  uch  hayratdan  tashqari  Nizomiy  va 
Хusrav  Dehlaviy  madhiga,  Abdurahmon  Jomiy  madhiga,  so’z  ta’rifiga,  so’zda 
ma’no  va  shakl  birligi  masalasiga,  Sulton  Husayn  Boyqaro,  shuningdek, 


 
88 
Bahouddin  Naqshband  madhiga  bag’ishlangan  maxsus  boblar  bor.  Bu  boblar 
Navoiyning dunyoqarashini, ijodining estetik prinsiplarini o’rganish va aniqlashda 
g’oyat
 
katta ahamiyatga ega. 
Dostonning  muqaddimasida  Allohga  hamd,  payg’ambarga  na’t,  to’rt  sahoba, 
Me’roj  kechasi  ta’riflanadi.  Dostoning  bu  qismi  ta’rif-tavsifdangina  iborat  emas. 
Shoir  bunda  yuksak  badiiy  mahorat  bilan  dunyo  va  hayotning  mohiyati,  inson 
haqidagi  qarashlarini  ifodalaydi.  Shoir  Allohning  buyuk  va  beqiyos  go’zalligini 
tasvirlaydi, uning yaratuvchilik qudratini ulug’laydi. Avvali ham oxiri ham o’zida 
bo’lmish Yaratuvchining husniga had yo’q edi. Bu go’zallikni o’zida aks ettiruvchi 
ko’zgular kerak edi.  
Jilvai husnig’a chu yo’q erdi had, 
Ko’zgu kerak bo’ldi anga beadad. 
 
Ochti bu gulshanniki, rangin erur, 
Har gul anga oinai chin erur. 
Ko’k,  quyosh,  oy,  yulduzlar,  tabiat,  dengiz,  yer,  butun  borliq  birin  ketin 
yaratilib,  uning  ko’zgusiga  aylandi.  Navoiy  Yaratuvchi  zotning  buyuk  mo’’jizasi, 
san’atlar  sohibi  ekanligini  qayta-qayta  ta’kidlar  ekan,  badiiy  tasvirda  tabiat, 
koinotdan,  ulardagi  go’zallik  manbalaridan  mohir  musavvir  sifatida  foydalanadi. 
Тabiat  va  koinotning  betakror  manzaralarini  chizadi.  Bu  go’zallik,  bu  cheksiz 
borliqni  vujudga  keltirishdan  maqsad  inson  edi.  Chunki  inson  barcha  mavjudot 
ichida eng barkamoli va ulug’idir.  
Dostonning  dastlabki  munojotida  Navoiy  insonni  ulug’laydi.  Butun  olam 
inson  tufayli  yuzaga  kelganini  shoir  qat’iylik  bilan  ta’kidlaydi,  odamiylik  har 
narsadan ustun ekanligini zo’r mahorat bilan tasvirlaydi.  
Muncha g’aroyibki, misol aylading, 
Borchani mir’oti jamol aylading. 
 
Ganjing aro naqd farovon edi, 
Lek, boridin g’araz inson edi. 
Shoirning  uqtirishicha,  inson  Yaratuvchi  uchun  eng  sevimli  zot  bo’lib,  bu 
fikrlarini uchinchi, to’rtinchi munojotda yana davom ettiradi.  
Barchasini garchi latif aylading, 


 
89 
Barchadin insonni sharif aylading.  
Navoiyning  keltirishicha,  yaratilgan  har  bir  mavjudot  “gavhari  oliy  sifot”dir, 
ammo barchasidan go’zal va sharaflisi insondir.        

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish