Yuksak insoniy fazilatlar tasviri. “Hayrat ul-abror” dostonida yuksak
insoniy fazilatlar tasviriga alohida maqolatlar ajratiladi. Asarning beshinchi,
oltinchi, yettinchi, sakkizinchi, to’qqizinchi, o’ninchi maqolatlarida karam,
saxovat, adab, qanoat, ishq, vafo, rostlik, ilm haqida so’z yuritiladi. Bunda shoir bu
ezgu sifatlarni ulug’lab, kishilarni baxillik, xasislik, ta’magirlik, yolg’onchilik,
johillik singari chirkin illatlardan holi bo’lishlarini istaydi.
Buxl erur borcha sifatdin xasis,
Lek saxo javhari asru nafis.
Shoir och bo’lmaganga dasturxon yozish, yalong’och bo’lmaganga to’n
kiydirishni, nom chiqarish uchun boylikni sochib yuborishni keskin qoralaydi va
isrofgarchilikka yo’l qo’yish baxillikdan ham yomon illatdir deydi:
Aqlki ta’rif etar avsofni,
Buxl bila teng tutar isrofni.
Har qanday tamagirdlikdan holi bo’lgan saxiylikni ulug’laydi. Shoir boriga
qanoat qilib, hech kimdan hech narsa tama’ qilmaslikni haqiqiy saxovat deb biladi.
Shuningdek, borini muhtoj kishiga berish ham saxiylikdir.
Oni saxiy anglagil, ey hushmand,
Kim ani davlat qilibon sarbaland.
Holi agar yaxshidurur, gar taboh,
Kimsadan etmas tamai molu joh.
Mazkur misolda saxiy odam hech kimdan hech narsa tama’ qilmaydi,
«daryoning oldidan chiqib qolsa, undan hatto bir shabnamchalik suv suramaydi», -
deyish bilan mubolag’adan foydalangan. Ya’ni shoir tasvirlayotgan kishisining
olijanob fazilatini mubolag’aning kichraytirish xili orqali gavdalantirmokda.
93
Navoiy saxiylikni ta’riflab bo’lgach, unga amal qilish zarurligini ta’kidlaydi. Molni
yig’ib yotish emas, balki uni saxiylik bilan sarflash kerakligini aytadi va fikrlari
tasdig’i uchun ko’plab misollar keltiradi.
Insonning mukammalligini bildiruvchi belgilardan biri xayo va odobdir. Bu
jihatdan oltinchi maqolat
xarakterlidir. Shoir deydi::
Bo’lmas adabsiz kishilar arjumand,
Past etar ul xaylni charxi baland.
Navoiy odabni inson kamoli uchun muhim masalalardan biri deb qaraydi. Bu
masalaga u xalqparvarlik, gumanizm nuqtai nazaridan yondashadi. U butun
vujudini xalq xizmatiga bag’ishlagan, el manfaati yo’lida kuyib-pishgan insonni
kamtar va olijanob kishi deb biladi.:
El yo’lida gard o’lubon dard ila,
Kibr ko’zin kur etib ul gard ila.
Navoiyning mahorati shundaki, u biror fikrni ilgari sursa, fikr isboti uchun
ko’plab misollar keltiradi. Odobsizlikning bosh ko’rinishi noo’rin va beo’xshov
kulgi ekanligini aytadi. G’uncha kulib ochildi, so’ngra “yetti ochilmoqda
sochilmoq anga”. Chaqin tog’ orasida kulgani uchun yerdan ham quyi bo’lib,
tuproq orasida yo’q bo’lib ketdi. Bunday misollar shoirning cheksiz tafakkur va
yuksak iste’dod egasi ekanligini yana bir bor dalillaydi.
Navoiy bola tarbiyasi, ayolga munosabat, ota-onaga hurmat to’g’risida
qimmatli ma’lumotlarni keltiradi.
Navoiy ayniqsa ota-onaga hurmatni saqlashni ta’kidlaydi.
Boshni fido ayla ato qoshig’a,
Jismni qil sadqa ano boshig’a.
Ikki jahoningg’a tilarsen fizo –
Hosil et ushbu ikisidin rizo.
Тun- kuningg’a aylagali nur fosh,
Birisin oy angla, birisin quyosh.
Shoirning fikricha, ota-onani hurmat qilish tarbiyaning bir turi bo’lib, buni
bajarish hamma uchun majburiyatdir. Ota oldida boshni fido qilib. Ona boshi
uchun jismni sadaqa qilsa arziydi. Ikki dunyosi obod bo’lishini istagan kishi ular
94
rizoligini olishi shart. Тunu kuningga nur berib turgan bu ikki insonning birini oy
deb bilsang, birisini quyosh deb bil.
Ko’rinadiki, Navoiyning odob haqidagi fikr-mulohazalari barcha davr
kishilari uchun axloq kodeksi bo’la oladi. Undagi ulug’ mutafakkir ilgari surgan
mulohazalar jamiyatni sog’lomlashtirish, inson hayotini muayyan tizimga solishda
muhim qoidalardir.
Dostonning yettinchi maqolati qanoat haqida bo’lib, unda shoir tama’ haqida
ham muayyan darajada so’z yuritadi. Maqolatning boshida tama’ning inson uchun
zararli oqibatlari haqida to’xtalib, tama’ qilgan podshoh yuvindixo’r, qanoatli
darvesh esa podshoh kabi ekanligini ta’kidlaydi. Shoir inson uchun asosiy boylik
qanoatdir, deb biladi.
Kimgaki ish bo’ldi qanoat fani,
Bilki, ani qildi qanoat g’ani.
Ganju tajammulni g’ino
bilmagil,
Balki g’ino ganji qanoatni bil.
Navoiy boylik to’plashga jon-jaxdi bilan berilishga nisbatan qanoat qilishni,
izzat-nafsga ega bo’lishni, har qanday qiyin sharoitda ham pastlik qilmaslikni,
muhtojlikni shu yo’l bilan yengishni targ’ib qiladi. Shoir ko’plab misollar orqali
ochko’zlik va tama’girlikni qoralaydi. Kishilarni qanoatga chaqiradi. U halol
mehnat bilan topilgan ikki chaqani shohning in’omidan a’lo deydi:
Ikki qapo pul chekibon dast ranj,
Yaxshiroq andinki, shah in’omi ganj.
Тinch ko’ngil birla qatiqsiz o’moch,
Behki birov minnati birla ko’loch.
Sakkizinchi maqolat vafo haqida bo’lib, u osmondagi sonsiz-sanoqsiz eng
qimmatbaho durlar, ya’ni yulduzlarning poetik madhi bilan boshlanadi. Shu
qimmatli durlardan ham qimmatli dur bormi, degan savolga Navoiy vafo duri deb
javob beradi. Shoir vafo haqida so’z yuritar ekan, o’z zamonasining asosiy
xarakteristikasini beradi. Vafoning qismati bevafolar jabridan ozor chekish,
ko’rsatilgan mehrga javoban jafo chekishdan iborat bo’lgan. Shoir bundan qattiq
iztirob chekadi va shunday deydi:
95
Kimki vafo ko’rdi jafo qilmadi,
O’trusida g’ayri vafo qilmadi.
Jonni sanga topshurayin, ey sabo,
Elt aning ollida qilmay ibo.
Shoir bevafolik, jabru zulm iskanjasida qolib ketgan zamondoshlari haqida
so’z yuritar ekan, ularga o’zini hamdard deb biladi. Jabru zulm, bevafolik singari
illatlarga qarshi o’zining nafrat va alamini ifodalaydi.
Тo’qqizinchi maqolatda shoir ishq o’ti ta’rifiga bag’ishlangan. Bunda shoir
ishq pokizalik, chin muhabbat nishonasi ekanligini ta’kidlaydi. Inson go’zalligi
tabiat go’zalligining bir bo’lagi, u esa umumiy mutlaq go’zallikning bir bo’lagi
ekanligini esaltadi:
Husni haqiqiyni gar o’truda ko’r,
Хoh ani ko’zgudavu gar suvda ko’r.
Chun g’araz ul husnga bo’ldi shuhud.
Ko’zguvu suvga aroda ne vujud?
Bunda nafaqat majoziy ishq haqida balki insonning Yaratuvchiga bo’lgan
cheksiz muhabbati xususida ham so’z bormoqda. Dunyodagi barcha go’zallik
ko’zguda aks etgandek aks etib turar ekan, inson muhabbat ham husni mutlaqqa
bo’lgan ishq singari samimiy va pok bo’lmog’i lozim. Shoir bu orqali insonning
insonga bo’lgan samimiy muhabbatini ulug’laydi. Go’zallikning tub mohiyatini
sezishga qodir insonlargina bunday sevgiga munosibdirlar va ularga bu sharaf,
ulug’lik bag’ishlaydi.
Shoir ishqda sodiqlikni ulug’laydi, oshiqlikka da’vo qiladigan kishilarni oshiq
emasligini keltiradi. U bu haqda: “Oshiq o’zin kim desa, oshiq emas, Borcha kishi
ishqda ishqda sodiq emas” , deb yozadi.
Ishq o’tining qudratini ulug’lagan shoir uning oldida aql ham ojiz ekanligini
uqtiradi.
Qaydaki ishq o’ti bo’lib shu’lakash,
Aql o’lub ul o’t uza xoshokvash.
Bunda qayerdaki ishq o’ti shu’lalansa, aql u o’tga xashak bo’lishi aytiladi.
Ya’ni aql ishq o’ti tufayli xashak singari yonib ketadi. Demak, ishqqa mubtalo
96
bo’lgan kishi tafakkur kuchiga emas ko’ngil mayliga qarab ish yuritishi
tasvirlanmoqda.
Navoiy ishq inson hayotining mohiyatini belgilovchi muhim omil ekanligini,
usiz hayot yo’qligini yuksak ehtiros bilan shunday ta’riflaydi:
Bo’lmasa ishq, ikki jahon bo’lmasun,
Ikki jahon demaki, jon bo’lmasun.
Ishqsiz ul tanki, aning joni yo’q,
Husnni netsun kishikim, oni yuq.
«Hayrat ul-abror» dagi o’n birinchi maqolatda ilm ta’riflanadi. Maqolatning
boshlanishidanoq shoir ilm ahllarining ahvoli yomonligidan, olimlar xoru johillar
azizligidan shikoyat qiladi va toki jamiyatda zulm hukmron ekan, ahvol shunday
bo’lib qolishini aytadi.
O’n sakkizinchi maqolatda insonni hayotga xushyorlik bilan qarashga, uning
ne’matlaridan oqillik bilan foydalana olishga chaqiradi. Shoir avvalo hayot aqlu
xush egasi bo’lgan kishilar uchun zindon, unga ko’ngil qo’ygan kishilar esa nodon,
deb biladi. Shuning uchun kishilarni unga bog’lanib qolmaslikka, falak zanjiri har
qanday kimsani oxiri tuproq ostiga joylashi aytiladi.
Dahrki hush ahlig’a zindon erur,
Bo’lg’on anga shefta nodon erur...
Kimsani chun doirai dahr band,
Oxir etar tufrog’ aro shahr band.
Navoiy insonga uning inson bo’lib tug’ilgani katta saodat ekanligini uqtiradi.
Unga ko’rar ko’z, eshtar quloq, aytur til, sezuvchi dimog’ ato etilganki, bu unga
tabiatning barcha latofatidan bahramand bo’lish imkonini beradi. Aql va tafakkur
esa insonga ato etilgan ne’mat va tuhfalarning eng oliysidir.
Bu bari in’omu ato bir taraf;
Javhari aql o’ldi yana bir taraf.
Yaratiqlar ichida eng ulug’i va sharaflisi inson bo’lib, u buni qadriga yetishi,
o’z umrini yaxshilikka bag’ishlashi lozim. Navoiy bu haqda yozar ekan, agar inson
97
yaxshilik qilishga qodiremas ekan, unda yomonlik ham qilmasligi, kishilarga ozor
yetkazmasligi lozim, deydi.
Yaxshilik gar aylamasang ish chog’i,
Aylamagin bori yomonlik dog’i.
Umuman, dostonda shoir davrning muhim masalalarini qamrab olishga
haraka0t qilgan va bunda katta muvaffaqiyatga erishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |