180
Maxsus АМГ–10 gidravlik moyi. Bu moyga qizil rang beril-
gan. U o‘zi ag‘daruvchi avtomobillarning ko‘tarish mexanizmlari
uchun qishda –35°C dan past haroratlarda И–12А va A markali
moylar o‘rnida ishlatiladi.
Asboblar uchun vazelinli МВП moyi. 60 foiz transformator
moyi va 40 foiz И–12А sanoat moyidan iborat aralashma. МВП
moyi ГАЗ, ЗИЛ, КАЗ, «Урал», КамаАЗ yuk avtomobillarida hay-
dovchining asboblar majmuasiga kiruvchi gidravlik domkratlarga;
aralashma esa МАЗ, КрАЗ avtomobillari va ЛиАЗ avtobuslaridagi
gidravlik domkratlarga quyiladi.
Gidrotizimlar uchun ishchi suyuqliklarga qo‘yiladigan talablar-
ga to‘la javob bermasa ham (yuqori qovushoqlik, harorat pasay-
ganida qovushoqligining keskin ortishi va hokazo), motor moylari-
dan (B guruhdagi motor moylaridan foydalanishga ruxsat etilishini
nazarda tutish lozim) ma’lum darajada foydalanish mumkin.
Gidromexanik uzatmalarda ishlatiladigan moylar oltingugurtli-
parafinli neftlarning kam qovushoqlikka ega bo‘lgan fraksiyalarini
selektiv tozalab, parafinsizlantirib va qo‘shilmalar (poliizobuten,
polimetakrilat) qo‘shib quyultirish yo‘li bilan tayyorlanadi.
Gidromexanik uzatmalar uchun uchta markadagi moylar ishlab
chiqiladi:
A – gidrotransformatorlar va avtomatik uzatmalar qutisi uchun;
P – rul boshqarmalarining gidravlik kuchaytirgichi va gidro-
hajmli uzatmalar uchun;
МГТ – gidromexanik uzatmalar qutisi va har xil gidravlik uzat
malar uchun.
7. 6. Tormoz suyuqliklari
Bu suyuqliklar gidravlik tormoz yuritmasi va ilashish muftasi
boshqarmasining yuritish tizimlarini to‘ldirish uchun ishlatiladi.
Tormoz suyuqliklari quyidagi asosiy talablarga javob berishi
lozim: qovushoqligi haroratga bog‘liq ravishda mumkin qadar kam
181
o‘zgarishi; qotish harorati past bo‘lishi (mo‘tadil iqlim sharoiti
uchun –40°C va shimoliy hududlar uchun –65°C); qaynash haro-
rati yuqori (barabanli tormoz tizimlari uchun 115°C dan va diskli
tormoz tizimlari uchun 190°C dan past emas) bo‘lishi; moylash xu-
susiyatlari yaxshi bo‘lishi; metall detallarni korroziyalamasligi va
rezinadan ishlangan detallarni buzuvchi xususiyatga ega bo‘lmasli-
gi lozim.
Transport vositalarini ishlatish tajribasining ko‘rsatishicha, yuk
avtomobillari tormoz tizimining gidroo‘tkazgichlaridagi tormoz
suyuqligining harorati, odatda, 100°C dan ortmaydi. Tormozlanish
jadalliligi yuqori bo‘lgan sharoitlarda esa, masalan, tog‘ yo‘llarida,
suyuqlik harorati 120°C ga yetishi va undan ham ortishi mumkin.
Diskli tormoz tizimli yengil avtomobillar magistral yo‘llar-
da harakatlanganida, ishchi suyuqlik harorati 60–70°C ga, shahar
sharoitida 80–100°C ga, tog‘li hududlardagi yo‘llarda 100–120°C,
yuqori tezlikda harakatlanayotganida, yuqori jadallik bilan tormo-
zlanganida esa 150°C ga yetishi mumkin. Ba’zi bir hollarda (max-
sus mashinalar, sport avtomobillari va boshqalar) ishchi suyuq-
lik harorati yuqorida ko‘rsatilgan miqdorlardan ham ortib ketishi
mumkin.
Xalqaro standart talablariga binoan, odatdagi sharoitlarda avto-
mobillarni «quruq» va «namlangan» tormozlashda ishchi suyuq-
likning qaynash harorati mos ravishda 205 va 140°C dan kam
bo‘lmasligi lozim. Shuningdek, yuqori tezlikda yoki tez-tez va
yuqori jadallilik bilan tormoz bosilishi talab etiladigan sharoitlar-
da esa ishchi suyuqlikning qaynash harorati mos ravishda 230 va
155°C dan kam bo‘lmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: