Tosol A–40, A–65 suyuqliklari. A–40 (1985- yildan keyin
A40–M) tosolining muzlash harorati –40°C, A–65 tosolning muz-
lash harorati esa –65°C. Bu suyuqliklar kengayish bakchasi bo‘l gan
yopiq sovitish tizimlarida (ВАЗ, «Волга», КамАЗ va boshqalar)
yil davomida foydalanish uchun mo‘ljallangan. A tosoli muzlash
177
harorati –21,5°C va 20°C haroratdagi zichligi 1,12–1,14 g/ sm
3
bo‘lgan antifriz konsentranti (massasi bo‘yicha miqdori 96 foiz
bo‘lgan etilenglikol, suv ko‘pi bilan 3 foiz, qolgani korroziyala-
nishga va ko‘pik hosil bo‘lishiga qarshilik ko‘rsatuvchi qo‘shilma-
lar)dan iborat A–40 tosolini olish uchun 1 l aralashmaga 0,79 l,
A–65 tosolini olish uchun esa 0,58 l distillangan suv qo‘shiladi.
Tosollar ko‘kish-yashil rangda bo‘ladi. Tosollar sovitish tizimida
avtomobil har 60 ming km yo‘l yurganidan keyin, ikki yilda bir
marta almashtirilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |