40 va 65 markali past haroratlarda muzlaydigan suyuq-
liklar. Bu suyuqliklar bilan kengayish bochkasi bo‘lmagan berk
sovitish tizimlari (ВАЗ; ГАЗ–53А; КрАЗ va boshqa avtomobil
lar) to‘ldiriladi. Bu suyuqliklarning muzlash harorati mos ravishda
–40 va –65°C ga teng. 40 markali antifriz och sariq rangda bo‘lib,
tarkibida 53–55 foiz etilenglikoldan, qolgani esa suvdan iborat.
65 markali suyuqlik esa zarg‘aldoq rangda bo‘lib, 66 foiz etileng-
likol va 33 foiz suvdan tashkil topgan. Past haroratda muzlaydigan
suyuqliklar sovitish tizimidan bahorda (avtomobilni yozda foyda-
lanishga tayyorlayotgan paytda) to‘kiladi.
Keyingi yillarda yangi Лена–40 sovituvchi suyuqligi ishlab
chiqarilmoqda. Bu suyuqlikning xususiyatlari A40–M tosoliga ya-
qin, ammo cho‘yan va aluminiydan tayyorlangan detallarni kamroq
korroziyalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |