Qovushoqlik xususiyati. Tormozlanish jarayoni, odatda, bir
necha sekund, shoshilinch ravishda tormozlanishda esa sekundning
ulushi davomida amalga oshadi. Shuning uchun haydovchi tomoni-
dan tormoz pedaliga beriladigan kuch ishchi suyuqliklar yordami-
da tormoz mexanizmlariga tezlik bilan uzatilishi lozim. Bu sharoit
suyuqlikning oquvchanlik xususiyati bilan ta’minlanadi va –40°C
dagi ruxsat etilgan maksimal qovushoqlik chegarasi bilan aniqla-
nadi. Umumiy maqsadlarda ishlatiladigan suyuqliklar uchun bu
182
ko‘rsatkich 1500 mm
2
/s gacha va og‘ir ish sharoitlarida ishlatishga
mo‘ljallangan suyuqliklar uchun 1800 mm
2
/s gacha bo‘lishi mum-
kin.