deb faraz qilaylik; biroq men bir narsaga hayron-
man. Ozgina bo'lsa ham, dasturxoningizdagi go'sht
qayerdan kelyapti?
- Men quruqlikda yashaydigan hayvonlarning
go'shtini mutlaqo yemayman, - deya e’tiroz bildir-
di kapitan Nemo.
- Bu-chi? - so'radim men bir necha bo'lak qovu-
rilgan go'sht solingan taomga ishora qilib.
- Siz quruqlikda yashaydigan jonivorning
go'shtidan deb taxmin qilgan taomingiz dengiz
toshbaqasining qovurilgan go'shti, xolos. Mana
bu delfinning jigaridan tayyorlangan qaylaning
ta ’mi sizga cho'chqa go'shtidan qilingan qovur-
doqday tuyulishi mumkin. Mening oshpazim - mo-
hir pazanda. Baliq va boshqa dengiz hayvonlari
go'shtidan taom tayyorlashda unga teng keladigani
yo‘q. Mana bu qisqichbaqa konservalarini istagan
malayyalik dunyodagi eng zo‘r konserva deb baho-
lashi mumkin; mana bu kremning qaym ogi kitning
yelinidan olingan, qand - Shimoliy dengizning suv
o'simliklaridan; nihoyat mana bu murabbo ane-
monlardan.
Men ulam ing hammasidan och bo'lganim
uchun emas, kapitan Nemoning gaplariga qiziqib
qolganimdan tatib ko'rdim.
- Dengiz, - deya davom etdi u, - meni to ‘y-
diribgina qolmay, kiyintiradi ham. Ustingizdagi
kiyimning matosi ayrim dengiz chig'anoqlarining
bissuslaridan to'qilgan. U shajaraning qirmizi ran-
giga boyalgan, binafsharang tovlanishi 0 ‘rtayer
dengizi molluskalaridan biri apliziy shirasi yorda-
mida olingan. Sizga ajratilgan kayutadagi stolcha
ustida turgan atir ayrim o'simliklarni qaynatish
yo‘li bilan olingan. 0 ‘rin-ko‘rpangizdagi to'shak
okeanning eng yaxshi o'tlaridan qilingan. Siz yoza-
4 - J.Vern
9 7
digan pero - kit mo'ylovidan, siyoh - karakatitsa1
bezlaridan. Hozir men nimadanki foydalanayotgan
bo'lsam, hammasi dengizdan olinyapti va bularning
barchasi vaqti kelib yana dengizga qaytadi.
- Dengizni sevasizmi, kapitan?
- 0 ‘-o‘, nimasini aytasiz, sevganda qandoq.
Dengiz - bu men uchun hamma narsa. U yer sha-
rining o'ndan yetti qismini egallab turibdi. Suvi
toza va hayotbaxsh. Uning bepoyon kengliklarida
odam o'zini sira yolg'iz his etmaydi, chunki hami-
sha atrofida hayot nafasi ufurayotganini sezib tu-
radi. Chindan ham, axir dengizda tabiatning har
uchala dunyosi - minerallar, o'simliklar va hayvon-
lar bor. So'nggisiga zoofitlarning2 juda ko'p namo-
yandalari, bo'g'inoyoqlam ing ikki sinfi, molluska-
larning besh sinfi, umurtqalilar, sutemizuvchilar,
sudraluvchilarning uch sinfi va son-sanoqsiz baliq-
lar kiradi. Hayvonot olamining juda ko'p sinflari o'n
uch mingdan ortiq turlarga egaki, bularning o'ndan
bir qismigina chuchuk suvlarda yashaydi. Dengiz -
tabiatning ulkan rezervuari. Yer sharida hayot de
ngizdan boshlangan, kim bilsin, balki u vaqti kelib
yana dengizda tugar? Dengizda - o'ta osoyishta-
lik... Dengiz zo'ravonlarniki emas. Ular dengiz sat
hida jang qilib, bir-birlarini qirishlari, quruqlikdagi
hayot qabohatlarini qaytarishlari mumkin. Ammo
o'ttiz fut chuqurlikdagi suv ostida ularning hukm-
ronliklari tugaydi. Eh, professor, dengiz qa’rida ya-
shang! To'la mustaqillik faqat shu yerda, faqat shu
yerda inson chinakamiga ozod, shu yerdagina uni
hech kim ezolmaydi!
Kapitan Nemo to'satdan o'zining otashin so'z-
Do'stlaringiz bilan baham: