O ' n i n c h i b o b
G'ALATI ODAM
Bu kema kapitanining ovozi edi.
Ned Lend shu zahotiyoq o‘m idan turdi. 0 ‘la-
yozishiga sal qolgan styuard xo'jayinining ishorasi
bilan kalovlana-kalovlana kayutadan chiqib ketdi.
Xo‘jay inning hukmi shu darajada ediki, haligi odam
kanadalikka nisbatan shubhasiz jo'sh urgan qahr-
g'azabini biror ishora bilan ham bildirmadi. Men
bilan Konsel buning oxiri nima bilan tugashini hay-
ratlanib kutib turardim.
86
Kapitan ikki qo'lini ko'kragi ustida chalishtirib
diqqat bilan bizga ko‘z tikdi. Gapirishga jur’at etol-
mayotganmikin? Yoki fransuz tilida so'zlaganiga
pushaymon bo'layotganmikin? Ajab emas, shunday
bo'lsa.
0 ‘tgan bir necha sekund jimlikni hech birimiz
buzishga jur’at qilolmadik.
- Janoblar, - dedi nihoyat kapitan, - men fran-
suzchada ham, inglizchada ham, nemischada ham,
lotinchada ham birday erkin gaplasha olaman. Bi
nobarin, birinchi uchrashuvdayoq sizlarga javob
berishim mumkin edi. Ammo men sizlarni sinab
ko'rmoqchi, yana bir o‘ylab olmoqchi bo'ldim. Har
birlaringiz alohida-alohida o‘z haqingizda bir xil-
da gapirib berdingiz. Shundan keyin sizlar chindan
ham o'sha o'zlaringiz hikoya qilayotgan kishilar
ekanligingizga shubham qolmadi. Men endi tasodif
tufayli ilmiy topshiriq bilan chet el safariga chiq-
qan, Parijdagi tabiiyot tarixi muzeyining professo-
ri janob Per Aronaks, uning xizmatkori va Amerika
Oo'shma Shtatlari harbiy floti sostaviga kiradigan
«Avraam Linkoln» kemasining garpunchisi kanada
lik Ned Lend bilan uchrashganimni bilaman.
Men tasdiq ishorasini bildirib bosh egdim. Kapi
tan menga savol bilan murojaat qilmagan edi, bino
barin javobning ham keragi yo‘q edi.
Bu odam fikrini fransuz tilida bironta so'zni
buzmay, sof talaffuzda tushuntirar edi. U so'zlar-
ni juda aniq va chiroyli talaffuz etar, nutqi g'oyat
ravon edi. Ammo shunga qaramay men unda vatan-
doshimni ko'rolmadim.
U so'zini davom ettirdi:
- Hech shubha yo'qki, janoblar, sizlar meni ik-
kinchi m arta kelishimni ancha cho'zib yubordi, deb
hisoblayapsizlar. Ammo kimligingizni bilib olgach,
87
sizlarni nima qilishim kerakligini o'ylab ko'rishim
lozim edi. Uzoq vaqt ikkilandim. Falakning gardishi
sizni menga - butun insoniyat bilan aloqasini uz-
gan kishiga to'qnashtirdi. Sizlar meni yolg'izlikdan
mahrum etdingizlar...
- Beixtiyor? - dedim men.
- Beixtiyor? - ovozini balandlatib qaytardi no-
tanish kishi. - «Avraam Linkoln» izimdan butun
dengizlar bo'ylab beixtiyor quvib yurganmidi? Xud-
di o'sha kemaga siz ham beixtiyor tushib qolganmi-
dingiz? To'plaringizning o'qlari ham kemam korpu-
siga beixtiyor tegdimi? Balki m ister Lend ham gar-
punini menga beixtiyor otgandir?
Bu so'zlaridan uning ichidan g'ijinayotgani se-
zilib turardi. Uning bu barcha ta ’nalariga tamomila
o'rinli javobim bor edi.
- Janob, - dedim men, - hech shubha yo'qki,
sizni deb Amerika va Yevropada qo‘zg‘algan bahs-'
munozaralardan bexabarsiz. Sizning suvosti ke-
mangiz bilan to'qnashuv natijasida yuz bergan bir
necha hodisalar har ikki qit’ada jamoatchilik fikrini
qo‘zg‘atganini bilmaysiz. Siri faqat sizgagina ma’lum
bo'lgan jumboqni tushuntirish uchun to'qilgan son-
sanoqsiz farazlami birma-bir sanab o'tirmayman.
Ammo bilingki, «Avraam Linkoln» kemasi sizni
Tinch okeanning eng uzoq joylarigacha quvib borar
ekan, u allaqanday bahaybat dengiz maxluqi iziga
tushganiga imoni komil va qaysi yo'l bilan bo'lmasin
undan dengizni xoli qilishi kerak edi.
Kapitanning yuzida tabassumga o'xshagan ho-
lat sodir bo'ldi. U bosiq ovoz bilan so'zida davom
etdi:
- Janob Aronaks, bordi-yu suvosti kemasiligini
bilsa, bahaybat dengiz maxluqi singari quvib, o'qqa
tutm as edi, deyishga jur’at eta olasizmi?
88
Bu savol meni dovdiratib qoydi, chunki, dar-
haqiqat, kapitan Faragut sira ikkilanmay shunday
qilar edi. U suvosti kemasini ham ulkan narvalday
yakson qilishni o'zining burchi deb bilar edi. Bino
barin, men savolga javob bermadim.
Kapitan so'zini davom ettirdi:
- Shunday qilib, sizlarga dushman bilan muo-
mala qilganday muomalada bo'lishga haqqim borli-
gini tushundingizmi?
Men endi tamomila ongli ravishda jim tura-
verdim. Har qanday o'rinli dalillaringiz ham kuchli
zarba bilan yakson bo'lgandan keyin bu masalada
bahslashib o'tirishning nima hojati bor?
- Men uzoq vaqt ikkilandim, - deya so'zini
davom ettirdi kapitan. - Mening sizlarga nisba-
tan m ehmondo'stlik qilishim uchun zimmam-
da hech qanday majburiyat yo‘q edi. Agar maqsa-
dim sizlardan qutulish bo'lganida, yana bir m ar
ta uchrashib o'tirishim ning hojati ham yo‘q edi.
* Men sizlarni qaytarib kema ustiga chiqarib qoyib,
dengizga sho'ng'irdim va... bir vaqtlar sizlarning
bo'lganlaringizni ham unutishim mumkin edi. Yo
shunday qilishga haqqim yo'qmidi?
- Bu madaniy odamning emas, yow oyining ishi
bo'lar edi, - deb javob berdim men.
- lanob professor, - shu zahoti e’tiroz bildirdi
kapitan, - men sizning «madaniy odamning ishi»
deb nimani ko'zda tutishingizni bilmayman. Men
m a’lum sabablarga ko‘ra, jamiyat bilan aloqamni
uzdim va buning tub mohiyatini mulohaza qilishga
yolg'iz o'zimnigina haqli deb bilaman. Men o'sha
jamiyat qonunlariga boysunm aym an va bundan
keyin huzurimda ular haqida sira eslatmasligingizni
maslahat beraman.
Bu gap juda keskin qilib aytildi. Noma’lum ki-
89
shining ko'zlari qahr va g'azab bilan yonardi. Me
ning xayolimga, «bu odamning o'tm ishida allaqan-
day dahshatli sir bor», degan fikr keldi. Axir u be-
kordan bekorga o'zini insonlar qonunidan baland
qo'yib, odam qadamiyetmaydigan joygaketm agan-
ku. Hatto suv sathidayoq o‘zi bilan kurashmoq-
chi bo'lganlarni osonlik bilan bartaraf eta olgach,
dengiz qa’rida uni quvishga kim jur’at eta olar edi.
Uning suvosti m onitoriga1 qaysi kema bardosh bera
olardi? Uning kemasining dahshatli tum shug'i zar-
biga chiday oladigan zirh bormi? Bu suv hukmdo-
rining xatti-harakatlarini tergashga dunyoda hech
kimning kuchi yetmaydi.
Bu g'alati odam o'z o'ylari bilan bo'lib, kayuta
bo'ylab yurayotganida, tezlik bilan shu fikrlar xayo-
limdan o'tdi.
Men unga qiziqish va qo'rquv aralash tuyg'u bi-'
lan qarab turardim.
-
Uzoq jimlikdan so'ng kapitan yana so'zini da
vom ettirdi.
- Shunday qilib, m en ikkilandim, - deya davom
etdi u, - ammo nihoyat tabiiy rahm -shafqatni -
bunga har bir tirik jon haqli - mening manfaatlarim
bilan qo'shib amalga oshiraversa ham bo'ladi-ku,
degan xulosaga keldim. Tasodif sizlarni bu yerga
olib kelgan ekan, mening kemamda qolaverasizlar.
.Sizlar erkin yurasizlar va shunisi borki, bu juda nis-
biy erkinlik evaziga sizlarning oldilaringizga birgina
shart qo'yaman. Sizlar bunga bo'ysunamiz deb ber-
gan va’dangiz m en uchun kifoya.
- Ayting, kapitan, - men javob berdim. - Shar-
Do'stlaringiz bilan baham: |