kilometr tezlik bilan okeandan o‘tib, o‘sha kunning
o'zida Amerika sohillariga borib urilganlar.
Tun boshlanishi oldidan ufqda bo'ronga qar-
shi jon-jahdi bilan kurashayotgan katta kemani
ko'rdim. U joyidan qimirlamay turar edi. Bu Nyu-
York va Liverpul yoki Gavr orasida qatnaydigan
paroxodlardan biri bo'lishi kerak. Ko‘p o'tmay
qorong‘ilikka singib ketdi.
Kechqurun soat o‘nda osmon alanga ichida qol-
ganday bo'ldi. Havoni chaqmoqlar qirqib o‘ta bosh-
ladi. Men ularning nihoyat darajada kuchli nuriga
tik qaray olmadim, ammo kapitan Nemo osmondan
ko‘z uzmas edi. U bo'rondan lazzatlanayotganga
oxshar edi.
Havoni g‘oyat darajada kuchli shovqin: po'rta-
nalarning bir-biriga urilib qarsillashi, shamolning
uvullashi, momaqaldiroqning ovozi qoplab ketdi..>
Shamol tinmay yo'nalishini o'zgartirar va sharq-
dan boshlangan bo‘ron shimol, g‘arb va janubni ay-
lanib, yana o'sha yoqqa qaytar edi.
Golfstrimni qarang! U bo'ron qiroli degan no-
miga tamoman mos edi! Uning yo'lida uchraydigan
harorati turlicha suv va havo qatlamlari xuddi ana
shu dahshatli bo'ron va dovullarni hosil etadi.
Yomg'irdan so'ng chaqmoq aralash chinakami-
ga olov seli quyildi. Suv irmoqlari eritilgan metall
oqimiga aylanganga o'xshar edi.
Goyo kapitan Nemo o'ziga munosib o'lim istar,
chaqmoq ostida o'lishni afzal ko‘rgan, deb oylash
mumkin edi.
Kema uzunasiga dahshatli kuch bilan chayqala
boshlagach, «Nautilus» po'lat tumshug'ini yashin-
qaytargichday havoga ko'tardi, - unga uchqunlar
kelib urilganini ko'rdim.
514
Tamoman holdan toygach, qornimda yotib olib,
lyuk oldiga emaklab keldim, uni ochib, salonga
tushdim. Bu vaqtda dovul juda avjiga chiqqan edi.
«Nautilus»ning ichida bir sekund ham oyoqda turib
bo'lmas edi.
Kapitan Nemo yarim kechadagina pastga tushdi.
Rezervuarlar suvga to'layotganini eshitdim va «Na
utilus» asta-sekin dengiz qa’riga tushib ketdi.
Salondagi to'siqlar ochiq edi, binobarin men
olovli suvda sharpaday gangib yurgan katta ba-
liqlarning butun boshli to'dalarini ko‘rdim. Ular-
dan ayrimlarini ko'zim oldida yashin urib o'ldirdi.
«Nautilus» hamon pastlashib borar edi. 0 ‘n besh
metr chuqurlikda u o'ziga sokin joy topadi, deb
oylagan edim. Ammo dengiz sathi shu qadar tosh-
qin ediki, biz ellik metr chuqurlikdagi okean qa’riga
tushishga majbur bo'ldik.
Bu chuqurlik naqadar osoyishta, qanday ajoyib
olam, qanday sukunat! Dengiz sathida dahshatli
I dovul quturayotganini kim xayoliga keltira oladi!
Do'stlaringiz bilan baham: