Suv ostida sakson ming kilometr



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

i s t e ’d o d  

va  aqlingizga  qoyil  qolib,  qalblarimiz  sizniki bilan 

hamohang  tepganda  ham,  biz  ajoyib  hamda  ezgu 

narsalami  ko'rganda  beixtiyor  tug'iladigan  mehr 

tushib  qolishidan o'zimizni tiydik.  Sizgagina  daxl- 

dor barcha narsalarga begonaligimiz bizning, hatto 

mening  ham  bu  yerda  turishimizga  monelik  qila- 

di.  Bu,  ayniqsa,  Ned  Lend  uchun  g'oyat  mashaq- 

qat.  Har bir  odam,  u  odam bo'lgani  uchun ham u 

haqda oylashga sazovordir. Ozodlikni sevadigan va 

qullikdan  hazar  qiladigan  odam  o‘ch  olishga  qan- 

day rejalar tuzishi  mumkinligini  o'zingizdan  hech 

so‘rab ko'rdingizmi? Ayniqsa,  bizning kanadalikka 

o'xshagan odamdan? U nimalarni o'ylab chiqarishi- 

ni, nimalarga jazm qilishi mumkinligini o'zingizdan 

so'rab ko'rdingizmi?..

Kapitan Nemo o'rnidan turdi.

Ned Lend nimalarni o'ylab chiqarishi va nima­



larga jazm qilishini deysizmi? Bularning barisi bilan 

jmening necha pullik ishim bor? Men uni qidirganim 

yo‘q edi! Bu yerda uni o'zimning shaxsiy halovatim 

uchun ham tutib turganim yo‘q. Sizga kelganda, ja­

nob  Aronaks,  siz  hamma  narsani,  hatto  indamas- 

likning ham  sababini tushunadigan odamlar toifa- 

sidansiz.  Sizga  aytadigan boshqa gapim yo‘q.  Men 

bilan bu mavzuda gaplashib ko'rishga  urinishingiz 

birinchi  va  oxirgisi  bo'lsin,  chunki  ikkinchi  marta 

hatto gaplaringizni ham eshitib o'tirmayman.

Men  chiqib  ketdim.  Shu  kundan  boshlab  muo- 

malalarimiz 

zo‘rma-zo‘raki 

bo'ldi. 


Oramizda 

bo'lgan gapni har ikki o'rtog imga aytdim.



511


Endi  biz,  -  dedi  Ned  Lend,  -  bu  odamdan 

marhamat  kutib  bo'lmasligini  bilamiz.  «Nautilus» 

Long-Aylendga yaqinlashyapti. Biz ob-havo qanday 

bo'lishidan qat’iy nazar, qochishimiz kerak!

Ammo  osmon  borgan  sari  qovogini  solar  edi. 

Dovul  xabarchisi  paydo  bo'ldi.  Havoni  sutday  op- 

poq tuman o‘rab oldi. Ufqni qora bulutlar qopladi. 

Bulutlar dengiz  ustidan  pastlashib,  g‘oyat tez  o‘ta 

boshladi.  Dengiz  quturardi.  Bo‘ron  xayrixohlari 

bo'lgan  bo'ron  qushlaridan  bo'lak  qushlar  goyib 

bo'ldi. Barometr mili tushib ketdi.

12-mayda  «Nautilus»  Nyu-Yorkdan  bir  necha 

milya  berida,  Long-Aylendning  yonida  suzayot- 

ganida  qattiq  momaqaldiroq  boshlandi.  Men  sti- 

xiyaning bu  kurashini  tasvirlab berishim  mumkin, 

chunki dengiz qa’riga kirib yashirinish o'rniga kapi­

tan Nemo nimagadir uning sathida qolaverdi.

Shamol janubi sharqdan sekundiga o‘n metr tez- 

likda esar edi; kunduzi soat uchda uning tezligi se­

kundiga yigirma besh metrga yetdi. Bu - chinakam 

dovul edi.

Kapitan  Nemo  palubaga  chiqib  oldi.  Toshqin 

to'lqinlar  olib  ketmasin  deb,  u  o‘zini  panjaraga 

bog*lab  qoydi.  Men  ham  bo'rondan,  ham  boshi- 

ni  baland  ko'tarib  bo'ronni  qarshilagan  bu  ajoyib 

odam bilan barobar zavqlanib, o'zimni uning yoni- 

ga bog'ladim.

Laxtak bulut dengizda ko'tarilgan to'lqinga tegib 

o'tdi.  Odatda katta  po'rtana oraligida bo‘lib  tura­

digan kichik tolqinlarni ko'rmadim. Qurum singari 

qop-qora po'rtana va to'lqinlar qirralaridan bo'lak 

hech narsa ko'rinmas, bular ham shu qadar zichla- 

shib ketgan ediki, hatto parchalanmas edi. Ularning 

balandligi borgan sari oshayotgan edi.

«Nautilus»  goh  yonboshlab  qolar,  goh  tum-



512


shug‘i yuqoriga ko'tarilib va quyrugi  suvga sho‘n- 

g‘igancha  machta  singari  shiddat  bilan  chayqalar 

edi.  Kechqurun soat beshda sharillab yomgir quy- 

gan bo‘lsa-da, biroq u na shamolni tinchlantira oldi 

va  na  dengizni.  Dovul  sekundiga  qirq  besh  metr, 

ya’ni soatiga qirq lyodan ortiq tezlikda bo'layotgan 

edi. Bunday dovullar uylarni aganatadi, cherepitsa 

tomlarni  uchirib  ketadi,  temir  panjaralarni  buzadi 

va  kema  palubalaridagi  katta  to'plarni  koptokday 

dumalatadi.  Biroq  «Nautilus»  bu  jahannam  ichi- 

da  bir  mashhur  injenerning:  «Dengiz  bilan  kura- 

sha  olmaydigan kema yo‘q,  albatta u yaxshi  quril- 

gan bo'lsa»,  degan  so'zlarini  to'la tasdiqladi.  Bu  - 

to'lqinlar  yemirishi  mumkin  bo'lgan  harakatsiz 

qoya  emas,  bu  -  insonga  bo'ysunadigan  harakat- 

dagi po'Iat urchuq edi; arqonsiz va machtasiz kema 

quturgan stixiyaga qarshi tap tortmay kurashar edi.

Men zanjimi uzgan kabi po'rtanalarni diqqat bi­

lan  kuzatib  turar  edim.  Ular  yuz  ellikdan  bir  yuz 

yetmish  besh  metrgacha  uzunlikda  o‘n  besh  metr 

balandlikka  ko'tarilar  va  shamol  tezligining  yar- 

michalik  tezlik  bilan  otilar  edi.  Ularning  hajmi 

va  quwati  dengiz  chuqurligiga  qarab  oshar  edi. 

Men  to'Iqinlarning  o'ziga  havo  yig'ib,  uni  dengiz 

qa’riga  olib  borib,  shu  yo‘l  bilan  u  yerni  kislorod 

bilan  ta’minlashdagi  rolini  o'shanda  tushundim. 

Olimlarning  hisoblariga  ko'ra,  ular  tushgan  suv 

sathida eng kuchli bosim har bir kvadrat futga uch 

ming kilogrammdan to‘g‘ri keladi.  Gebrid orollari- 

da xuddi  shunaqa  to'lqinlar vazni  o'ttiz  uch  ming 

kilogrammli  qoyani  o'rnidan  jildirgan.  Xuddi  shu 

to'lqinlarning o£zi 1864-yilning 23-dekabrida bo'lib 

o'tgan bo'ron vaqtida Yaponiyadagi  Iyeddo1  shah- 

rining bir qismini vayron etgach,  soatiga yetti yuz




Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish