Suv ostida sakson ming kilometr


Reya  -   machtada  yelkanni  tikib  qoyadigan  ko'ndalang  yog'och. 527



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

Reya  -

  machtada  yelkanni  tikib  qoyadigan  ko'ndalang 

yog'och.


527


tushganidan ko'pirib, «Nautilus»ning quyruq tomo- 

niga ko'tarilib tushdi.  To'pning gumburlagan ovo- 

zidan quloqlarim batang keldi.

- Bu qanaqasi? Bizga qarab o‘q uzishyaptimi? - 

deya qichqirdim men.

- Matonatli kishilar, - shivirladi kanadalik.

-  Demak,  ular  bizni  halokatga  uchragan  deb 

o'ylamayotgan ekan-da! - deya xitob qildim men.

-  Agar  xo'jam  istasalar...  -  deya  so‘z  boshladi 

Konsel.


Shu  payt  yanada  yaqinroq  joyga  tushgan  to‘p 

o'qidan  sachragan  suv  parchalari  uni  boshdan 

oyog'igacha shalabbo qildi.

- Xo'jam izn bersalar shuni aytmoqchimanki,  - 

deya so'zini davom ettirdi Konsel,  -  ular bizni ba- 

haybatmaxluqdeb oylab, o‘quzishyapti.

-  Ammo  ular  odamlarga  uchraganlarini  ko‘- 

rishlari kerak-ku, axir! - xitob qildim men.

-  Balki,  xuddi  shuning  uchun  ham  o‘q  uzi- 

shayotgandir,  -  javob berdi Ned Lend menga ma’- 

noli qarab qo‘yib.

Bu so'zlar ko'zimni moshday ochib qoydi. Hech 

shubha  yo'qki,  bahaybat  maxluqning  mavjudli- 

gi  to‘g‘risidagi  taxminlar  endilikda  butun  dunyo- 

ga  ma’lum.  «Avraam  Linkoln»ning  to'qnashuvida 

kanadalik  o‘z  garpunini  bahaybat  maxluqqa  urga- 

nida, kapitan Faragut bu «bahaybat maxluq» suvos­

ti kemasidan boshqa narsa emasligini, bu esa ulkan 

dengiz maxluqidan ham xavfliroq ekanligini bildi.

Lol qoldiruvchi bu xabar barcha xalqlarni haya- 

jonga  solgan  va  binobarin  endilikda  butun  mam- 

lakatlaming harbiy kemalari bizning izimizga tush­

gan deb o'ylash mumkin.

Shunday qilinishi adolat yuzasidandir, zero, ka­

pitan  o‘z  kemasini  qasos  olishga  safarbar  etgani-

528



ni  hisobga  olganda,  «Nautilus»  dahshatli  va  qo‘r- 

qinchli qurolning eng cho'qqisi edi.

Endilikda  o'sha  tuni  Hind  okeanida  kapitan 

Nemo  bizni  temir  qafasga  solib  qoyganida,  «Na­

utilus»  allaqanday kema bilan jang qilganiga ortiq 

shubham qolmadi. Endilikda menda marjon qabris- 

tondan  makon  tutgan  kishi  «Nautilus»  qo'zgagan 

jangning qurboni bo'lganiga ortiq shubha qolmadi.

Kapitan  Nemoning  sirli  hayoti  ustidagi  parda 

xiyol  ko‘tarildi.  Garchand  uning  shaxsi  aniqlan- 

magan bo‘lsa-da, har holda turli millat vakillari bir- 

lashib, allaqanday xayoliy bir maxluqni emas, balki 

butun insoniyatga shafqatsiz nafrat bilan qarashga 

ahdlashib, endilikda o'sha ashaddiy dushman - in- 

sonni ta’qib etmoqda edilar.

Bu fikr xayolimdan o‘tar ekan, yaqinlashib kela- 

yotgan kemada biz do‘stlarimizga emas, balki shaf­

qatsiz dushmanga duch kelishimiz o‘z-o‘zidan ayon 

bo‘ldi.

; Bu  orada  atrofimizga  hamon  to‘p  o‘qi  yog‘ilib 

turgan  edi.  Ulardan  ayrimlari  suv  sathiga  ma’lum 

bir  burchak  ostida  tushib,  ancha  joygacha  sakrab 

ketib, so‘ngra to‘lqinlar ichiga kirib goyib bo'lardi. 

Bfroq bitta ham o‘q «Nautilus»ga tegmas edi.

Harbiy kema  endi  bizdan  nari  borsa  uch  milya 

masofada edi.

To‘plardan  o‘q  uzish  tobora  kuchayib  borayot- 

ganiga qaramay, kapitan Nemo palubada ko'rinmas 

edi.

Sirasini  aytganda,  bordi-yu,  ana  shu  konussi- 



mon  o'qlardan  biri  to‘ppa-to‘g‘ri  «Nautilus»  kor- 

pusiga kelib tushganida, uning zarbi suvosti kema- 

siga jiddiy xavf tug'dirishi mumkin edi.

Kanadalik menga bunday dedi:



529


-  Janob,  bizdan  badgumon  bo'lishlariga  yo‘l 

qo'ymasligimiz kerakl Signal berishga urinib ko'rish 

kerak. Jin ursin! Balki ular har holda vijdonli odam- 

lar  bilan  muomala  qilayotganlarini  tushunib  oli- 

shar!

Ned  Lend  cho'ntagidan  dastro'molini  oldi. 



Ammo dastro'molni  endi yoygan edi,  temir qo'llar 

uni  mahkam qisib  olib,  zo‘r qudrat bilan palubaga 

ag'anatdi.

- Badbaxt! - deya qichqirdi kapitan. - Seni o‘sha 

dandonga  u  bu  kemaga  qadalmasdan  oldinroq ilib 

qoyishimni istab qoldingmi?

Kapitan  Nemoning  gaplarini  eshitishning  o‘zi 

dahshat,  ammo  uning  vajohati  yanada  dahshat- 

liroq  edi.  Uning yuzi  murdaday oqardi.  G'azabdan 

ko‘z  qorachiqlari  torayib  ketdi.  Ovozi  bo'kirayot- 

ganga o'xshardi. Uzala tushib yotgan kanadalik us- 

tiga engashib, uni palubaga mixlab qo‘yganday edi.

Nihoyat,  u  Ned  Lendni  o‘z  holiga  qo‘yib,  to‘p- 

lardan  hamon  tinmay  o‘q  uzayotgan  harbiy  kema 

tomon yuzlandi.

-  Sen  mening  kimligimni  bilasanmi,  la’nat 

tamg'asi  bosilgan  xalq  kemasi!  -  deya  hayqirdi  u 

momaqaldiroq  singari  gumburlagan  ovozda.  -  Se­

ni tanish uchun bayrogingni ko'rarga ko‘zim yo‘q!

Razm  sol!  Men  hozir  senga  o‘z  bayrog'imni 

ko'rsataman.

Kapitan Nemo shunday deb Janubiy qutbda tik- 

kaniga o'xshagan qora bayroqni yoydi.

Xuddi shu paytda to‘p o‘qi «Nautilus»ning quy- 

rug'iga  kelib  tegdi-yu,  ammo  hech  qanday  ziyon 

keltirmadi; sal bo'lmasa kapitan Nemoga tegay deb 

yonidan o‘tib, dengizga tushdi.

Kapitan  yelkalarini  qisdi.  Menga  qarab  qat’iy 

ohangda dedi:

530



- Pastga tushinglar! Siz va o'rtoqlaringiz...

- Kapitan, - deya qichqirdim men, - nahotki bu 

kemaga hujum qilsangiz?

- Hujum qilibgina qolmay, cho'ktirib ham yubo- 

raman!

- Bu ishni qilmang!



- Albatta, shunday qilaman, - deya sovuq javob 

berdi  kapitan  Nemo.  -  Meni  tergash  sizning ishi- 

ngiz  emas!  Ko'rishingiz  lozim  bo'Imagan  narsani 

tasodifan  ко'rib  qoldingiz.  Dushmanlarim  menga 

hujum qilishdi, ularga qaqshatqich zarba beriladi.

- Bu kimning kemasi?

-  Siz buni bilmaysizmi? Unday bo'lsa, juda soz. 

Jilla  bo'lmasa  bu  kemaning  qaysi  millatga  man- 

subligi sizga sir bo‘lib qolsin. Qani, jo'nanglar endi!

Kanadalik,  Konsel  va  mening  ko'nikishdan 

bo'lak  ilojimiz  yo‘q  edi.  «Nautilus»ning  o‘n  besh 

matrosi kapitan Nemoni o‘rab olib, yaqinlashib ke- 

layotgan  kemaga  nafrat  bilan  qarab  turishar  edi. 

Men  trapdan  tushayotganimda  yana  bir  to‘p  o‘qi 

«Nautilus»ning quyrug'iga kelib urildi. Kapitan Ne- 

moning qichqirgan ovozini eshitdim:

-  Otaver,  tentak  kema!  Behudaga  o'qlaringni 

sarflayver!  «Nautilus»dan qochib qutula olmaysan! 

Biroq men seni bu yerda halok qilmoqchi emasman! 

Sening  parchalaring  oliyjanob  «Qasoskor»  par- 

chalari bilan qo'shilib ketishini istamayman.

Men  o‘z  xonamga  ketdim.  Kapitan  bilan  uning 

yordamchisi  palubada  qolishdi.  Vint  aylana  bosh- 

ladi.  «Nautilus» tez yurib ketdi va hademay harbiy 

kema  quvib  yetolmaydigan  masofaga  yetdi.  Biroq 

quvish toxtatilmagan edi va kapitan Nemo oradagi 

shu masofani saqlab bordi.

Kunduzi  soat  to'rtda  sabr va  bardoshim  chida- 

may trapga yaqinlashdim.

531



Eshik ochiq edi. Men palubaga chiqdim. U yerda 

kapitan hayajon ichida u yoqdan bu yoqqa odimlar 

edi.  U bizdan  nari borsa besh-olti  milya masofada 

shamolga  qarshi  kelayotgan  kemadan  ko‘z  uzmas 

edi. Kema atrofini yowoyi parrandaday gir aylanib, 

unga sharq tomon orqasidan quvib borishga imkon 

berayotgan  edi.  Ammo  hozircha  o‘zi  unga  hujum 

qilmayotgan edi. Balki u ikkilanayotgandir?

Men  yana  aralashishga  urinib  ko'rdim.  Biroq 

endi bir necha so‘z aytgan edim, kapitan Nemo ovo- 

zimni o'chirishga majbur etdi.

-  Adolat  va  haqqoniyat  men  tomonda,  -  dedi 

u. - Men ezilgan, mana u esa sitamgar! U tufayligi- 

na men sevimli va noyob hamda muqaddas hisob- 

langan hamma narsadan  -  vatandan,  xotinimdan, 

bolalarimdan,  otamdan,  onamdan  -  hammasidan 

judo  bo'ldim!  Nimaiki  nafratimga  duchor  bo'lgan 

bo'lsa,  hammasi  mana  shu  kemada!  Ovozingizni 

o'chirsangizchi!

Men shitob bilan yaqinlashib kelayotgan harbiy 

kemaga so‘nggi bor qarab, pastga - Ned bilan Kon­

sel oldiga tushdim.

- Biz qochishimiz kerak! - deya qichqirdim.

- Juda soz, - dedi Ned. - Ammo bu kimning ke- 

masi?

- Bunisini bilmadim. Ammo kimniki bo'lishidan 



qat’i nazar u tun boshlanmay dengiz  qa’riga  g'arq 

etiladi. Adolatdanmi yo'qmi - bunisi bizga qorong'i, 

biroq jinoyatga sherik bo'lgandan ko'ra birga halok 

bo'lganimiz afzal.

-  Men  ham  shu  fikrdaman,  -  sovuqqina  javob 

berdi Ned.  - Tun boshlanguncha sabr qilamiz. Tun 

boshlandi.  Kemada  sukunat  hukmron  edi.  Kom- 

pas  «Nautilus»  o‘z  yo'nalishini  o‘zgartirmaganini 

ko'rsatib turar edi. Men uning vintining bir marom-

532



dagi  ovozini  eshitayotgan edim.  Kema  suv sathida 

suzar edi.

Kema  bizni  eshitadigan  yoki  jilla  bo‘lmasa 

ko'radigan  darajada yaqinlashgan  paytda  qochish- 

ga  qaror  qildik,  -  uch kundan  keyin  oy to'lishadi, 

binobarin u yaxshigina yog'du taratmoqda edi. Na- 

rigi kema bortiga o‘tib, uni halokatdan qutqarib qo- 

lolmagan  taqdirda  ham,  har  holda  vaziyat  imkon 

berganicha barcha choralarni ko'ramiz.

Bir  necha  marta  «Nautilus»  jangga  hozir- 

lik  ko‘rayotganday bo'lib  tuyuldi,  biroq  o‘z  dush- 

manining  biroz  yaqinlashib  kelishiga  imkon  ber- 

gach, yana tezlikni oshirib, undan uzoqlashdi.

Tunning bir qismi osoyishta o‘tdi.  Biz  ora-chora 

bir-birimizga gap qotib, qochish uchun qulay fursat 

poylab  turar  edik.  Oattiq  hayajonlanayotgan  edik. 

Ned Lend kema tomon suzmoqchi ham bo'ldi. Men 

uni sabr qilishga majbur etdim. «Nautilus» uni ta’qib 

etayotgan  kemaga  dengiz  sathida  hujum  qilishiga 

ishonchim  komil  edi,  bunday  vaziyatda  qochishga 

imkoniyat tug‘ilibgina qolmay, ish osonlashadi ham.

Tong  otishidan  oldin  -  soat  uchda  bezovta- 

lanib,  yana  palubaga  ko'tarildim.  Kapitan  Nemo 

o'sha yerda  edi.  U  kema  tumshug'ida  turardi.  Bo- 

sjii uzra qora bayroq hilpirar  edi.  U kemadan ko‘z 

uzmas  edi.  Uning  qattiq  nigohi  ta’qib  etuvchini 

gipnoz  bilan  shatak  arqonida  ortidan  ergashtirib, 

o'ziga tortayotganday edi.

Oy meridianni kesib o‘tdi.  Sharqda Yupiter ko‘- 

rindi.  Atrof  jimjit. 




Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish