Suv ostida sakson ming kilometr



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

O sm o n

  bilan  okean  osoyish- 

talikda kim o'zarga o'ynashayotganday edi.

Men  stixiyaning bu  osoyishtaligini  tutqich ber- 

mas «Nautilus»ning har bir burchagidagi nafrat bi­

lan qiyos  qilganimda butun vujudim qaltirab ketar 

edi.

533



Kema bizdan ikki milya narida edi. U «Nautilus» 

projektoridan  taralayotgan  yog'du  izidan  yaqinla- 

shib kelayotgan edi.  Men uning ko‘k va qizil tanib 

olish chiroqlarini va fok-machtasiga ilib qo'yilgan, 

to‘g‘ri  yog'du  taratayotgan  fonusni  ko'rdim. 

Mo'risidan  halqa-halqa  alanga  otilib  chiqayotgan 

edi  -  aftidan  kema bug'  bosimini  yuqori  nuqtasi- 

gacha ko'targanga o'xshardi.

Men ertalab soat oltigacha palubada qoldim. Ka­

pitan  Nemo  ilgarigiday  meni  ko'rmas  edi.  Harbiy 

kema bizdan atigi bir yarim milya masofada edi va 

tong otishi bilanoq yana otishmani boshlab yubor- 

di.

«Nautilus»  o‘z  g'animiga  hujum  boshlaydigan 



dam  yaqinlashayotgan  edi  va  u  amalga  oshgan 

zahoti  men  va  o'rtoqlarim  tergashga  jur’at  etol- 

maydigan  odamni  bir umrga  tashlab  ketamiz.  Ka­

pitan  yordamchisi  palubaga  chiqqach,  Konsel  bi­

lan Nedni  ogohlantirish uchun pastga tushmoqchi 

bo'ldjm.  U  bilan  bir  necha  dengizchilar  ham  chi- 

qishdi.

«Nautilus»da  jangga  hozirlik  ko'rilayotgan  edi. 

Bu  hozirlik  uncha  murakkab  emas  edi.  Paluba- 

ni  o'ragan panjara tushirildi.  Projektor vishkasi va 

shturval  hujrasi  suvosti  kemasining  ichiga  tortib 

qoyildi. Paluba yuzasi uzun temir sigaraga o'xshab 

qoldi.  Endi  unda  bironta  ham  do'nglik  qolmadi  - 

demak,  manyovr  qilishiga  endi  hech  narsa  xalaqit 

bermas edi.

Men  salonga  qaytdim.  Hamon  dengiz  sathida 

turgan  «Nautilus»ga  quyoshning  dastlabki  nurla- 

ri yog‘du  sochar edi. Uning qizg'ish shu’lasi oyna- 

larda aks etar edi.

Dahshatli 2-iyun kuni boshlandi.

Soat beshda  lag menga  «Nautilus»  tezligini  se-

534



kinlayotganini  ko‘rsatdi.  Harbiy kemani  o'ziga ya- 

qinroq  masofaga  keltirmoqchi  bo'lganini  fahm- 

ladim.  To‘p  o'qlarining  ovozi  borgan  sari  ko'proq 

eshitila boshladi. 0 ‘qlar suvga qattiq hushtak ovozi 

bilan kelib tushib atrofimizga ko'pik sachratar edi.

Do‘stlarim, - dedim men, - fursatyetdi! Qani, 



qo‘lni qo‘lga beringlar, u yog'iga tavakkal!

Ned  Lend  hozirning  o'zidayoq  tayyor,  Kon­

sel  osuda,  men  qamrab  olgan  hayajondan  o'zimni 

arang  tutar  edim.  Biz  kutubxonaga  o‘tdik.  Trap- 

ga  olib  chiqadigan  eshik  qabzasini  itarganimda 

to'satdan lyuk qopqog‘i yopilganini eshitdim.

Kanadalik  zina  tomon  yugurgan  edi,  men  uni 

to'xtatdim. Shovullagan tanish ovoz «Nautilus» re- 

zervuarlariga  suv to'latayotganini bildim.  Chindan 

ham  ko‘p  o'tmay  «Nautilus»  dengiz  sathidan  o‘n 

metr chuqurlikka sho‘ng‘idi.

Manyovrning maqsadi  menga  ayon bo‘ldi.  «Na­

utilus» mustahkam zirh bilan qoplangan harbiy ke­

maga yuqoridan turib hujum qilmoqchi emas edi. U 

kemaga  suv  ostidan,  vaterliniyaning  pastki  qismi- 

dan,  temir  qoplama tugaydigan joydan hujum  qil­

moqchi edi.

Shunday qilib, biz yana bandiligimizcha qolaver- 

dik, buning ustiga tayyorlanayotgan dahshatli fojia- 

ning beixtiyor shohidlari bo'lishimiz ham kerak edi. 

U yog'ini surishtirsangiz, o‘ylashga ham fursat qol- 

magan  edi.  Mening xonamga kirib yashirinib  olib, 

ovoz chiqarmay bir-birimizga qarab turar edik. Bu- 

tun vujudimni dahshatli qo'rquv qamrab oldi.  Men 

odatda allaqanday dahshatli voqea sodir bo'lishi ol- 

didan odamda paydo bo'ladigan og‘ir vaziyat hola- 

tida edim. Men halokatni kutar edim, tiq etgan har 

bir ovozga quloq tutar edim, butun vujudim quloq- 

qa aylangan edi.

535



Bu  orada  «Nautilus»  tezligini  anchagina  oshir- 

di. Aftidan u borib urish uchun tezlashayotgan edi. 

Uning butun korpusi qaldirardi.

Men  to'satdan  qichqirib  yubordim.  Kemalar 

to'qnashdi. Bu shunchaki yengil turtki edi.  Shunga 

qaramay, po‘lat dandon yog'ochga zarb bilan qadal- 

ganini  sezdim.  G'ijirlagan va yogochning yorilgan 

ovozi eshitildi. Ammo «Nautilus» harakat inersiyasi 

bilan  igna  matoni  teshib  o'tganday harbiy kemani 

yorib o‘tdi.

Men  ortiq  o'zimni  tutib  turolmadim.  Dahshat- 

dan  esim  og'ib  xonadan  salonga  chopib  kirdim. 

Kapitan  Nemo  o‘sha  yerda  edi.  Oyna  ortida  sodir 

bo'lganlarni xomush turib, ma’yus, berahmlik bilan 

ko‘zdan kechirar edi.

Suv  ostida  juda  ulkan,  shaklini  yo‘qotgan  qora 

jism  ko'rinib  turar  va  «Nautilus»  uning  jon  tal- 

vasasini ham oxirigacha ko'rish uchun u bilan bir- 

ga dengiz tubiga sho‘ng‘ir edi. 0 ‘zimdan o‘n metr- 

cha narida deyarli ikkiga bo'lingan kema korpusini 

ko'rdim; unga dahshat bilan shovullab suv kirar edi. 

Yuqoriroqda ikki qator to‘p ko'rinib turar edi. Palu- 

bada juda ko‘p qora soyalar harakat qilib turar edi.

Suv  kirishi  ko'payib  bormoqda  edi.  Sho'rlik 

odamlar  vantalarga1  yopishar,  machtalarga  tar- 

mashib  chiqishar,  suvda  shaloplashar  edilar.  Bu 

to'satdan toshqinga uchragan inson chumolixonasi 

edi.


Dahshatdan  dong  qotgan,  sochlarim  tippa- 

tik  turib,  arang  nafas  olgan  holda  derazadan  ko‘z 

uzishga ham madorsiz bu dahshatli manzaraga bo- 

qar edim.

Ulkan  kema  asta-sekin  g'arq  bo'ldi.  «Nautilus» 

u bilan izma-iz tushar edi. To'satdan portlab ketdi.



Vanta -

 machtani ushlab turadigan yo‘g‘ori arqon.

536



Siqiq havo kema palubasini shu qadar zo‘r kuch bi­

lan parchalab tashladiki, go‘yo porox ombori port- 

laganday bo‘ldi. Suv bosimi shu qadar kuchli ediki, 

«Nautilus»ni bir chekkaga itqitib tashladi.

Shundan so‘ng sho'rlik kema tezroq g'arq bo‘la 

boshladi.  Qurbonlar  yopishib  qolgan  machtalari, 

jasadlar  og’irligidan  egilib  ketgan  reyalar,  songra 

grot-machtalar arang ko'rinar va nihoyat qora jism 

o'liklardan  iborat  ekipaji  bilan birga  girdob  ichiga 

kirib g'oyib bo'lib ketdi...

Men  kapitan  Nemo  tomon  burildim.  Bu  dah­

shatli  sudya,  chinakam  g'azab  alvastisi  hamon 

zulmatga  tikilib  turar  edi.  Hamma  narsa  tamom 

bo‘lgandan keyin u o‘z xonasi  eshigi tomon borib, 

uni ochdi va ichkariga qadam qoydi. Men uni kuza- 

tib turar edim.

Xona  to'ridagi  devorda  uning  sevimli  qahra- 

monlari portretlari ostida hali juda yosh ayol va ikki 

kichik bola portretini ko'rdim.

Kapitan  Nemo  bir  zum  ularga  tikilib  turdi-da, 

so‘pg tiz cho'kib, o'kirib yig'lab yubordi.


Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish