fayli qanchalik azob-uqubatga duchor bo‘lmasin,
baribir ularni shu tarzda jazolashga haqqi yo‘q edi.
Bu bilan birga u o‘z qasosini olishga meni ishtirok
ettirmagan bo‘lsa-da, uning shohidi qilib qoydi.
Bunisi ortiqcha edi!
Soat o‘n birda elektr chiroq yondi. Men salonga
o'tdim. U yerda hech kim yo‘q edi. Asboblarga qa
radim. «Nautilus» shimol tomonga soatiga yigirma
besh milya tezlikda goh dengiz sathida, goh suv os-
tida o'ttiz fut chuqurlikda suzib borar edi.
Qayerda suzayotganimizni xaritadan topib, La-
Mansh quyiladigan joyning yonidan o'tganimizni
va hozir shimoliy dengizlarga ketayotganimizni
aniqladim.
Kechga borib biz Atlantik okean boylab ikki yuz
lyo bosib o‘tdik.
Oqshom qorong'iligi quyuqlasha borib, oy chiq-
quncha dengiz zulmat qoynida qoldi.
Shu kecha uxlay olmadim. Vahimalar tinchlik
bermadi. Kema halokatining dahshatli manzarasi
ko‘z oldimdan sira nari ketmas edi.
Shu kundan e’tiboran har kungi bosilgan yo'lni
salondagi xaritaga tushirmay qoydilar.
«Nautilus» shimol tumanlari oralab bir xil tez
likda Atlantik okeanning shimoli tomon qanchalik
kirib borganini kim ayta olar edi? Shpitsbergen-
ga yaqinlashdimikin yoki Novaya Zemlya sohilla-
ri tomon suzib ketdimikin? Balki unchalik ma’lum
bo'lmagan dengizlar: Oq dengiz, Karsk va Ob’
qo'ltiqlari boylab Lyaxov orollar tizmasi yonidan
o'tib, deyarli noma’lum Shimoliy Osiyo sohillari ya-
qinidan o'tgan bo'lsa ham ajab emas. Men bunga
javob berolmas edim.
Men vaqt hisobidan adashib qoldim. Nazarim-
da endi kecha bilan kunduz odatdagiday o‘z nav-
538
bati bilan o‘rin almashib turmayotganday edi. Men
o'zimni hayot voqeligidan ko'ra ko'proq Edgar Po1
xayoliga o'xshab ketadigan sirli va dahshatli gir-
dobga kirganday his etar edim. Har daqiqada ko‘z
oldimda Po asarlarining qahramoni Artur Gordon
Pirn singari «chodirga o'ralgan va Yer yuzidagi ti-
rik mavjudotlarning barisidan katta, qutbga bo-
riladigan yo'lni bekitadigan inson tanasi» namoyon
bo'layotganday tuyular edi.
Nazarimda, - ammo, ehtimol, menga shunday
tuyulayotgandir, - bu safar omadimiz kelib o‘n besh
yoki yigirma kun davom etganday va favqulodda vo-
qea sodir bo'lib sayohatimizga chek qo'ymaganida,
uning yana qanchaga cho'zilishi noma’lum edi.
Kapitan Nemo, shuningdek, uning yordamchisi
kemada yo'qday edi. Ekipajdan hech kim biron da-
qiqa ham ko'rinmas edi. «Nautilus» deyarli hamma
vaqt suv ostida suzib borayotgan edi. U suv sathiga
havo olish uchun chiqqanida lyuk avtomatik ravish-
da ochilib yopilardi. Men qayerda ketayotganimizni
mutlaqo tasawur eta olmas edim.
Buning ustiga tinka-madori qurib, toqati toq
bo'lgan kanadalik kayutasidan chiqmasdi. U bir-
day indamas edi. Konsel uni bir ogiz ham gapir-
tirolmas va vatanini qo'msab, qayg'u-alamiga chi-
day olmay o'zini bir narsa qilib qoymasin, deb xa-
votirda edi.
Konsel Ned Lendning har bir harakatini kuzatib
yurdi.
0 ‘z-o‘zidan ayonki, bunday sharoitda hayot ke-
chirish juda ogir bo'lib qoldi.
Bir gal - qaysi sanaligini aytolmayman - tong-
otarda bo'shashib, qattiq uxlab qolibman. Uyg‘o-
nib qarasam, tepamda Ned Lend turibdi.
1
Do'stlaringiz bilan baham: