Suv ostida sakson ming kilometr



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

Demarkatsiya -

 ajratib turadigan chegara.

504



Qiltanoqli baliqlar  orasida  faqat  shu  dengizlar- 

da uchraydigan gubanlarni; usti o'tday chaqnab tur- 

gan dengiz tovonbaliqlarini; uzunligi bir metr kela- 

digan, tanasidagi xuddi ataylab chizilgandek tasma- 

lari nuqta hamda qashqa shaklida suzgichlarigacha 

davom  etadigan chipor ilonboshlarni;  ko'kish tov- 

lanadigan,  oltinrang ajoyib oltin makrellami; ko‘zi 

o‘ng tomonda joylashgan paltuslar yoki fletanlami; 

paltuslar oilasiga mansub bo'lgan, ammo ko'zlari va 

kattagina og‘zi chap tomonda joylashgan romblar; 

karnaysimon tumshuqli, yelkasi och pushti va qomi 

kumushrang juda ko‘p loyxo'rak baliqlami, syomga 

oilasiga mansub juda ko‘p baliqlarni va hokazolarni 

ko'rdim.


Tun  qorong'isida  yaltillab  turadigan  Golfstrim 

suvi  projektorimiz  yogdusidan  qolishmas  edi. 

Uning yogdusi ayniqsa momaqaldiroq boshlanishi- 

dan oldin yanada yorqinroq bo'lib ketar edi.

8-mayda hali Shimoliy Karolina kengligidagi bu- 

runida suzar edik. Bu yerda Golfstrimning eni yet- 

mish besh milya, chuqurligi esa ikki yuz metr edi.

«Nautilus»  ilgarigiday  tavakkal  qilib  suzayot- 

gan edi. Har qanday ehtiyot choralari unutilganday 

edi.  Bunday  sharoitda  qochish  uchun  barcha  im- 

koniyatlar mavjud edi. Chindan ham: aholi yashay- 

digan barcha sohillar bizga boshpana bo'lishi mum- 

kin edi; dengizda Boston bilan Nyu-York yoki Mek- 

sika qo‘ltig‘i oralig'ida juda ko‘p paroxodlar qatna- 

moqda  edi;  ikki-uch machtali yelkanli  kemachalar 

kechasi-yu kunduzi Amerika sohillaridagi turli yer- 

larga yuk tashiyotgan edi. Ular bizni olib ketishiga 

umid bog'lash mumkin edi.

Qo£shma Shtatlar sohillaridan biz uch yuz milya 

masofada bo'lishimizga qaramay, bu qochish uchun 

«eng qulay fursat» edi.

505



Ammo  afsuski,  birgina  vaziyat  kanadalik  reja- 

larining amalga oshuviga to'sqinlik qilar edi: havo 

juda  rasvo  edi.  Biz  tinmay  momaqaldiroq  bo'lib 

turadigan  yerlarga  yaqinlashayotgandik,  -  bu  yer 

Golfstrim boshlab keladigan dovul va quyunlar ma- 

koni edi. Mo'rtgina qayiqqa tushib, bo'ronni qarshi- 

lab yo‘lga chiqmoq - muqarrar halokatga yuz tutish 

bilan barobar edi.

Ned  Lend  buni  tushunar  va  binobarin  qahr- 

gazabdan tishlarini gijirlatib, qochishni kun sayin 

ortga surar edi. Nihoyat, o‘z vatani dardida kasalga 

chalindi, uni bu xastalikdan faqat qochish davolashi 

mumkin edi.

-  Janob  professor,  -  derdi  u  menga,  -  tezroq 

qochish kerak! Sizning Nemoingiz borgan sari aholi 

yashaydigan yerlardan uzoqlashib,  shimolga  qarab 

ketyapti. Ammo  Janubiy qutbning o‘zi ham menga 

kifoya,  Shimoliysiga  toqatim yo‘q,  deb  sizga  ilgari 

ham aytgan edim.

-  Bunaqa  vaqtda  qochishning  iloji  bo'lmasa 

nima qilish kerak, Ned?

-  Men  oldingi  taklifimni  qaytaraman.  Kapitan 

bilan  gaplashib  ko'rish  kerak.  Vataningiz  sohillari 

boylab  suzib  borayotganimizda  indamadingiz.  Ho- 

zir biz mening vatanim sohillari boylab suzyapmiz 

va  men  jim  turolmayman!  Bir  necha  kundan  ke- 

yin  «Nautilus» Yangi  Shotlandiyaga yetib  borishini 

oylaganimda va u yerda Nyufaundlend yonidan keng 

ko‘rfaz boshlanishi, muqaddas Lavrentiy daryosi shu 

ko'rfazga quyilishini va muqaddas Lavrentiy mening 

jonajon daryoyimligini, jonajon shahrim Kvebekning 

daryosiligini  -  bulaming  barini  eslaganimda  jinim 

qo‘zg‘ab,  qaltirab  ketaman!  Janob  professor,  ortiq 

chiday olmayman, o'zimni dengizga tashlayman! Bu 

yerda qolmayman! Diqqinafas bo‘lib ketyapman!

506



Kanadalikning  sabr  kosasi  to'lib-toshganga 

o'xshardi. Uning jo'shqin tabiati bu uzoq muddatli 

bandilikka ortiq bardosh berolmas edi. Uning qiyo- 

fasi  kun  sayin  g‘am~g‘ussaga  botib  borar  edi.  Va- 

tanni  sog'inib,  o'zim  ham  behol  bo'lganimdan  u 

chekayotgan azobni chuqur his etar edim.

Yer  bilan  aloqamizni  tamoman  uzganimizdan 

buyon oradan yetti oy o'tdi. Buning ustiga kapitan 

Nemoning  odamoviligi,  sakkizoyoqlar  bilan  oli- 

shuvdan  so‘ng kayfiyati  o'zgargani,  og'ziga  tolqon 

solganday  indamay  yurishi  -  bulaming  bari  ish- 

ni  chalkashtirib  yubordi.  Men  birinchi  kunlardagi 

zavq-shavqni endi his etmas edim. Odamlar uchun 

emas,  balki  kitlar  va  boshqa  dengiz  jonivorlari 

uchun bo'laveradigan bu sharoitga ko'nikish uchun 

Konsel  singari  flamandiyalik  bo'lish  kerak  edi. 

To‘g‘risi,  agar  bu  ajoyib  odamning  o‘pka  o'rniga 

jabralari bo'lganida, yaxshigina baliq bo‘la olardi.

- Shunday qilib, nima bo‘ldi, janob professor? - 

so'radi Ned Lend javob bermayotganimni ко‘rib.

-  Shunday  qilib,  Ned  Lend,  siz  kapitan  Nemo- 

dan bizni nima qilmoqchi ekanligini bilib olishimni 

istaysiz?

- Ha, professor.

-  U bu haqda bir marta aytganiga qaramay,  siz 

fikringizda qat’iymisiz?

-  Ha.  Men  bu  haqdagi  uning  fikrini  uzilkesil 

bilmoqchiman.  Istasangiz,  o'zim  haqimda,  yolg'iz 

o'zim to‘g‘rimda gapirishingiz mumkin.

-  Ammo  men  uni  deyarli  uchratmayapman.  U 

mendan qochib yuripti.

-  Demak,  uchrashish  uchun  ko‘proq  asosingiz 

bor!

- Yaxshi, so'rab ko'raman, Ned.



- Qachon? - turib oldi kanadalik.

507


- Uni uchratganimda.

-  Janob  Aronaks,  kapitanni  o‘zim  qidirib  top- 

sam maylimi?

- Yo‘q, yo‘q, bu ishni o'zimga qo'yib bering. Er- 

taga...

- Bugun, - dedi Lend.

-  Juda soz. Bugunoq uchrashaman,  -  deya qol- 

dim kanadalikka, bunga uning o‘zi kirishsa hamma 

ishni buzib yuborishidan qo'rqib.

Yolg'iz  qoldim. Va’da berganim uchun uni dar- 

hol bajarishga qaror qildim.  Men hamisha achchiq 

bo'lsa ham haq gapni azobga soladigan mavhumlik- 

dan afzal deb bilar edim.

Xonamga qaytdim. Devor ortidan kapitan Nemo 

odimlayotgani  eshitildi. Bu yaxshi fursatni qo'ldan 

boy berish yaramaydi. Men uning eshigini taqillat- 

dim. Hech qanday javob bo'lmadi. Men yana taqil- 

latdim, so'ng eshik qabzasini burdim. Eshik ochildi.

Kirdim.  Kapitan  xonasida  ekan.  Yozuv  stoliga 

engashib bir nima yozayotgan edi. Oyoq tovushim- 

ni eshitmadi.

Gaplashmay  ketmaslikka  qaror  qilib,  unga  ya- 

qinlashdim. U boshini keskin ko'tardi, qoshini chi- 

mirib, ancha qo'pol ohangda mendan so'radi:

- Shu yerdamidingiz? Menda ishingiz bormidi?

- Siz bilan gaplashib olishim kerak, kapitan.

-  Ammo  men  bandman,  janob,  ishlayapman. 

Men sizga yolgiz qolishga to‘la huquq berdim. Na- 

hotki,  mening  o'zimni  bu  huquqdan  mahrum  deb 

oylasangiz?

Bunday  sovuq  kutib  olishdan  bo'lajak  muzo- 

karaning muvaffaqiyatli o'tishiga unchalik umid qi­

lib bo'lmas edi. Ammo nima bo'lsa ham ishni oxiri- 

ga yetkazishga qaror qildim.

-  Janob,  -  dedim  men  sovuqqina,  -  siz  bilan

508



kechiktirib bo'lmaydigan ish haqida  gaplashib  oli- 

shim kerak.

-  Oanaqa  ish  ekan,  professor?  -  deb  so'radi  u 

masxaraomuz. - Diqqat-e’tiborimdan chetda qolgan 

biror kashfiyot qilish baxtiga muyassar bo'ldingizmi? 

Dengiz biror yangi sirini ochib berdimi?

Hali javob berishga ulgurmay, u menga stoli us- 

tida  yotgan  qo'lyozmasining  varaqlarini  ko'rsatdi 

va ancha jiddiy ohangda qo'shib qo'ydi:

- Mana, janob Aronaks, bir necha tilda yozilgan 

qo'lyozma. Bular men olib borgan ilmiy tadqiqotla- 

rim natijalari va aminmanki,  men bilan birga o‘lib 

ketmaydi.  Otim yozilgan va boshimdan kechirgan- 

larim  bitilgan bu  qo'lyozma  suvda  cho'kmaydigan 

kichik  apparat  ichiga  solinadi.  «Nautilus»  bortida 

tirik qolgan so'nggi kishi apparatni dengizga tash- 

laydi va to'lqinlar uni ko'tarib oladi.

Bu odamning nomi! 0 ‘z qo‘li bilan bitgan hayot 

yo'li!  Demak,  shunday  qilib,  uning  siri  vaqti  kelib 

ochilar ekan-da?

i Ammo  uning  bu  aytganlari  meni  qiziqtirayot- 

gan masalaga ko'chish uchun turtki bo'layotganini 

sezdim.

-  Kapitan,  -  dedim  men,  -  siz  amalga  oshir- 

mjoqchi bo'layotgan  ishingizni  faqat  ma’qullashim 

mumkin.  Mehnatlaringiz  samarasi  yo'qolib  keti- 

shi  telbalik bo‘lur  edi.  Ammo  siz  ixtiro  qilgan vo- 

sita, nazarimda, juda ibtidoiy. Bu apparatni shamol 

qayoqqa  olib borishini va u kimlarning qo'liga tu- 

shishini  bilib  bo'larmidi!  Boshqa  biron  ishonch- 

liroq  yo'li  yo'qmikan.  Balki  sizning  o'zingiz  yoki 

o'rtoqlaringizdan biri...

-  Hech  qachon,  janob!  -  jonholatda  so'zimni 

bo'ldi kapitan.

-  Unday bo'lsa,  men  bilan  hamrohlarim  -  biz,

509



agar  ozodlik  hadya  etsangiz,  bu  qo'lyozmani  as- 

rashga tayyormiz...

- Ozodlik? - dedi kapitan Nemo turayotib.

-  Ha,  kapitan,  men  siz  bilan  shu  haqda  gap- 

lashmoqchi  edim.  Biz  yetti  oydan  buyon  «Nau- 

tilus»damiz,  binobarin,  men bugun  o‘z  nomimdan 

va  o'rtoqlarim  nomidan  sizdan  so'ramoqchiman: 

bizni  o'z  kemangizda  umrbod  bandi  qilib  saqla- 

moqchimisiz?

- Janob Aronaks, men sizga bundan yetti oy ol- 

din  bergan  javobimni  qaytaraman:  «Nautilus»ga 

tushgan odam uni hech qachon tashlab ketmaydi!

- Axir bu qullikning xuddi o'zi-ku!

- Buni nima deb atasangiz ham o'zingiz bilasiz.

-  Qul  ozodlikka  intilishga haqli!  Buning uchun 

barcha sharoit ham yaxshi sanaladi.

-  Sizni bu huquqdan hech kim mahrum etayot- 

gani yo‘q,  - deb javob berdi kapitan Nemo.  - Men 

sizni biror qasamyod bilan bog'lab qo‘ydimmi?

Kapitan  Nemo  qo'lini  ko'kragi  ustiga  cham- 

barak qilib qo'yib, menga qaradi.

-  Janob,  -  dedim  men  unga,  -  men  ham,  siz 

ham  ikkinchi  marta  shu  masalaga  qaytishni  ista- 

mas  edik.  Ammo  gap  ochilgach,  keling,  uni  oxiri- 

ga yetkazaylik. Yana qaytaraman, gap yolg'iz o'zim 

ustimda borayotgani yo‘q!  Men uchun fan qudratli 

tayanch,  havas,  ko'ngil  yozish,  u  yog‘ini  ham bil- 

moqchi bo'lsangiz, u menga hamma narsani unutib 

yuborishgayordamberadi, zavq-shavqbagishlaydi. 

Sizga o'xshab men ham vaqti kelib mehnatim nati- 

jalarini  biror  apparat bilan  dengizga  tashlab  inso- 

niyatga vasiyat qilib qoldirish umidi bilangina ovu- 

nib  mavhum  hayot  kechirishim  mumkin.  Qisqasi, 

men  sizga  qoyil  qolishim,  ba’zi  masalalarda  haqli 

ekanligingizga tan berishim va hatto ovorayi jahon

510



bo'lib  yurishingizda  hamroh  bo'lganimga  ma’lum 

darajada  huzur  qilishim  ham  mumkin.  Ammo  ha- 

yotingizning boshqa tomonlari ham borki, unga bu 

kemada  faqat  men  bilan  o'rtoqlarimgina  mutlaqo 

daxlsizmiz. Hatto qaygungizga sherikyoki 


Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish